Samarqand shahri Matonat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sayxun 8-uy
Telefon raqami: 991155601
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2725
Ayollar soni: 1478 (54,24%)
Erkaklar soni: 1247 (45,76%)
Xonadon soni: 547
Oila soni: 794
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2625 (96,33%)
tojik9 (0,33%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,11%)
rus7 (0,26%)
qirg‘iz1 (0,04%)
turkman0 (0,00%)
tatar6 (0,22%)
koreys3 (0,11%)
eroniy2 (0,07%)
ozarbayjon6 (0,22%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa63 (2,31%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Matonat” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

 

              MFY nomi :  “Matonat” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Axolisi : 2725 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli  o‘zbek,tojik,rus, tatar  va boshqa millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil : 1962- yil  1-yanvarda tashkil topgan.

             Maxalla nomining tavsifi va tarixi : “Xo‘jahaqnazar” nomli mahalla  1962 yili tashkil etilgan bo‘lib, shu nom bilan atalishining sababi shundan iborat ediki, mahalla hududi  Xo‘ja Haqnazar degan kishiga qarashli bo‘lgan.  Bog‘dorchilik va bug‘doyzor yerlarda tashkil topgan. 1960- yillargacha Trudovaya 1 va 2 nomli temir yo‘lga qarashli ikkita umumiy uylar bo‘lib, 20 ta xo‘jalak aholi yashagan edi. 1960  yillardan boshlab hozirgi “Kinap” zavodi xududida yashagan  aholiga havli joylar qurish uchun yerlar ajratib  berilib hozirgi Matonat 1 va 2 ko‘chalari paydo bo‘ldi. Eski Transportnaya , hozirgi Mahmud Tarobiy  ko‘chasi bilan birlashib “Transportnaya ” mahallasini  tashkil topdi.

“Xo‘ja Haqnazar” mahallasi markaziy Sayhun ko‘chasining 8 uyida joylashgan. A.Mamatqulov,Mamat va Murod Isayevlar va G‘.Mahmudov boshchiligida hashar yo‘li bilan mahalla markazi va katta choyxona qurildi. “Xo‘ja Haqnazar” mahallasi “Xo‘jag‘unjoyish”, “Sayqal” va “Maysazor”  mahallari bilan va “Siyobcha” kanali bilan o‘rab olingan. Mahallada ko‘pgina taniqli sport ustalari chiqganlari inobatga olinib Matonat nomi berildi.2010-yil Oktyabr oyida Xo‘jahaqnazar mahallasi Matonat maxalla fuqarolar yig‘iniga o‘zgartirildi.

“Matonat” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, kuchli , irodali, sabr-toqatli degan ma'noni anglatadi.

          Maxalla ziyolilari va faollari : Xozirgi kunda  XujaHaqnazar avlodlaridan ko‘pchilik fuqarolar mahallada istiqomat qilmoqda. Mahallada II-jahon urushida qatnashgan Javod Kazimov,Jo‘raqul Latipov,Ochil Amirov,Imomnazar Imomberdiyev, Ato Ibrohimov, Peter Ryasin, Validir Vasyachin, G.Nosirov, Vladimir Tokarev, Nina Soldatkinalar. Shuningdek  front orqasini mustahkamlashda Shokir Azimov,Ibrohim Azimov,Homid Qosimov,Asatulla Qosimov,Tursunqul Qosimov Sharif Murodov, Xalim Abudullayev, Nazar Qurbonov,Alimamad Qurbonov, Javod G‘ulomov, Qurbon Ro‘ziyevlar, A.Nabiyev, O.Sodiqova, T.Salomov, Sh.Maxmudova, A.Koval, R.Temirov , S.Azimova, S.Latipova A.Anreychuk, V.Kiselova, Ch.Savinova, I.Shavshayevalar fidokorona mexnat qilganlar. Dotsentlar: Mastura Badriddinova Rahim Xudoyarov, Do‘sanov Abdug‘affor,Murtazo  Rasulov tibbiyot xodimlari M.G‘ulomova, H. G‘ulomovlar ham shu mahallada qo‘nim topgan.

Mahallamiz taniqli sportchilari kurash bo‘yicha O‘ktam Xaydarov,O‘tkur Sattarov, Shavkat Mamatkulov, Anvar Latipov, Sanjar Isayevlar, boks bo‘yicha Shuhrat Isayev (marhum)  Ahmad Aliyev yengil atletka  bo‘yicha,  Irina Shevchenko, futbolchi Anvar G‘afurovlar istiqomat   qiladi.

2001 yil noyabr oyida  hurmatli prezidentimiz  Shavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi bilan to‘liqsiz o‘rta maktab ochilib 340 ta o‘quvchi ta'lim olmoqda.   

.

            Chegaradoshligi : “Maysazor”,”Mexnat” “Sayqal” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 8 ta Gurugli, Sayxun, M.Tarobiy, Azimbekova, Zafarobod,Matonat , Matonat 1- Matonat 2- ko‘chalari mavjud. Maxallamiz 547 ta xonadondan  tashkil topgan.

            Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz xududida  6 ta  savdo dukoni, 1 ta kraska ishlab chikarish sexi , 1 ta avto-moshinlargni moy almashtirish xizmati 1 ta gaz zapravka, 1 ta non sexi  faoliyat olib bormoqda.

          Matonat  MFY raislari : 1984-1992  yilgacha  Mamatkulov Abdullo,   1992-1995 yillar, Sayfiyev O‘ktam , Qosimov Nurpo‘lat, Azimov Turdibobo, 1999-2004 yillarda Radjabov A'zam, 2006-2016 Latpov Qambarali yillarda 2016-yildan 2022-yil may oyigacha Sh.A.Mamatqulov raislik qildi.

2022-yil 27-mayda Sh.A.Mamatkulov ko‘pchilik ovoz bilan yana  maxalla raisi sifatida saylandi.