Samarqand shahri Gullar Bog‘i MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Beruniy 25M uy
Telefon raqami: 66-229-04-61
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2644
Ayollar soni: 1680 (63,54%)
Erkaklar soni: 964 (36,46%)
Xonadon soni: 1245
Oila soni: 1261
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2547 (96,33%)
tojik10 (0,38%)
qoraqalpoq1 (0,04%)
qozoq2 (0,08%)
rus11 (0,42%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar2 (0,08%)
koreys1 (0,04%)
eroniy1 (0,04%)
ozarbayjon6 (0,23%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy1 (0,04%)
boshqa62 (2,34%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahridagi “Nurli yo‘l” mahallasining o‘tmishi va hozirgi kunidagi

tarixi

Bizning mahallamiz 1939-1941 yillarda tashkil etilgan, hozirgi “Nurli yo‘l”  mahallasi bo‘lib “Tojik qishlog‘i” deb nomlanar edi. Aholi soni ko‘payishi natijasida qishloq 2 ga bo‘linib, ruscha “Internatsionalnaya” va “Divizionnaya” mahallalari tashkil etildi. Ikkita mahallaning  ham binosi bo‘lmagan va fuqarolar ma'lumotnoma olish uchun rais (komitet)ni uyiga borib oddiy qog‘ozga ruchka bilan ma'lumotnoma yozib berilar edi. Hamma ma'lumotnomalar faqat “Rus tilida” yozilar edi.

          “Internatsionalnaya” deb nomlangan maxallaga Abdullayev Sayfullo bobo rais bo‘lganlar, u kishidan keyin Yusupov Abdurasul, keyin Abdusaidov Abdukaxxor mahallaning oldingi raislari bo‘lishgan, huddi shunday “Divizionnaya” mahallasiga birinchi bo‘lib Temirov Erkin bobo rais bo‘lgan, undan keyin Xuseinov Xusen bobo, keyin Karimov Umrzoqlar rais bo‘lib ishlagan.

         O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach 1992 yilga kelib ikkita mahallaning nomi o‘zgartirilib, “Internatsionalnaya” mahallasiga “Baynalminal” mahalla fuqarolar yig‘ini nomi berildi va “Divizionnaya” mahallasiga “Islohot” mahalla fuqarolar yig‘ini deb nom berildi.

Ushbu davr mahalla uchun yangi tarix zarvaraqalrini ochdi, chunki O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mahalla fuqarolar yig‘iniga oida qator qaror va farmonlari qabul qilinib, mahallaga bo‘lgan e'tibor kuchaydi. Natijada “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylov asosida  mahalla fuqarolari tomonidan saylanishi yo‘lga qo‘yildi, shundan keyin “Islohot” mahalla fuqarolar yig‘iniga birinchi bo‘lib Karimov Umrzoq  saylanib, u kishidan so‘ng “Islohot” mahallasiga Xuseinov O‘tkir, Shokirov Firdavs, Samatov Saitqul, Jovkanov Sayitkamol, Mamedov Sattor, Azimov Raxim, Musayev Xusniddin, Xalimov Komil  va xozirgi kunda Jovkonov Sayitkamol  rais  bo‘lgan. Maxallamizda 1 ta  126 sonli MTM bor. Kup yillar mobaynida ishlab kelayotgan Vokzal xammomi, Lokomotiv stadioni, yangi zamonaviy ko‘p kavatli uylar qurilgan va qurilmoqda. Mahallamiz 11 ta ko‘chadan  iborat:Isloxot, Isloxot tor ko‘cha, Toshlok, Toshlok tor ko‘cha,Madaniyat, Orzu, Mexrigiyo, Depo, Beruniy ,  Rudakiy va Gagarin ko‘chalari mavjud bulib, unda  Aholi soni 4975 ta, oila soni 1755 ta, xonadonlar soni 2963 tashkil etadi.

Bizning mahallamiz juda ahil, ijtimoiy holatiga qaramasdan bir biriga yordam qo‘lini cho‘zib, qiynalgan oilalarga yordamini ayamaydi. To‘y ma'arakalarda xamma ittifoq, eskidan qolgan qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni unutmasdan ularni davom ettirmoqdamiz.

         Ayniqsa yosh avlodga mahalla tarixini, o‘zimizni urf-odatlarimizni aytib ularni shu narsalarni unutib ketmaslik va davom ettirishlarini quloqlariga o‘qitamiz. O‘zimizni “Navro‘z” bayrami, Mustaqillik kuni kabi bayramlar keng nishonlanadi. Mahalla markazida katta qozonda osh damlanib  turli o‘yin, raqs, sherhonlik va bolalar chiqishlarini namoish qilinadi.

Maxallamiz binosi  Axmadbek Kurilish Trio MCHJsining  xomiyli bilan 2018 yil yangi bino kurib berilgan  rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori xonalarini  aloxida kilib, kurib berilgan.

Yoshlarni tarbiyasiga va ularni jinoyatchilik, giyohvandlik, aqida parastlik yo‘llaridan asrab, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib yaxshi ishlarga chorlayapmiz. Buning uchun mahallamizda hamma shart - sharoitlar mavjud.

         Bugungi kunda mahalla raisi S.Jovkonov , xotin-qizlar faoli D.Irgasheva, yoshlar yetakchisi G.Rizakulova,hokim yordamchisi A.Butayev, profilaktika yordamchisi B.Mardonov   bilan  birgalikda mahallada faoliyat olib bormoqda.  Xammamiz bir tan – bir jon bo‘lib ishlaylik va mahalla obro‘yini yuksakka ko‘taraylik.