Samarqand shahri Lolazor MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Al Fargoniy-23
Telefon raqami: 66 237 35 69
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2177
Ayollar soni: 1092 (50,16%)
Erkaklar soni: 1085 (49,84%)
Xonadon soni: 457
Oila soni: 656
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1325 (60,86%)
tojik682 (31,33%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus5 (0,23%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,09%)
tatar5 (0,23%)
koreys1 (0,05%)
eroniy152 (6,98%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,23%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Lolazor” maxalla fuqarolar yig‘ini

MFY nomi : “Lolazor” maxalla fuqarolar yig‘ini

Axolisi : 2177 nafar

Milliy tarkibi : Maxallamiz o‘zbek, tojik, rus, eronli, tatar, karis, arab, ozarbayjon, ukrain, yaxudiy, turkman millatlardan iborat.

Tashkil topgan yil : 1921 yilda tashkil topgan.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi:

Samarkand shaxar “Lolazor” maxalla fukarolar yigini Al Farg‘oniy ko‘chasi № 23 uyda joylashgan. Mahalla 1921 yilda tashkil topgan. Mahalla markazi hashar yo‘li bilan 1976 yilda qayta qurilgan. Mahalla tarixi 13-14 asrlarga borib taqaladi. O‘sha paytda Amir Temur davrida mahalla hududi shaharning eng chekka joyi bo‘lib katta-katta bog‘lar, ekinzor va poliz dalalardan iborat hudud bo‘lgan. Mahalla ichida siyobcha kanali o‘tib juda ko‘p chashmalardan iborat bo‘lgan. Qariyalarning aytishiga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek hukumronlik qilgan davrida chet ellardan olimlar, elchilar tashrif buyurgan. O‘sha paytda Gollandiya davlatidan kelgan elchilar sovg‘a sifatida Golland lolalarining piyozlarini olib kelishgan. Lolalar sersuv nam yerlarni yoqtirishi sababli ushbu hududda ekilgan va natijada Haydarbobo va Salim bobo bog‘larida kattagina lolazor maydonlari barpo etilgan. Mahallani yonidan shahar chegarasini ajratib turuvchi devor qurilgan, bu devor hozirgi paytdagi Devoli kundalang mahallasigacha to‘g‘ri qurilib undan keyin devor ko‘ndalangiga qurilib Samarqand tumanigacha borgan. Bunga misol Xo‘ja Abdu Darun, Xo‘ja Abdu Berun ya'ne ikki qabriston ikki machit Xo‘ja Abdu Berun (Samarqand tumanidagi) devordan tashqaridan qolgan Xo‘ja Abdu Darun devorning ichkarisida qolgan. Lolazor maydonlari ko‘p bo‘lganligi sababli bu hudud lolazor deb atalgan. Sovet davrida mahalla sifatida Lolazor mahallasi tashkil etilgan.

Birinchi mahalla raisi (1886 yilda tug‘ilgan) Sultonov Tursunqul mahalla raisi etib saylangan. Sultonov Tursunqul mahallani 1921 yildan 1933 yilgacha boshqargan. Mahalla oqsoqolining jonbozligi va tashabusi bilan mahalla choyxonasida 2-3 ta katta mis qozonlarida mahalla faollari bilan birgalikda un va yog‘dan atala pishirib xalqni ocharchilikdan qutqarib qolgan.

Xolmuxamedov Abdusalom (1898 yilda tug‘ilgan). Xolmuxamedov Abdusalom 1933-1939 yilgacha mahallani boshqargan.

Rahmonov Ma'ruf (1903yilda tug‘ilgan)1939-1941 yillarda boshkargan. Nazarov O‘rinboy (1896 yilda tug‘ilgan)1941-1947 yillarda boshkargan.

Vosiyeev Sahob (1913 yilda tug‘ilgan)1947-1949 yilgacha ishlagan.

Hakimov Habib Shomurodovich (1920 yilda tug‘ilgan)1949-1956 yilgacha ishlagan.

Rustamov O‘lmas (1928 yilda tug‘ilgan)1956-1957 yilgacha ishlagan.

Umarov Siroj (1924 yilda tug‘ilgan) 1957-1967 yilgacha ishlagan.

Tursunqulov Sher (1932 yilda tug‘ilgan)1967-1975 yilgacha ishlagan.

Hakimov Azim Shomurodovich(1928 yilda tug‘ilgan)1975-1979 yilgacha ishlagan.

Hakimov Abdurafiq Habibovich (1950 yilda tug‘ilgan) mahallada1979-1985 yilgacha ishlagan

Sultonov Ziyo Muxamadiyevich (1931 yilda tug‘ilgan)1985-1991 yildan yilgacha ishlagan.

Hakimov Akobir Azimovich (1956 yilda tug‘ilgan)1991-1997 yilgacha ishlagan.

Abduhalimov Nosir (1943 yilda tug‘ilgan)1997-2016 yilgacha ishlagan.

2016 yildan hozirgi kunga qadar Tursunqulov Xasan Sherovich “Lolazor” mahalla raisi vazifasida ishlab kelmoqda.

Mahallamiz ko‘p millatlik fuqarolardan iborat bo‘lishiga qaramasdan tinch totuv yashab kelmoqda. Mahallamiz ziyolilar va olimlar mahallasi deb atasak ham mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki mahallamizda juda ko‘p o‘qituvchi pedagoglar, ilm sohasida katta yutuqlarga erishgan fan kandidatlari, dotsentlar, professorlar, olimlar, sog‘liqni saqlash sohasida xizmat qilayotgan shifokorlar, har sohada ishlayotgan soha mutaxassislari umuman aytganda ziyolilar yashab yurtimiz Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilib kelmoqdalar.

Chegaradoshligi : “Tadbirkor”, “Madadkor”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Ko‘l” va “O‘zbekiston” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallamiz 12 ta ko‘chalardan iborat,Jo‘ra Zokirov, Al Farg‘oniy, Bobur Mirzo, Shokirbekov, Ahmad Yassaviy, Guliston, Usto Quli Jo‘rayev, Atoiy, Sohibkor, O‘zbekiston, Yax'yo G‘ulomov va Turon ko‘chalaridir.

Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri kasanachilik. Maxalla xududida 7 ta oziq-ovqat do‘koni, 2 ta go‘sht do‘koni, 5 ta sartaroshxona, 4 ta go‘zallik saloni, 3 ta ovqatlanish maskanlari faoliyat olib bormoqda.