Samarqand shahri Sug‘diyona MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sug‘diyona maskani 64A/1-uy
Telefon raqami: 66 222-40-07
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2780
Ayollar soni: 1489 (53,56%)
Erkaklar soni: 1291 (46,44%)
Xonadon soni: 1031
Oila soni: 1054
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2684 (96,55%)
tojik4 (0,14%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,04%)
rus6 (0,22%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,11%)
koreys1 (0,04%)
eroniy9 (0,32%)
ozarbayjon4 (0,14%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa68 (2,45%)
 
MFY qisqacha tarixi

 

SAMARQAND SHAHAR “ SUG‘DIYONA” MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INI

 

“Sug‘diyona” maxallasi 1994 yilda Temiryo‘l                           

tuman hokimligining№  377-sonli qaroriga

ko‘ra  tashkil topgan.

MFY nomi: Sug‘diyona mahalla fuqarolar yig‘ini

 Axoli soni 2780 nafarni tashkil etadi.

Xonadonlar soni jami 15 ta ko‘pqavatli uylarda 1030 ta.

Oila soni  955  ta  

Nuroniylar 71 nafarni tashkil etadi.

 

Milliy tarkibi:  mahallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli, mahallamizda  o‘zbek, qozoq, eronli, tojik, arman, rus, koreys, turk, yahudiy, ozarbayjon, tatar va boshka millat vakillari ahil-inoq umrguzaronlik qilib kelishmoqda.   

 

 

Maxalla nomining tavsifi va tarixi

 

 Maxallaning birinchi raisi ( oqsoqoli ) Xudoynazarov Sayfiddin  bo‘lgan.

        Mahallamiz ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan bo‘lib, 1979-1980 yillardan qurilish ishlari boshlanib 1988 -1990 yillar oralig‘ida qurib bitkazilgan. Mahalla tashkil topish paytida fuqarolar tomonidan “Sug‘diyona” nomi bilan atalishini xoxlashgan.

Mahallamiz 15 ta ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan.  Ulardan 8  ta to‘qqiz qavatli, 6 ta besh qavatli va  bitta yetti qavatli uylarda  xonadonlar soni 1031 ta bo‘lib,   Sug‘diyona maskani deb nomlanadi.

 

  “Sug‘diyona” mahallasi 1989 yillargacha bo‘lgan davrda sersuv, -sharqirab oqayotgan Jarariqning ikki tomoni keng uzumzor bog‘lar,  daraxtlar  bor edi deb eslashadi mahallamiz nuroniylari. 1986 yildan buyon ko‘p kavvatli uylar barpo etilgan va 2020 yil “Sug‘diyona” maxallasi  yangi binosini qurilib, ikki yildan buyon mahallamiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib, butunlay yangi qiyofaga kirgan.

 

Maxalla ziyolilari va faollari : Samarkand Vetenarariya va meditsina Unversiteti dotsenti Ismailov Ermamat XXX, faxriy o‘qituvchi Qambarov Abdurauf, Ortiqov Xalil, Samarqand Bank kolleji o‘qituvchisi faxriy nuroniy, Xalq maorifi a'lochisi Xasanova Rumiya Abdullayevna, pedagog-psixolog Usmanova Gulsara Abdujabbarovna; SamDCHTI o‘qituvchilari: Matyokubova Laylo, Abdullayeva Lola, Saidov Tolibjon, Isroilov Qobiljon, Samarqand jamoat salomatligi texnikumi direktor o‘rinbosari Ruziyev Soxibjon, 62-maxsus maktab direktori Ruziyeva Larisa, 4 maktab direktori Ubaydullayeva Lola, kikboks bo‘yicha sport ustasi  Ulmasov Alijon,  

Faollar: Gichunseva Irina, Mavlonova Munavvar, Usmanova Gulsara Abdujabbarovna,   

Mexnat faxriylari Gichunseva Irina, Mavlonova Munavvar, Usmanova Gulsara Abdujabbarovna, Xasanova Rumiya Abdullayevna, Qambarov Abdurauf, Ortiqov Xalil,  

Chegaradoshligi:  Nodirabegim MFY, Al-Buxoriy MFY, Toj-Mahal MFY, Ilmobod MFY.

Ijtimoiy soxa obyektlari: maishiy xizmat ko‘rsatish-8 ta

Non ishlab chikarish -2 ta, Atelye: 5 ta

Savdo dukoni: 25 ta

Kafe va oshxonalar: 2 ta

Dorixona: 2 ta