Samarqand shahri Quyi Xo‘ja Soat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Xujasaxat ko‘chasi 1 A uy
Telefon raqami: 991155785
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3265
Ayollar soni: 1527 (46,77%)
Erkaklar soni: 1738 (53,23%)
Xonadon soni: 539
Oila soni: 742
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2362 (72,34%)
tojik0 (0,00%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy895 (27,41%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa8 (0,25%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Kuyi Xujasaxat” maxalla fuqarolar yig‘ini

              MFY nomi :  “Kuyi Xujasaxat” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Axolisi : 3265 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz asosan eronli millatiga mansub xalkdan iborat

            Tashkil topgan yil : 1997 yilda tashkil topgan.

             Maxalla nomining tavsifi va tarixi : Tarixiy ma'lumotlarga karaganda Xujasaxat kishlogining nomi tarixiy shaxs bulgan Xoja Sa'dning nomi bilan bevosida boglik. Xujasaxat kishlogi kishlogi xududi va atrofdagi unumdor maskan xam Xuja SA'dga tegishli bulgan yerlardan bulib, xalk urtasida uning nomi bilan Xuja Sa'd yerlari deb yuritilgan degan fikr xakikatga yakindir. Keyinchalik esa bu nom birmuncha buzilib, Xuja Saxat, deb talaffuz kilingan.

       Maxalla axolisi urtasida izlanishlar olib borilgan paytda keksa avlod vakuillari maxalla nomini anik tarzda “Xujasaxat” deb talaffuz kilishdi. Maxalla fukarosi, joylar tarixi buyicha bir kator izlanishlar olib borgan jamoatchi xodim Muso Xlov tuplagan arxiv ma'lumotlariga karaganda ushbu kishlokning nomi 1940 yillargacha bulgan davrdagi rasmiy xujjatlarda Xujasaxat, Ulug Vatan urushi yillarida Stalin, urushdan keyingi davrda esa nomi buzilgan shaklda Xujasoat deb yozilib kelingan.

       Maxalla nomining paydo bulishi xakida xalk urtasida shunday rivoyat xam keng tarkalgan. Unda aytilishicha, Urgutning Kamogaron kishlogida yashovchi Xomish ismli tu'tabar shayx yoki xuja ogir kasallikka chalinib, takdir takozosi bilan Samarkand atrofidagi ob-xavosi musaffo bulgan shu yerlarga kelib kunim topadi va kasalligidan shifo topadi. Shundan keyin “ xuja darddan forig bulibdi”, “ xuja shifo topibdi”, “ xujaning tani sixat” degan iboralar sekin-asta “ xuja sixatga aylanib boradi. Shu joy esa “Xuja sixat topgan joy” degan ma'noda “Xujasixat” ga aylangan.       

          Maxalla ziyolilari va faollari : Sodikov Gulom, Kodirov Abdurayim, Gulomov Gulomxaydar kabi kishilar maxalla faollari bulishgan.

            Chegaradoshligi : “Zargartepa”,”Urta Xujasaxat”,”Xujasaxat” va “Chilkuduk” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 13 ta  kucha mavjud bulib, Zafar, Zafar 1 kucha, Zafar 2 kucha, Zakovat, Zakovat 1 kucha, Zakovat 2 kucha, Zakovat 3 kucha, Xujasaxat va Xujasaxat 1 kucha, Sarxovuz, Sarxovuz 1 kucha, Zargarterpa va Zargartepa 1 deb nomlangan

            Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri savdo va mayishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida 12 dan ziyod savdo dukoni, 4 ta go‘zallik salonlari va 4 ta ovqatlanish maskanlari,  8 ta avtomobillarni ta'mirlash ustaxonalari, 4 ta omuxta-em sotish shaxobchalari faoliyat olib borilmoqda.

           MFY raislari : Xozirgi “Kuyi Xujasaxat” maxallasi urnidagi kishlokni Ulug Vatan urushigacha va undan keyingi davrlarda brigadir vazifasida bulgan Ismailov Musin, Gulomov Mustafakul kabi kishilar boshkargan. 1993 yilga kadar bulgan davrda kishlokni shuxuddudda brigadir vazifasida ishlagan Ibragimov Yokub ellikboshi sifatida boshkargan. “Kuyi Xujasaxat” maxallasi tashkil etilgach, Nurmuxammedov Ibroxim 2003 yilga kadar jamoatchilik asosida maxallaga raxbarlik kilgan. 2003-2013 yillarda maxalla fukarosi, Samarkand kishlok xujalik institutining dotsenti Musinov Yadullo maxalla kumitasi raisi vazifasini bajargan. 2013 yilda “Kuyi Xujasaxat” maxalla fukarolar yiginiga navbatdagi rais (oksokol) ni saylashda maxalla fukarosi Ichki ishlar xodimi, polkovnik Mamatov Axmadjon Azimovich saylangan. Mamatov Axmadjon Azimovich saylanganidan sung, maxalla tubdan uzgargan va 2016 yil shaxarning eng namunali maxalla nominatsiyasini kulga kiritgan.  2017 yildan “Maxalla” jamgarmasi Samarkand shaxar kengashi raisi vazifasiga ishga ketgan. 2017 yil dekabr oyidan maxalla raisi lavozimiga maxalla faoli Yakubov Rustam tayinlangan. 2022 yil may oyida esa maxalla raisi  saylovida  maxalla fukarosi Murodov Baxtiyor Muxtoraliyevich saylandi va xozirgi vaktda faoliyat olib bormokda.