Samarqand shahri Adolat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Beruniy ko‘chasi 38a uy
Telefon raqami: 66-229-07-42
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1753
Ayollar soni: 987 (56,30%)
Erkaklar soni: 766 (43,70%)
Xonadon soni: 653
Oila soni: 659
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1662 (94,81%)
tojik5 (0,29%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,17%)
rus8 (0,46%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar6 (0,34%)
koreys3 (0,17%)
eroniy7 (0,40%)
ozarbayjon3 (0,17%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa56 (3,19%)
 
MFY qisqacha tarixi

Smarqand shahar        “Adolat” maxallasi

 

 (Beruniy kuchasi,38-a-uy; telefon: 528-65-25) - “Kattaariq”, “Beruniy”,  “Mevazor”, ”Ziyolilar” maxallalari bilan chegaradosh, shuningdek, Beruniy, Al-Farobiy , Qozizoda Rumiy ko‘chalari bilan o‘ralgan.

       Mahalladagi 10 ta ko‘pqavatli binolarning 657 ta xonadonida 1785 kishi yashaydi. Mahallada  asosan  o‘zbek, shuningdek, tojik, rus, arman, qozoq, tatar, koreys, turk va  ozarbayjon millatlariga mansub oilalar yashaydi.

Mahalla tarixi   

       XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xozirgi Beruniy ko‘chasi  Oktyabrskaya ko‘chasi deb atalib, Samarqand shahri Temiryo‘l hududiga qarashli bo‘lgan. Dahaning nomi “Kattaariq” (Bolshoy arik) deb atalgan va temiryo‘l vokzali yaqinida joylashgan. Beruniy ko‘chasi bo‘ylab qurilgan 3 ta 9 qavatli uylar o‘rnida umumiy hovlichalar (obshiy dvor) joylashib, bu hududda asosan rus oilalari istiqomat qilgan. Hozirgi Qozizoda Rumiy ko‘chasidan Travmatologiya shifoxonasiga boruvchi yo‘l bo‘ylab xususiy uylar joylashgan bo‘lib, ularda asosan arman oilalari yashagan.

         1986 yilgacha mahalladagi 7 ta 5 qavatli uylar qurilgan edi. Shu yili “O‘zqishloqximiya” tashkiloti xisobidan Beruniy (Oktyabrskaya) ko‘chasida 36 xonadonli 9 qavatli 30-uy qurildi. 1988-89 yillarda 30-uy yonidan 54 xonadonli 9 qavatli 32-uy va 1992-93 yillarda  90 xonadonli 9 qavatli 34a-uy Lift zavodi tomonidan shu zavod ishchilari uchun qurib tugatildi.

       1992 yilda Samarqand shaxar xokimligi tomonidan “Mahallalar tuzish” rejasi bo‘yicha komissiya tuzilib, “Adolat” mahallasini tuzish xam rejaga kiritilgan va tasdiqlangan. Bu davrgacha mahalla hududidagi uylar JEKlarga qarashli bo‘lgan va uylarda uy boshqaruvchilari jamoachilik asosida ishlaganlar. O‘sha davrda mahallaga 8 ta ko‘p qavatli uylar kiritilgan. Komissiya tomonidan 30-uy boshqaruvchisi,  Samarqand shahar Kapital Qurilish boshqarmasida yetakchi muxandis bo‘lib ishlab kelayotgan To‘raqulov Xudoynazar mahalla raisi (oksoqoli) vazifasiga tavsiya etilgan va aholi tomonidan yig‘ilishda bir ovozdan saylangan.

           Mahallaning nomi o‘sha vaqtda Samarqand shaxar Temiryo‘l tumani xokimi lavozimida ishlagan Rizayev Anvar Rizayevich bilan mahalla raisi va mahalla axolisi bilan kelishgan holda, Respublika “Mahalla”  markaziga so‘rovnoma yuborilib, respublikada boshqa bunday ataluvchi mahalla yo‘qligi aniqlangandan so‘ng  yig‘ilishda “Adolat” deb nomlandi.

