Samarqand shahri Ko‘l MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Guliston ko‘chasi 85 uy
Telefon raqami: 991155767
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2250
Ayollar soni: 1060 (47,11%)
Erkaklar soni: 1190 (52,89%)
Xonadon soni: 350
Oila soni: 605
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1458 (64,80%)
tojik789 (35,07%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,13%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Ko‘l” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

              MFY nomi :  “Ko‘l” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Axolisi : 2250 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz o‘zbek, tojik, rus millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil : 1978 yilda tashkil topgan.

             Maxalla nomining tavsifi va tarixi:

Samarkand shaxar «Kul» maxalla fukarolar yigini  Samarkand  tumani  «Ulugbek» kishlok fukarolar yigini  xududidagi «Kul» maxalla Guliston jamoa  xujaligiga karashli yerlar bulgan.  1900 yillarda  shu jamoa xujaligida  ishlagan fukarolarga uy-joy  uchun yer ajratib berish vaktida  ushbu xududlar axoliga bulinib , uy-joy kurishga ruxsat berilgan va  kattagina xududga bir nechta maxallalar tashkil topgan. Bu maxallalardan biri  shu vaktda «Kul» kishlok deb yuritilgan.

Kul maxallasi sersuv –nam joy bulib, daraxtlari kup bulgan.  Amir Temur bobokalonimiz uzok safardan  kaytib kelish vaktida  shu maxallada utirib dam olib ketganlar.  «Sarbadorlar»  tarixiy kitobida yozilishicha gazal  mulkining sultoni Alisher Navoiy , Zaxriddin muxammad Bobur  kabi bobokalonlarimiz shu yerlarda dam olib, ijod  kilib ketganlar.

Kariyalarimizning aytishlaricha  ushbu xududda Dargom suvi kupayib, yer  yuzini suv bosib ko‘l paydo bo‘lgan, uy-joylar suvdan zaxlab qulab tushgan.

Odamlar uylarini tashlab suvdan uzokrok kushni maxallalarga  kuchib ketganlar. Maxalla faollari maslaxatlashib suvni  oldini  olmokchi bulib  Panjaboshi maxallasidan  Lolazor maxallasiga katta arik kovlab, suvni ketishiga yul ochib, zaxlik kamaygan.

          Maxalla ziyolilari va faollari: Bobomurodov Kobil- sobik «Molotov» kolxoz raisi,  Abdullayev Savri- Samarkand viloyat matbuot savdo bulimii raisining  birinchi urinbosari, Xudoykulov Oblokul-Sirdaryo viloyat ichki ishlar bulimi  xodimi, general, Akramov Naim-rayon partiya targibot-tashvikot bulimi boshligi  va viloyat partiya komitetining xodimi, Akramov Raxim- Kishlok xujalik instituti dotsent ukituvchi va 20-maktab direktori, Soleev Yusufjon-tuman  «Samarkand –parrandachilik»  fabrikasi raxbari kabi  tanikli kolxoz raislari va xunarmandlari yashab utgan.

            Chegaradoshligi : “Navbog‘chiyon”, ”Bekho”, ”Lolazor” , “Madadkor” va “Panjaboshi” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 3 ta asosiy Guliston, Temur  va O‘zbekiston hamda 11 ta ichki ko‘chalar mavjud.

            Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri savdo va mayishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida 9 ta savdo dukoni, 3 ta sartaroshxona, 1 ta salomatlik markazi, 1 ta to‘yxona va 3 ta ovqatlanish maskanlari faoliyat olib bormoqda.

           MFY raislari: 17.05.2011–01.05.2016 yilgacha Djumayev Abduraxmon, 25.05.2017-01.05.2019 yil maygacha Haqmurodov Haqberdi, 12.05.2019 yildan hozirgi kunga qadar Djumayev Hikmatillo Mahkamovich maxalla raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.