Samarqand shahri Maqsud Shayxzoda MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Ro‘dakiy 170-uy
Telefon raqami:
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2138
Ayollar soni: 1145 (53,55%)
Erkaklar soni: 993 (46,45%)
Xonadon soni: 311
Oila soni: 579
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2023 (94,62%)
tojik19 (0,89%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,14%)
rus8 (0,37%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,14%)
koreys1 (0,05%)
eroniy3 (0,14%)
ozarbayjon9 (0,42%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa69 (3,23%)
 
MFY qisqacha tarixi

Maksud Shayxzoda maxalla fukarolar yigini tarixi

                                    

Samarkand shaxridagi “Maksud Shayxzoda” maxalla fukarolar  yigini Rudakiy kuchasi 170- uyda joylashgan.Maxalla Samarkand shaxridagi “Yoshlar”, “Sevali”,”Tutzor”, va “Anxor” maxallalari bilan chegaradosh. XIX asr oxirlariga kelib Samarkand shaxridagi

“Chashmai Xizr” arigi buyida bir nechta vodiydan    savdo-sotik ishlari bilan kelgan savdogarlar tegirmon urnatib bu yerda mudomturib kolganlar. Keyinchalik ular bu yerlarda  uy-joy kurib shu yerda yashab kolganlar.Shu tarika bu xududda katta uzbek maxallasi  paydo bulgan.Bu maxalla  shaxarning pastki kismida joylashganligi uchun “Past kishlok” nomi bilan atala boshlagan.1917-yil Oktyabr vokealaridan sung kolektivlashtirish siyosati boshlanib bu yerlar Samarkand tumani Engels kolxozi “Zarafshon” uchastkasi keyinchalik “Zarafshon kolxozi”bulgan.Maxalla axolisi kolxozga a'zo bulib dexkonchilik va chorvachilik bilan shugullanganlar.

2- Jaxon urushi  va urushdan keyingi yillarda kolxozga Pirmametov Nurmamat raislik kilgan. Usha  ogir yillarda Samarkand viloyatiga turli xududlardan odamlar kuchib kelganlar1950- yillar ogirlarida Samarkand shaxri kengaytirilib kolxozlar tugatilgandan keyin, shaxar tipidagi maxalla bunyod bulgan.1968- yilda buyuk yozuvchi

Maksud Shayxzoda vafotidan sung uning nomini  abadiylashtirish maksadida  maxallaga  “Maksud Shayxzoda”nomi berilgan.

Uzok yillar maxallani obodonlashtirish va ravnak  topishida Pirmamedov Nurmamat,Mirzayev Fozil,Allayorov Diyor, Bobomurodov Ergash va boshkalar  ulkan mexnat kilganlar.

 1974- yilda maxallani raisi etib ,uzok yillar maxalla xududida joylashgan  44-umumta'lim maktabida ukituvchi bulib ishlagan Ergashev Yuldosh Bobomurodovich saylandi.Ergashev Yuldosh maxalla raisi lavozimida 27 yil faoliyat kursatdi.U faoliyati davomida maxalla markazini  xashar yuli bilan kayta kurishga,maxalla xududini tulik tabiy gazlashtirishda kuchalarga asfalt yotkizishda ,

maxallaga karashli bulgan “SHOXID MOZOR” kabristonini obodonlashtirish, maxalla kabristoniga ulug Vatan urishi katnashganlar xotirasiga yodgorlik urnatish ,maxallada buzilib ketish arafasida kelib kolgan maxalla masjidni kayta bunyod etishda bosh-kosh bulgan.Ergashev Yuldoshning kamtarona xizmatlarini xukumatimiz va birinchi Prezindentimiz yuksak

baxolab 1996- yil u kishini  “El –yurt xurmati”ordeni bilan takdirladilar.

   Maxalla xududida joylashgan 44- umumta'lim maktabi

1949-1951yillar davomida maxalla axli tomonidan xashar yuli bilan bunyod bulib bu ilm dargoxidan  kuplab ziyoli insonlar yetishib chikkan .Maktabni bunyod bulishida va namunali ilm dargoxiga aylanishida maktabda 46 yildan ortikrok davr mobaynida direktorlik kilgan Xudayberdiyev Raxmon Urakovichni xizmatlari katta .U kishining bevosita sayi xarakatlari bilan boshlangich ta'lim maktabi zamonaviy talablarga tulik javob beradigan urta ta'lim

maktabiga aylantirildi.  Maktabda uzok yillar yosh avlodga maxalladan yetishib chikan yetuk mutaxasislar Isomova Nazokat ,Pirmamedov Jurakul,Mirzayeva Salomat,Zaripova Rafoat,Ochilova Mexrinriso,kabi ustozlar ta'lim berdilar.2017- yil Davlat

 dasturi asosida maktab binosi zamonaviy tipda kayta kurilib barcha ukuv jixozlari bilan tulik ta'minlandi.

