Samarqand shahri Qo‘rg‘oncha MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Hakim Sanoiy
Telefon raqami: 66-238-92-06
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3616
Ayollar soni: 1341 (37,09%)
Erkaklar soni: 2275 (62,91%)
Xonadon soni: 551
Oila soni: 889
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3523 (97,43%)
tojik9 (0,25%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,08%)
rus8 (0,22%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,08%)
koreys1 (0,03%)
eroniy3 (0,08%)
ozarbayjon3 (0,08%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa63 (1,74%)
 
MFY qisqacha tarixi

“Qo‘rg‘oncha” Mahalla Fuqarolar Yig‘ini

 

   “Qo‘rg‘oncha” Mahalla Fuqarolar Yig‘ini  “Gulobod”  “Xo‘jaqishloq”, “Geologlar” Mahalla Fuqarolar Yig‘inlari bilan chegaradosh.

“Qo‘rg‘oncha” MFY ni  tarixda  Amir  Temur tomonidan  barpo  etilgan  Chorbog‘dan kelib  chiqib,  “Kulba-Gulbog‘” nomi bilan  atalgan.  “Qo‘rg‘oncha”,  “Xo‘jaqishloq”,  Bog‘i  Baland”, “Jo‘yi cho‘qur”   va “Bog‘i Maydon”  nomlari  bilan  nomlangan (oldingi CHORBOG) .  Ushbu  bog‘lar  Zaxriddin  Muxammad  Boburning  “Boburnoma”  asarida  va  boshqa  adabiyotlarda  ham tasvirlab  berilgan.

        1988 yillardan boshlab  “Qo‘rg‘oncha” Mahalla Fuqarolar Yig‘ini  alohida ajralib chiqqan . Ikkinchi  jaxon  urushi  qatnashchilari   Ergashev  Vaxob, Aliqulov Norboy  va  Ashurov Odil  bobolar  tomonidan  xashar  yo‘li  bilan  qurilgan.  “Qo‘rg‘oncha” Mahalla Fuqarolar Yig‘ini   o‘zining  qovurilgan  donaku-no‘xatlari  bilan  mashhur. Hozirgi  vaqtda  “Sharq shirinliklari”   bilan  ham  mashhur. Mahalla  xududidan tarixiy  “Obi  Raxmat” arig‘i  kesib  o‘tgan. Mahalla hududida asosan  o‘zbek va tojik  millatlariga mansub bo‘lgan fuqarolar istiqomat  qilib keladi.

               Qo‘rg‘oncha MFYda 3 ta  Abul Mansur, Axmati Jom. Hakim Sanoyi deb ko‘cha nomlari berilgan va raqamlangan.  Xonadon soni 557 ta. 889 nafar oila. Aholisi 3557 kishidan iborat.     

           Qo‘rg‘oncha mahallasi Afrosiyob, Bibixonim va Hazrati Hizr tarixiy obidalarga 900-950 metr uzoqlikda joylashgan. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligidan avval, yani sovet davrida “Qizil bog‘cha” “Xo‘ja qishloq” nomlari bilan atalgan. 1988 yildan “Qo‘rg‘oncha” maxalla fuqarolar yig‘ini alohida ajralib chiqqan. Mahallamizda mashhur, el tanigan fuqarolardan biolog olim akademik Karim Raximov, Akademik Shukur Sharipov, Afg‘on urushi qatnashchisi 1-Prezident I. A.Karimovning tan soqchisi polkovnik Muxammadqulov Sadullo Murodullayevich, Professorr Maxmudovlar kabi mashxur insonlar yetishib chiqqan.

      “Qo‘rg‘oncha ” maxalla fukarolar yiginiga Ergashev  Vaxob,  Aliqulov  Norboy,  Odilov  Raim,  Mustafoyev  Tesha,  Odilov  Olim,  Nasridinov Sadriddinlar  raislik qilgan.      2019  yil May  oyidan boshlab  mahallaga  Muxamadkulov  G‘aybullo  raislik  qilib kelmokda.

 Ijtimoiy soha obyektlari:

Mahallada hozirgi kunda 3 ta savdo do‘koni, 1 ta mehmonxona va 1 ta oilaviy bolalar bog‘chasi mavjud.