Samarqand shahri Sahovat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: A.B.Roziy 38a
Telefon raqami: 66 221-43-01
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2139
Ayollar soni: 1145 (53,53%)
Erkaklar soni: 994 (46,47%)
Xonadon soni: 643
Oila soni: 707
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2049 (95,79%)
tojik6 (0,28%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,05%)
rus8 (0,37%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,14%)
koreys2 (0,09%)
eroniy5 (0,23%)
ozarbayjon1 (0,05%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa64 (2,99%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarkand shaxar «Saxovat» maxallasi

 «Saxovat » maxallasi A.B.Roziy kuchasi 38-A uyda  joylashgan bulib,  Marxabo», «Baxor», «Shodlik» va   «Beshchinor» maxallalari bilan chegaradosh. Xozirgi «Saxovat» maxallasi va atrofdagi boshka maxallalar  xududi Damarik mavzesidagi «1- Damarik daxasi» daxasi va maxallasi deb atalgan. U davrlarda  bu maxallada 60- 70 xonadon yashagan, bu joylarda shu yerlik  axolilarning katta –katta boglari,  gektarlab poliz maydonlari bulgan.

Ulug vatan urushi yillarida ilk kolxozlar, Damarik-1 da xam  kolxozlar tuzilgan va shu kolxozlarda bir kator  maxalladoshlarimiz ishlaganlar. Ilk kolxoz tashkil topgan davrda 1-brigadir,1- rais Ne'mat bobo bulganlar. Ulug vatan urushi yillarida kolxozning nomi «Moskva» kolxozi bulgan, keyinchalik  bu kolxoz «Dustlik» kolxozi deb nomi uzgartirilgan. Bu kiyinchilik yillarida xam maxallamiz xalki jon olib, jon berib ishlaganlar.

Ulug vatan  urushiga ketib bedarak  va dom-daraksiz ketganlar orasida maxalladoshlarimizdan Muxtor bobo, Nurmat bobolar, Tavi aka va Kodir  akalar urushga ketib xalok bulib kaytmaganlar. Shu jumladan  Nosir  aka urushga ketib bir oyoklaridan ajralib kelganlar va kator yillar ushbu kolxozda ishlab utganlar. Kushmamat bobo xam urushga katnashib tanasida uk parchalari tegib yarador bulib kaytganlar. Xotirlasak juda kup zaxmatkash  insonlar  utganlar, ularning oxiratlari  obod  bulsin, ularni maxallamiz  xalki,  xozirgi yosh  avlod  xech  kachon  unutmaydi.

Usha yillari Djabbrov Xojimamat bobo-(1917 yilda tugilganlar) u kishi xattoki Fin urushlariga borib ( 1938 yil ) kaytib kelib  1941 yil ikkinchi jaxon  Ulug vatan urushiga kungillilardan bulib mardlarcha ketganlar, u yerdan 1945 yil sog-salomat  Galabani nishonlab kaytganlar. Kelganlaridan boshlab ish faoliyatnini dastlab  konserva zavodida 45 yil ishlab boshlaganlar, oxirgi vaktlar  Samarkand chinni zavodida, Choy kadoklash  fabrikasida  ishlab  nafakaga chikganlar. 2013 yil mart oyida 100 yoshga kirib vafot etganlar.

«Damarik 1» maxallasining ilk oksokoli Axmedov Axmat bobo bulganlar, u kishi xayotlari davomida maxallamiz uchun juda katta ibratli, savobli ishlarni amalga oshirganlar. Dastlab u kishi urushdan  kaytib Shoyi tukish fabrikasida ish faoliyatini xisobchilik lavozimidan boshlaganlar. «Damarik 1» maxallasiga maxallaning jonkuyar fidoyi insonlaridan bulganlar.

 Mustakillikdan keyin 1993 yili «Damarik 1» maxallasining nomi «Navruz-93»  deb uzgartirilgan, chunki  «Navruz» umumxalk an'anaviy bayramga  asoslangan. Shu yillardan  boshlab «Navruz-93» maxallasiga bosh oksokol bulib Ibragimov Baxrom Asadovich saylanganlar. Bu kishining davrida xam  maxallamiz yanada gullab  yashnagan. Maxallamizga tamal toshini kuygan insonlardan Axmedov Axmad bobo, Gulomov Jura Bobo, Javod bobo, Gulom bobolar va xokazolar xisoblanadilar.

Ibragimov Baxrom Asadovich kator yillar maktabda pedagok-novator ukituvchi bulib ishlaganlar, u kishi maxalla oksokoli bulib 20 yil bir joyda bir lavozimda ishlab kelganlar, usha vaktlari maxalla axoli soni 1250 kishidan iborat bulgan, keyinchalik  yildan yilga axolining usish surati  kupayib  borgan. Maxallamiz axil inok kup millatli internatsional  xalklardan  iboratdir. Unda  uzbek, tojik,  kozok,  eronli,  koreys,  arman,  tatar va  rus millatlari  yashab kelmokdalar.  Usha vaktda maxallamizda juda katta uzgarishlar, shu jumladan 3 ta savdo dukoni, 2 ta sartaroshxona 1 ta ayollar uchun tikuvchi xonalari barpo  etildi.

Maxalallamizda yashab ijod kilayotgan  mashxur shoira Xosiyat Bobomurodova, Samarkand Kishlok xujalik  instituti katta dotsenti Mamadiyarova  Xolida, Samarkand  Davlat  Universiteti  katta  ukituvchisi Kozimov Javodbek, Samarkand Kishlok  Xujalik instituti katta ukituvchisi Tagayeva Zulfiya, Uzbek sugurta Invest kompaniyasi bosh direktori  Oripov Ulugbek  Sur'atovich, Samarkand Milliy bankida valyuta  ayirboshlash  bulimi  boshligi Oripova Xulkar va xokazolar shular jumlasidandir.

2011 yildan boshlab «Navruz-93» maxallasi «Saxovat» maxallasi deb nomi uzgartirilgan.  2016- 2019 yilgacha  ushbu maxallada maxalla oksoli bulib Sodikov Uktam  Ismoilovich ishladi. 2019 yildan xozirgi vaktga kadar maxallamiz raisi bulib ishlab faoliyat yuritib kelayotgan  Mamatkulov. Muxammad Ali Farxodovich xam juda kuplab ibratli savob ishlarni amalga oshirmokda.  Maxallamizda jinoyatchilik va uni  barvakt oldini olish chora tadbirlari borasida, xotin-kizlar masalalari buyicha  komissiyalar faoliyatida,xususan oilaviy ajrimlar borasida sezilarli  uzgarishlar  bulmokda. Bu mas'uliyatli  ishlarni ado etishda bizga yakindan yordam berayotgan  maxallamiz faollari  jumladan, Ibragimov Xamrokul aka, Xamrayeva Ra'no  opa, Axrorova  Muxiba opa, Oripova Xayriniso opa, keksa piru badavlat  otaxon-onaxonlarimizdan Yadgarov Odil bobo, Guseynova Asiya opalar, ota-onalar Universitetlarimiz,  maktab  ukituvchilari xam uzlarining munosib  xissalarini  kushib  kelmokdalar