Samarqand shahri Bahodir Yalangto‘sh MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Qorasuv massiv 93-uy 5-xona
Telefon raqami: 991155799
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3737
Ayollar soni: 1978 (52,93%)
Erkaklar soni: 1759 (47,07%)
Xonadon soni: 2010
Oila soni: 1040
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3679 (98,45%)
tojik3 (0,08%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,03%)
rus8 (0,21%)
qirg‘iz1 (0,03%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,08%)
koreys2 (0,05%)
eroniy2 (0,05%)
ozarbayjon2 (0,05%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa36 (0,96%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Bahodir Yalangto‘sh” maxalla fuqarolar yig‘ini tarixi

              MFY nomi“Bahodir Yalangto‘sh” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Aholisi: 3784 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,ironli,tatar va boshqa millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil : 2020 yil 15 dekabrda tashkil topgan.

             Maxalla nomining tavsifi va tarixi-“Bahodir Yalangto‘sh”-Yalangtoʻsh Bahodi / Abdulkarim Yalangtoʻshbiy Bahodir Boyxoji oʻgʻli / Yalangtoʻshbiy otaliq; Mahallamiz Samarqand viloyatining Dahbed shaharchasiga  ya'ni, Mahdumi A'zam ziyoratgohiga yaqin hududdda joylashganligi va bobokolonimizning nomini abadiylashtirish maqsadida mahallamiz nomi “Bahodir Yalangto‘sh” deya nomlandi.

O‘tmish tariximizda Samarqandda ulkan obodonchilik ishlarini amalga oshirgan, o‘z hukmronligi davrida shahar ravnaqini ta'minlagan hukmdorlardan biri Bahodir Yalangto‘sh (1576 – 1656) bo‘lib, uning shaxsiyati, tarixda tutgan o‘rnini o‘rganish va jamoatchilikka yetkazish bugungi fan oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.

         Bahodir Yalanto‘shning siyosiy faoliyati bilan

bir qatorda uning madaniyatga homiylik qilgani ham hukmdor faoliyatini o‘rganishga muhim turtki beradi. Jumladan, bugungi kun xorijda nafaqat Samarqandning ramzi, balki O‘zbekistonning ramzi sifatida ma'lum bo‘lgan Registon maydonidagi Tillakori (1646–1660) va Sherdor (1619–1636) madrasalari shaxsan Bahodir Yalangto‘sh tomonidan qurilgan. Aytish joizki, O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egallagan shaxslar to‘g‘risida bir qancha, maqola, risola, monografiyalar yaratilgani, ular faoliyatiga doir konferensiyalar uyushtirilgani holda Bahodir Yalangto‘sh faoliyatiga doir tadqiqotlar ancha kamligi ko‘zga tashlanadi.

         2021 yilning may oyida Samarqanddagi “Bog‘ishamol garden” bazmgohida “Matonat” hujjatli film ijodkorlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Samarqand viloyat hokimligi va Kinematografiya agentligi o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan Yalangto‘sh Bahodir haqida badiiy film olinadigan bo‘ldi.

Abu Tohirxojaning «Samariya»da yozishicha, «Yalangto‘sh Bahodirning qabri Samarqand yaqinidagi Dahbedda, Mahdumi A'zamning oyog‘i ostida, sufa ustida, mozor devorining» ichidadur». Yalangto‘sh Bahodir haqida xalq orasida ko‘plab rivoyatlar, afsonalar (masalan, «Yalangto‘sh botir» hikoyasi) to‘qilgan.

         Mahallamiz Dahbedga ya'ni, Mahdumi A'zam ziyoratgohiga yaqin hududdda joylashganligi va bobokolonimizning nomini abadiylashtirish maqsadida mahallamiz nomi “Bahodir Yalangto‘sh” deya nomlandi.

Shuningdek, Samarqand shahrida, Registon maydoni yaqinida Yalangto‘sh Bahodir haykali o‘rnatiladi.

          Maxalla ziyolilari va faollari : Dots. Bo‘tayev Shirinboy Rajabovich, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Ibragimov Zubaydulla Ibatovich, 2020 yil “MEHR-SAXOVAT” ko‘krak nishoni sovrindori Saydilov Salohiddin Urazqulovichlar va boshqalar yashab kelmoqda xamda

            Chegaradoshligi : “Qorasuv”,”Shodiyona” va ”Obod Maskan” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 3 ta Iftixor,A.Ikromov va O‘.Hoshimov ko‘chalari mavjud. Maxallamiz 24 ta ko‘p qavatlik uylardan tashkil topgan.

            Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida 20 ga yaqin savdo dukoni, 6 ta go‘zallik salonlari, 2 ta ovqatlanish maskanlari va 5 ta tikuv sexi hamda 4 ta o‘quv markazlari faoliyat olib borilmoqda.

           MFY raislari : 25.01.2021 – 22.05.2022 yilgacha Nurmurodov Akbar Buriyevich va 2022 yilda o‘tkazilgan saylovlarda (22.05.2022 yil kuni)  ikkinchi muddatga Nurmurodov Akbar Buriyevich maxalla raisi sifatida saylanib faoliyat yuritmoqda.