Samarqand shahri Ipak yo‘li MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: M.Saidov ko‘chasi 2-uy
Telefon raqami: 66 238-09-82
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2910
Ayollar soni: 1571 (53,99%)
Erkaklar soni: 1339 (46,01%)
Xonadon soni: 570
Oila soni: 685
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2831 (97,29%)
tojik3 (0,10%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,03%)
rus6 (0,21%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman1 (0,03%)
tatar3 (0,10%)
koreys3 (0,10%)
eroniy2 (0,07%)
ozarbayjon3 (0,10%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa57 (1,96%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Ipak yo‘li” (G‘afur G‘ulom) mahalla fuqarolar yig‘inining tarixi

 

Bu mahallaning markazi Temiryo‘l mavzeida, M.Saidov ko‘chasining 2–uyida joylashgan bo‘lib, 1973 yilda tashkil topgan. Shu hududda joylashgan Samarqand lokomotiv va vagon depolari mehnat jamoalari mahalla hayotida ta'sirli o‘ringa egadirlar.

Yaqin vaqtlarda ham mahallada yashaydigan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari 21 kishidan iborat edi. Keyingi vaqtda 11 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Hozirgi kunda Vera Volkova, Nikolay Kozyurin, Anna Kulikova, Nikolay Dyachenko, Viktor Sokolov shu yerda istiqomat qilmoqdalar. Mehnat jabhasi qatnashchilaridan esa L.Novikova, I.Gladkova, K.Sattarov, K.Haqberdiyev, V.Kolesnikova, I.Titov, K.Chechkina, G.Xodjayev, P.Oripov, A.Imomov nevara-chevaralari og‘ushidadirlar.

Mehnat faxriysi va xizmat ko‘rsatgan temiryo‘lchilardan M.Saidov, P.Gladkov, U.Qodirov, Respublika Oliy Kengashi deputati bo‘lgan G.Berdnikov, xizmat ko‘rsatgan avtotransport xodimi X.Sharipov, sport ustalari I.Sharipov, U.Abduraxmonov, N.Nagayseva mazkur mahallada istiqomat qiladilar.

Mahallada 1941-1945 yillardagi urushda shahid ketganlar xotirasiga yodgorlik, buyuk o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulomga byust o‘rnatilgan. Sartaroshxona, poyafzal ta'mirlash ustoxonasi, bichuv-tikuv burchagi, oziq-ovqat do‘konlari, dorixona mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Mahalla aholisi asosan ishchilar toifasining vakillari bo‘lib, 20 dan ortiq elat va millatga mansubdir.

Bu yerda mahalla xotin-qizlar faoli Muxammadiyeva Mavlyuda Narzipulatovnaning o‘rni alohida sezilib turadi. Navjuvonlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va yosh onalarga farzandlari salomatligini mustahkamlash yuzasidan mutaxassislarning maslahat berishlari muntazamlik kasb etgan.

Mahalla markazi qayta qurilib, 2019 yil 13 may kuni mahalla raisi (oqsoqoli)ning saylovida Sadikov Soli Tishayevich nomzodi saylandi. Bu sohada mahalla shahar-ko‘rik tanlovida qatnashib, 2020 yilga qadar o‘z yetakchi o‘rinni egallagan.

2020 yil 18 may kunidan Samarqand shahar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi tomonidan Ipak yo‘li mahalla raisi lavozimiga Rustamova Gulnora Suxrobovna tayinlanib, o‘z mehnat faoliyatini 2022 yil 10 may kuniga qadar olib bordi.

2022 yil 26 may kuni bo‘lib o‘tgan mahalla raisi (oqsoqoli)ning saylovida 75% ovoz to‘plab mahalla raisligiga nomzodligi bo‘lgan Yusupov Farmon Abduxafizovich saylandi. Bu sohada mahalla shahar-ko‘rik tanlovida qatnashib, yetakchi o‘rinni egallagan. Shu bilan bir qatorda ushbu mahalla “Namunali mahalla” ro‘yxatida o‘z o‘rniga ega hisoblanadi.

2021 yil 03 dekabrdagi Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha PQ-31-sonli qarori asosida mahallalarda “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi. Ushbu lavozimga Xolmuminov Bektosh Abduqayumovich tayinlangan bo‘lib, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash borasida ko‘pgina natijalarga erishib kelmoqda.

2022 yil 19 yanvardagi Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-92-sonli qarori asosida mahallalarda “Yoshlar yetakchisi” lavozimi joriy etildi. Ushbu lavozimga 2022 yil 24 yanvar kunidan Kuliyeva Nargiza Rustamovna tayinlangan bo‘lib, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunili tashkil etish, Yoshlar daftariga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va sport sohalari bo‘yicha ko‘pgina natijalar va yutuqlarga erishib kelmoqda.

2022 yil 02 martdagi Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PF-81-sonli qarori asosida mahallalarda “Xotin-qizlar faoli” lavozimi joriy etildi. Ushbu lavozimga Muxammadiyeva Mavlyuda Narzipulatovna tayinlangan bo‘lib, mahallada xotin-qizlarni muammoalrini o‘rganish, bandligini ta'minlash va oilalarda ajrimni oldini olish ishlarini ilgari surib kelmoqda.

Samarqand shahri bo‘yicha 8-son IIB 2022 yil avgust oyidan e'tiboran Samarqand shahri bo‘yicha 9-son IIB hududiga kiritildi. Hozirgi kunda Ipak yo‘li MFYning profilaktika inspektori, leytenant Yusupov Sardor Sa'dulloyevich faoliyat olib bormoqda. O‘z faoliyati davrida mahallada jinoyatchilikni oldini olish ishlari bo‘yicha turli chora tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.