Samarqand shahri Bog‘ichinor MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Gagarin ko‘chasi 69a-uy
Telefon raqami:
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1985
Ayollar soni: 1067 (53,75%)
Erkaklar soni: 918 (46,25%)
Xonadon soni: 957
Oila soni: 812
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1878 (94,61%)
tojik11 (0,55%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,05%)
rus8 (0,40%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman1 (0,05%)
tatar2 (0,10%)
koreys1 (0,05%)
eroniy2 (0,10%)
ozarbayjon3 (0,15%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain1 (0,05%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa77 (3,88%)
 
MFY qisqacha tarixi

  Samarqand shaxar “Bog‘i Chinor” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

          Tashkil  topgan yil:  Samarqand shahar “Bog‘i Chinor” mahalla fuqarolar yig‘ini  1994 yilda “Bog‘ishamol” nomi bilan tashkil topgan. Mahallani tashkil etishda Gulyamov Alisher va Rayimqulov Axmadlar bosh bo‘lishgan. 1995 yilda mahalla.                                                                                                                                                      Maxalla raislari: “Bog‘i Chinor” nomiga o‘zgartirilgan. 1994-1995 yillarda Gulyamov Alisher, 1995-1996 yillarda Abdusamatov Fayzi, 1996-2001 yillarda Axmedov Sadriddin, 2001-2003 yillarda Rayimqulov Axmad, 2003-2008 yillarda Qobilov Iskandar, 2008-2016 yillarda Radjabova To‘xtabonu MFY raislari bo‘lib ishlab kelishgan. 2016 yildan hozirgi vaqtga qadar Yusupov Xamid Ikramovich mahalla raisi bo‘lib ishlab kelgan, 2022 yil may oyidan Axmedova Zulxumor Shakirovna maxalla raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

 

 Chegaradoshligi:         Mahallamiz “Gulbahor”, “Farovonlik”, “Loxutiy” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.                                                                                    

 

Mahalla kkuchalarining soni va nomlari: hududida 3 ta  Gagarin, Mirzo Ulug‘bek va Ozod Sharq ko‘chalarini o‘z ichiga oladi. 23 ta ko‘p qavatli va 2 ta yakka tartibdagi uylardan iborat bo‘lib, aholi soni  1729  nafar, xonadonlar soni 717  ta, oilalar  soni  635 tani tashkil qiladi.   Mahallamizda 16 xil millat vakillari istiqomat qiladi. Jumladan, o‘zbek, tojik, eronli, rus, ukrain, koreys, uyg‘ur, polyak, tatar va boshqalar.

 

Ijtimoiy soxa obyektlari: Mahallamiz xududida Viloyat va Shahar soliq departamentlari, bitta maktabgacha ta'lim muassasasi, Viloyat Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi boshqarmasi, Samarqand Olimpiya zahiralari sport majmuasi  va savdo do‘konlar, go‘zallik salonlari va boshqa tadbirkorlik subyektlari joylashgan.

        

 Maaxalla ziyolilari va faollari: Aka-uka  Abdusamatov Fayzi (marhum)  va Abdusamatov Azim (marhum)lar shu mahallada yashab, mahalla obodligi va farovonligiga o‘z hissalarini qo‘shishgan.  Abdusamatov Azim qurilish korxonasida ishlab, mahallamizdagi ko‘p qavatli uylarni qurilishida o‘z hissasini qo‘shgan. Ko‘pgina medal va ordenlar bilan taqdirlanishgan.

           Nuroniylarimizdan:  Melikov Shodmon Boboyevich ichki ishlar xodimi va Rajabova To‘xtabonu Karimovna 2004 yildan 2016 yilgacha maxalla xodimi bo‘lib ishlagan va xozirgi kunda xam jamoatchilik asosida faoliyat olib borayapdilar;  Mo‘minov Rajab, Ziyadullayeva Zulfiya, Kamalova Mavludallar ko‘p yillar ta'lim sohasida xizmat qilishgan; Kamalov Sadriddin professor, Samarqand shaxar shifoxonasida jarroxlik soxasida xizmat qilishgan .

            Mahallamiz fuqarosi  Garayeva Anaid  Turizm soxasida tarjimonlik yo‘nalishida ishlaydi..