        -  Maxallaning birinchi raisi  (1992-1996 yy.) – To‘raqulov Xudoynazar, 1948 yilda tug‘ilgan, oilali, xozirgi vaqtda 6 nafar farzandlari, 22 ta nabiralari va 3 ta evaralari bor. “Adolat” mahallasining tuzilishi va shakllanishida salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Bugungi kungacha “Adolat” mahallasida istiqomat qilib keladi, mahallaning namunali oilalardan hisoblanadi, mehnat faxriysi, “Adolat” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi “Nuroniylar kengashi” jamoatchilik tuzilmasi raisi bo‘lib ishlaydi.

       -  Mahallaning ikkinchi raisi – (1996-1999 yy.) - Sharipov Karim,    1960-yilda tug‘ilgan.                       

       -  Mahallaning uchinchi  raisi  (1999-2012 yy.) – Vaxabova Guljaxon Isroilovna, 1948 yilda tug‘ilgan. Guljaxon Isroilovnaning mahallamizning  ijtimoiy hayoti hamda uning mahalla sifatida faoliyat yuritishini shakllantirishdagi o‘rni beqiyos. U kishi faoliyat olib borgan yillarda mahallamizda yoshlar va keksalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat hissi ancha oshdi. Guljaxon Isroilovna raxbarliklarida mahallamiz faoliyatida nafaqat   yosh-u qari, balkim, xotin-qizlarimizning ham faolliklari sezilarli darajada oshdi. Mahallamiz bir necha marotaba Samarqand shahridagi namunali mahallalar qatorida e'tirof etildi.  Vaxabova Guljahon Isroilovna 2012 yilda  vafot etdi. Umrining so‘nggi damlarigacha mahallada ishladi.

     - Maxallaning to‘rtinchi raisi   (2013-2016 yy.) – Nabiyeva Shirin Sherbekovna, 1969 yilda tug‘ilgan.

    - Mahallaning beshinchi, hozirgi raisi – Mavlyanov Olim Xaqberdiyevich, 1964 yilda tug‘ilgan. Oilali, 3 nafar farzandlari, 8 nafar nabiralari bor.

         Mahallaning bugungi qiyofasi, unda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari

      Hozirgi vaqtda mahallada  faoliyat olib borayotgan xodimlar xaqida:

-         Mahalla fukarolar yig‘inining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlari buyicha maslahatchisi bo‘lib Safarova Inobat Achilovna faoliyat olib borgan. Safarova Inobat 1966 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti – oliy, oilali, 3 nafar farzandlari bor.

-          Mahalla fukarolar yig‘inining mas'ul kotibi va maslaxat markazi raxbari  bo‘lib Majitova Go‘zal Abduraxmanovna faoliyat olib bormoqda. Majitova Go‘zal 1972 yilda tug‘ilgan,  ma'lumoti – oliy, oilali, 4 nafar farzandlari bor.

-         Mahalla fuqarolar yig‘inining posboni, jamoatchilik tuzilmasi raxbari sifatida Shermatov Mexriddin Mustafoyevich faoliyat olib bormoqda. Shermatov Mexriddin 1994 yilda tug‘ilgan,  ma'lumoti – oliy, uylanmagan.

-                Xozirgi vaqtda xotin-qizlar faoli Yunusova Safiya Xurramovna 1975yilda tug‘ilgan oilali,  komissiyasi a'zolari 10 kishidan iborat. Bu komissiyaga mahalla xotin-qizlar faol bo‘lib ishlab kelayotgan  Yunusova Safiya Xurramovna  raislik qiladi. Haftaning har shanba kuni xotin-qizlar komissiyasi turli mavzularda  davra suxbatlari o‘tkazadi. Notinch va noqobil oilalar bilan tushuntirish ishlari olib boriladi.

          Mahalla hududidagi obyektlar haqida ma'lumot

       Mahalla hududida Samarqand shahrining yirik banklaridan biri bo‘lgan  “Ipoteka” banki, 80 - maktabgacha ta'lim muasasasi (bolalar bog‘chasi), ”Registon-non” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bir nechta yirik oziq-ovqat do‘konlari, “Shirin ” restorani  va to‘y marosimlar o‘tkazish kompleksi, “Azaril” xususiy davolash va diagnostika markazi,”Orio” xususiy stomatologiya va kosmetologiya markazi, shunigdek bir nechta oziq-ovqat do‘konlari, xo‘jalik mollari do‘koni, ikkita atelye, uchta go‘zallik salonlari joylashgan.