Samarqand shahri Bog‘iston MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Shota Rustaveli ko‘chasi 36 A- uy
Telefon raqami: 66-234-34-71
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1985
Ayollar soni: 803 (40,45%)
Erkaklar soni: 1182 (59,55%)
Xonadon soni: 717
Oila soni: 635
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1823 (91,84%)
tojik9 (0,45%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,05%)
rus5 (0,25%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,15%)
koreys1 (0,05%)
eroniy72 (3,63%)
ozarbayjon3 (0,15%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa68 (3,43%)
 
MFY qisqacha tarixi

“Bog‘iston” mahallasi tarixi

Bog‘iston MFY xududi o‘tgan asrning 60-yillariga qadar tokzorlar, xususan qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlardan tashkil topgan. Ushbu xudud yaqinida joylashgan maydonda qurilish beton ishlab chiqaruvchi zavod qurilganligi sababli ushbu zavod ishchilari uchun mahalla xududidan boshlab 3 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilgan. Shundan so‘ng ushbu xududda davlat xizmatchilari uchun turar joylar qurilgan.

Bizning hozirgi kunda “Bog‘iston” deb nomlangan mahallamiz 1995-1996-yillarda Hamza nomi bilan tashkil topgan. Hamza nomli mahallaning birinchi raisi nafaqadagi IIB polkovnigi N.Abdullayev bo‘lgan.

2012 yilga kelib Samarqand shahar hokimligining tashabbusi bilan mahallamiz “Bog‘iston” deb nomlangan. Mahallamiz xududi 12 gadan iborat bo‘lib, bunda 1 ta MTM, 1 ta oilaviy poliklinika, 2 ta xususiy mexmonxona va 42 ta tadbirkorlik subyektlari va 27 ta ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan.

Mahallamizda joylashgan xonadonlarsoni 966 ta bo‘lib, xo‘jaliklar 610 tani tashkil qiladi. Aholi soni 1985 kishi. Mahallamizda 3 ta asosiy ko‘cha mavjud bo‘lib, bular bular Navoiy shoh ko‘chasi, Gagarin va Sh.Rustaveli ko‘chalaridir.

Mahallamiz ko‘p millatli bo‘lib, o‘zbek, rus, tojik, eroni, arman, tatar, koreys, qozoq, afg‘on va boshqa millatlar inoq va totuv istiqomat qilib kelmoqda.