Samarqand shahri Ali Qushchi MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Rudakiy 86
Telefon raqami: 902277313
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2100
Ayollar soni: 1008 (48,00%)
Erkaklar soni: 1092 (52,00%)
Xonadon soni: 1054
Oila soni: 990
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2028 (96,57%)
tojik2 (0,10%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,05%)
rus5 (0,24%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,14%)
koreys1 (0,05%)
eroniy1 (0,05%)
ozarbayjon3 (0,14%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa56 (2,67%)
 
MFY qisqacha tarixi

“Ali Qushchi” mahalla fuqarolar yig‘ini.

 

Aholisi: 2300 nafar.    

Milliy tarkibi o‘zbek, rus va tojiklardan iborat.

Tashkil topgan yili: 2001 yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi:

“Ali Qushchi” nomi manbalarida “Ali Qushchi” shaklida yozilgan.

«O‘z davrining Batlimusi» deb tanilgan Ali Qushchining to‘liq nomi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi bo‘lib, u Samarqandda tug‘ilib o‘sgan va XV asrda ilmiy faoliyat ko‘rsatgan matematik va astronomlardandir. Uning tug‘ilish sanasi ma'lum bo‘lmasa-da, XIV asr oxiri yo XV asr boshida tug‘ilgan deb taxmin qilinadi.

Ali Qushchi boshlang‘ich va shar'iy bilimlarni Samarkand olimlaridan, matematik va astronomik bilimlarni esa Qozizoda Rumiy bilan Ulug‘bekdan oladi. Ali Qushchi umrining ko‘p qismini Samarqandda o‘tkazadi.

Birinchi bo‘lib Samarkand olim larining yutuqlaridan ana o‘shalar bahramand bo‘ldilar. Shu tariqa Ulug‘bek va uning «Zij»i haqidagi xabarlar melodiy XV asr oxiridayoq Ovro‘poga yetdi. Bunda esa Ali Qushchining xizmati kattadir.Ali Qushchining butun hayoti va ijodi fan yo‘lida sarflandi. U o‘z asarlari bilan va ustozi Ulug‘bek bilan hamkorligi tufayli o‘z nomini tarix sahifalariga abadiy kiritdi.

            Mahalla ziyolilari va faollari: Oblakulov Farmon Sufxonovich 1955 yilda tug‘ilgan. Ali Qushchi maxallasida 2001-2006 yillarda ishlagan.

Safarov Xasan Muxammadjanovich 1962 yilda tug‘ilgan. Ali Qushchi maxallasida 2007 yilda ishlagan.

Oblakulov Farxot Sufxonovich 1954 yilda tug‘ilgan. Ali Qushchi maxallasida 2008-2013 yillarda ishlagan.

Qo‘ysinova Sayyora 1967 yilda tug‘ilgan. Ali Qushchi maxallasida 2014-2016 yillarda ishlagan.

Ishmuxamedov Davlat 1961 yilda tug‘ilgan. Ali Qushchi maxallasida 2017-2019 yillarda ishlagan.

Zuftarova Dilorom 27.01.1983  yilda tug‘ilgan. Ali Qushchi maxallasida 2019-2022 yillarda ishlagan.

           Chegaradoshlar: Gullar bog‘i, Beruniy va Rudakiy mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari: Maxallada 2 ta ko‘cha Rudakiy va Beruniy ko‘chalari mavjud.

Ijtimoiy soha obe'ktlari:Mahalla hududida 43-son maktab, 127 MTT, 78 ta savdo do‘kani joylashgan.

Maxalla raislari: Zuftarova Dilorom 27.01.1983  yilda tug‘ilgan. Ali Qushchi maxallasida 2019-2022 yillarda ishlagan. 30.05.2022 yildan buyon Djabbarov Djamshid Temurovich “Ali Qushchi” MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.