Maxalla xududida turli tashkilot va muassasalar  tadbirkorlik obektlari faoliyat kursatib kelmokda. Viloyat suv xujaligiga karashli nasos stansiyasi ,obodonlashtirish deportamenti shular jumlasidandir.Bu tashkilotlar maxallaning obodonlashtirish va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etadilar.

Maxallamizda turli soxadafaoliyat yuritayotgan tadbirkorlar istikomat kiladilar.Bular jumlasiga tandirsoz : Sattorov Rajab,duradgorlar:Xamrayev Farrux,Xudaykulov Sunnatillo,Fattayev Baxriddin,Gadayev Xafizlarni aytib utish mumkin.Bundan tashkari maxallada Xudayberdiyeva Sanoat,Urunbayeva Mashxuralar boshchiligida moxir kashtaduzlar kashta tikish sir asrorlarini yosh kelin va kizlarga kunt bilan urgatib kelmokdalar.

Maxallada ikkita erkaklar sartaroshxonasi,ikkita guzallaik saloni  etikduzlik maishiy jixozlarni tamirlash ustoxonasi va bir nechta savdo dukonlari faoliyat kursatib maxallani  yanada obod va kurkam bulishida uz xissalarini kushib kelmokdalar 2002 yil 14 yanvar  kuni Ergashev Yuldosh vafot etganidan sung maxalla rais etib uning farzandi  Ergashev Ilyosali Yuldoshevich saylandi.Ergashev Ilyosali 2002- 2013 yillarda maxalla raisi bulib faoliyat yuritdi. 2014 yil maxalla raisi etib oliy ma'lumotli  Rizayeva Sayyora Atakulovna tayinlandi. Rizayeva Sayyora raisligi vaktida maxalla markazi kayta kurilib ,tadbirkor Xoshimov Abdulxodi  tomonidan zamonaviy kilib kurilib ishga tushirildi.Xar bir maxalla xodimi uchun aloxida

xonalar ajratildi. 

2016 yil  15-maydan maxalla raisligiga shu maxallada tugilib voyaga yetgan oliy ma'lumotli Xoshimov Abduxakim Abduxakimovich saylandi va bugungi kungacha faoliyat yurib kelmokda.Bugungi kunda maxalla tulik gazlashtirilgan elektr va suv bilan    ta'minlangan. Maxallamizda moxir chevarlar,xunarmandlar, zarduzlar,milliy kashtachilik san'atini dunyo mikiyosiga olib chikkan chevarlarimiz istikomat kiladi. Mustakillik sharofati bilan tadbirkorlarga Prezidintimiz tomonidan katta e'tibor karatilganligi tufayli maxallamizda tadbirkorlar soni kundan –kunga oshmokda. Maxalla xududida istikomat  kiluvchi tadbirkorlar Jumayev Najmiddin, Gafarov Uchkun va Toshaliyev Dilshodlar uz mablaglari xisobidan kup kavatli turar joy binolari va avtomobillarga texnik xizmat kursatish  shaxobchasini bunyod etmokdalar.

Moxir tikuvchilar Boltayeva Ruxsora ,Xasanova Gulxayot, Koraboyeva Sitora,Maxmudova E'zozxonlar yosh kizlarga bichish-tikish sirlarini urgatib kelmokdalar. Maxallada “Orasta kizlar”davrasi 44-umumta'lim maktabi xamkorligida faoliyat  yuritib kelmokda. Iktidorli  ukuvchi talaba Ximmatov Umarjonning bir nechta sheriy  tuplamlari kitob etib  nashr etilgan. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan Rudakiy kuchasidan tramvay yuli yotkizilmokda. Maxalla fukarolari Nazarov Nasriddin,Abrayev Chori, Kurbonov Nasim,Rizayeva Sayyora uzok yillar oliy ukuv dargoxlarida yoshlarga bilim berib xozirgi vaktda nafakaga bulishlariga karamasdan uz bilimlari va tajribalarini yosh avlodga urgati kolmay ularni Vatanga muxabbat va sadokat insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda milliy urf udatlar anana va kadriyatlarimizning xayotimizdagi urni va axamiyatini xar tomonlama olib borishda yunaltirilgan suxbat va uchrashuvlar ma'rifiy tadbirlar olib borilmokda .   “Davlat tili millat dili”,”Yuksak ma'naviyatlik belgisi”,”Uz bolangni uzing asra”  “Uzgalarga taklid –uzlikdan kechishdir”, “Maxallam mening takdirimda”. “Vatan ichra Vatan maxalla”, “Otang xam maxalla -onagxam maxalla” mavzusida tadbirlar utkazib borilmokda.Tadbirdan maksad ota-ona,oila,maxalla tarixiy xotira,milliy gurur,  komil inson tarbiyasi bilan boglik tuygu va tushunchalarni yosh avlod kalbi va ongiga singdirib borilmokda. Maxallada asosiy komissiyalardan biri “Xotin-kizlar”

