Samarqand shahri Tojmaxal MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Abu Bakr Roziy 10-A-uy
Telefon raqami: 66-222-25-29
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3145
Ayollar soni: 1711 (54,40%)
Erkaklar soni: 1434 (45,60%)
Xonadon soni: 1118
Oila soni: 1556
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3029 (96,31%)
tojik5 (0,16%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,03%)
rus6 (0,19%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar2 (0,06%)
koreys1 (0,03%)
eroniy3 (0,10%)
ozarbayjon2 (0,06%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa96 (3,05%)
 
MFY qisqacha tarixi

                                                             

MFY nomi: “Tojmaxal” mahalla fuqarolar yig‘ini

 

 

Aholisi: 3145 nafar Milliy tarkibi: O‘zbek, tojik, rus, tatar, eronlilardan iborat.

Tashkil topgan yili: 1993  yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi:

“Tojmahal” mahallamizning nomi ya'ni, “Malika Mumtoz Mahal boshiga kiydirilgan toj” ma'nosini anglatadi. “Tojmahal” tarixi – ishq tarixi, muxabbatning ham qayg‘uli ham hasratli qissasidir. Bu qissa qahramoni Malika Mumtoz MAhalning asl ismi Arjumandbonu bo‘lib, 1613 yilda 19 yoshli Arjumandbonu 21 yoshli Boburiy shaxzoda Xurram (Shoxjaxon)ga turmushga chiqadi. Arjumandbonu o‘zining go‘zalligi, oqilaligi va o‘tkir farosati bilan shox saroyida katta hurmat qozonadi.

         Qaynotasi Jaxongirshox ham keliniga alohida ehtirom ko‘rsatardi. Chunki, kelin ota-o‘g‘il orasidagi iliq va samimiy munosabatlarni saqlab turardi. Qaynotasining hurmati va erining muxabbatiga erishgan Arjumandbonuga “Mumtoz Mahal”- “Saroy ko‘rki” deya nom beradilar.

         1628 yilda Shoxjaxon taxtga o‘tiradi va malika davlat ishlarida katta yordam beradi. U o‘zining qisqa umri davomida 14 nafar farzand ko‘radi. 1631 yilda oxirgi farzandi dunyoga kelar chog‘i Mumtoz Mahal 31 yoshida vafot etadi. Malika vido onlarida eridan farzandlariga g‘amxo‘rlik qilishini, o‘ziga atab ulug‘vor bir imorat bunyod etishini, hayotining oxirigacha toq o‘tishini o‘tinib so‘raydi.

         Shoxjaxon suyukli rafiqasining barcha istaklarini bajo keltiradi. Undan so‘ng yana 38 yillik umrini yolg‘iz o‘tkazadi. Oq marmardan “Tojmahal” qasrini barpo etadi. Bu imorat 18 yil davomida qurib bitkaziladi. Qurilishga 40 million rupiya sarflanadi.

         Parij o‘zining Eyfel minorasi, Misr o‘zining Exromlari bilan mashxur bo‘lganidek, “Tojmahal” deb ataluvchi qasri bilan dunyoda shuhrat qozongan. “Tojmaxal” necha-necha asrlarga go‘zal mavzu berdi. Bu imorat sevgi va vafo ramzi sifatida hali uzoq yashaydi.    

         Chegaradoshligi: “Damariq” va “Sug‘diyona” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

         Mahalla ko‘chalarining soni va nomlanishi: Mahallada 2 ta Ali Qushchi va Abu Bakri Roziy

ko‘chalari mavjud.