Samarqand shahri Sadaf MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Farxod ko‘chasi 3-uy
Telefon raqami: 66 234-34-00
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1505
Ayollar soni: 781 (51,89%)
Erkaklar soni: 707 (46,98%)
Xonadon soni: 647
Oila soni: 680
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek720 (47,84%)
tojik351 (23,32%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus115 (7,64%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar10 (0,66%)
koreys18 (1,20%)
eroniy95 (6,31%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa187 (12,43%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Sadaf” mahalla fuqarolar yig‘ini

 

MFY nomi: “Sadaf” mahalla fuqarolar yig‘ini.

Aholisi: 1505 nafar.

Milliy tarkibi: tatar, armani, o‘zbek, tojik, rus, eroni, turklardan iborat.

Tashkil topgan yili: 1995 yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi: “Sadaf” so‘zini ma'nosi tozalik poklik ramzidir. “Sadaf” mahallasi markazi Temir yo‘l mavzesidagi Farxod ko‘chasida joylashgan, mahalla hududiga kiradi. Mahalladagi kam ta'minlangan ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz nafaqadagilar va yetim qolganlarga xayriya sifatida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar o‘rtasida  ishni tashkil etishda ham yaxshi tajriba to‘plangan. Oqsoqollar kengashi namunali faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning a'zolari tuman aholisining hayoti va faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etishda faol yordam berayotir.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: mahallada 5 ko‘cha mavjud bo‘lib, 28 ta ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan.

Chegaradoshligi: Bog‘ishamol, Nafosat mahalla fuqarolar yig‘ini bilan chegaradosh.

Mahalla ziyolilari va faollari: Mahallada jami 1505 nafar kishi istiqomat qiladi. Ular orasida 1941-1945-yillar urush qatnashchilaridan O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik akademiyasining prezidenti M.D.Zokirov Samarqand qishloq xo‘jalik instituti dotsentlari X.Yorboboyev, B.Xolmirzayev. Samarqand 1-tibbiyot kollejida 20 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan G.Aberkulov, MCHS xodimi Akbar Isayev, sport ustasi N.Kochetkova ham shu mahallada istiqomat qiladi.   “Sadaf” MFY hududida Farxod ko‘chasi 34 uy 15 xonadonda Komilov Suxrob Muminovich                          13.02.1962 yilda tug‘ilgan. Namunali oila. Komilov Suxrob Muminovich oliy ma'lumotli sport ustasi besh nafar farzandning otasi. “Eng yaxshi faxriy sportchisi” unvoni bilan taqdirlangan.                                                           

“Inson qadrini ulug‘lash va  faol mahalla yili”da dastur ishlab chiqildi va shu asosda tadbirlar amalga oshirildi. Pandemiya davrida kam ta'minlangan oilalarga davlat tomonidan, mahalla tomonidan, mahalladagi homiylar tomonidan 70 nafardan ortiq oilalarga oziq-ovqat va moddiy yordamlar yetkazildi. COVID-19 da kasallarga dori-darmonlar homiylar tomonidan olib berildi.

Ijtimoiy soha obyektlari: Gagarin ko‘chasi 56 uyda 26 xonadon xususiy  teri-tanosil  kasalliklari dispanseri filiali. Gagarin ko‘chasi 60 uy 70 xonadonda quloq eshitish apparatlari bo‘linmasi ochilgan. Notarial idorasi xizmat ko‘rsatyapti.