komissiyasi uz faoliyatini asosiy komissiyalar bilan xamda Uzbekiston xotin-kizlar kumitasi faoliyatini kullab-kuvatlash borasidagi 3434- sonli farmoni ijrosi yuzasidan ishlarni amalga oshirmokda.Xotin-kizlar komissiyasi xotin-kizlarning iktisodiy va ijtimoiy ,siyosiy manfaatlarini ximoya kilishida ularning oilada ijtimoiy xayot va davlat kurilishidagi rolini oshirish

ishida imkoniyatlar  yaratishda amaliy yordam berib kelinmokda . Maxallada yoshlarga xotin-kizlarga soglom turmush tarzini karor toptirishda ,eng yaxshi milliy ,diniy anana va urf odatlarni saklashda va rivojlantirishda faol ayollar bilan tadbirlar,davra suxbarlari olib borilmokda. Bunday tadbirlardan -Mustaxkam oila,Xotin kizlar xamda yoshlarning ma'naviy intruktuval saviyasini yuksaltirish,Ayol guzal bulsa-olam guzaldir,Oila mkaddas kurgon,Onalik va bolalik davlat muxofazasida,xotin-kizlar manfaatlarini ta'minlash tadbirlar utkazilinib kelinmokda.

Maxallada faol ayollar xamkorligida 21- Mart “Navruz” bayrami, Xalkaro xotin-kizlar 8-Mart bayrami,Mustakillik bayramlari kizgin kutib olinib,bayram tadbirlari kutarinki ruxda utkazilmokda.

Maxallada usib kelayotgan yosh avlodni milliy kadriyatlrimiz va Vatanga sadokat ruxida tarbiyalash borasida turli tadbirlar utkazilib kelmokda.Yoshlar urtasida “Mardlar kuriklaydi Vatanni” ”Vatan sajdagox kabi mukaddasdir”  “Uz uyingni uzing asra”mavzularida maxallada istikomat kiladigan yoshi ulug kupni kurgan nuroning otaxonlar va onaxonlar bilan Uch avlod uchrashuvlari utkazilib kelinmokda. Maxallada faoliyat yuritayotgan doimiy komissiyalar a'zolari axoli urtasida turli tushuntirish va tashvikot ishlarini olib borishlari natijasida maxallada jinoyatchilik,oilaviy ajrimlar ,va salbiy xolatlar keyingi bir yil mobaynida kuzatilmadi.

Ilgarilari maxallada buladigan tuy xashamlar va marakalar kim osharga ortikcha sarf xarajatlarga yul kuyilib dabdabali tarzda utkazilar edi.Maxalla faollari Xoji bobo va Xoji onalar yordamida axoli urtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida chet ellarga ishlash uchun chikib ketish va tuy

marakalarni ixcham ,kamxarj kilib utkazish ,voyaga yetmaganlar urtasida buladigan shariy nikoxlarga barxam berildi.Xozirgi vaktda yoshlar bir-birini kurib tuydan oldin tibbiy kurikdan utib konuniy nikox asosida oila kurmokdalar. Maxalladagi xotin- kizlar bilan ishlash komissiya a'zolari yosh kizlar urtasida erta turmushni salbiy okibatlari xakida tushuntirish ishlari olib bormokdalar .

Prezidentimizning tashabbuslari bilan xozirgi vaktda maxalla xududidan  axoli uchun zarur bulgan turli inshoatlar va kup kavatli turar joy binolari barpo bulmokda.Bularning barchasi xalkimiz va elimizning farovon xayot kechirishlari uchun kilinayotgan ezgu ishlarning namunasidir.

 

Maxallada   axoli soni -2138 ta tashkil kiladi.

Oilalar soni - 547 ta

Darvozalar soni -311

Maxallada 8 ta kucha mavjudbulib,bular barchasi obodonlashtirilgan va kukalamzorlashtirilgan.

 

  Maxalladagi kuchalar nomi:

1 Bekobod kuchasi,

2 Loxutiy kuchasi

3 Ogaxiy kuchasi

4 Zarduzlar kuchasi

5 Ergash Jumanbulbul kuchasi

6 Yunguchka arik kuchasi

7 Kurchatova  kuchasi

8 A.Rudakiy kuchasi.                                                                                                                                                                                                                                                    

Maxallada  uzbek ,tojik, rus,tatar, koreys ,arman,va boshka

millatva elat                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                 vakillar bir oiladek tinch,axil yashab kelishmokdalar. Maxallda xurmat-extirom,bagri kenglik ruxida tarbiyalash,jamiyatimizda soglom turmush tarzi,millatlar aro totuvlik,uzaro mexr-okibat muxiti mustaxkamlanib borilmokda.