Samarqand shahri Nodirabegim MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: 74 uy 2 yo‘lak
Telefon raqami: 66- 222-28-33
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2183
Ayollar soni: 1195 (54,74%)
Erkaklar soni: 988 (45,26%)
Xonadon soni: 600
Oila soni: 734
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2011 (92,12%)
tojik61 (2,79%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,09%)
rus12 (0,55%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,09%)
tatar2 (0,09%)
koreys0 (0,00%)
eroniy89 (4,08%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,18%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘ini tarixi.

 

 MFY nomi: Samarqand shaxar “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘ini. 

    Aholisi: 2183 nafar.

    Milliy tarkibi: Mahallamizda  o‘zbek, tojik, rus, tatar, arman, eroni, qozoq, gruzin, turk, koreys va boshqa millatli fuqarolardan iborat.  

    Tashkil topgan yili: 1994 yilda tashkil topgan. 

    Mahalla nomining tavsifi va tarixi: Mahallamiz ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan bo‘lib, 1979-1980 yillardan qurilish ishlari boshlanib 1982 -1990 yillar oralig‘ida qurib bitkazilgan. Mahalla tashkil topish paytida fuqarolar tomonidan “Nodirabegim” shoira nomi bilan atalishini xoxlashgan.

    Nodira (1792-1842) – XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o‘zbek shoirasi. Uning asl ismi “Mohlaroyim bo‘lib, Nodira –adabiy taxallusi. Nodiraning ota-onasi buyuk Soxibqiron Amir Temur xonadoniga mansub bo‘lgan.

Shoira yashagan zamonda Qo‘qon adabiy muhiti gullab-yashnagan bo‘lgan. Umarxon uning umr yo‘ldoshi,mamlakat raxbarigina emas,ustoz shoir xam bo‘lganlar. U kishi Amiriy taxallusi bilan she'rlar ijod qilar va shoir sifatida mashhur bo‘lganlar.                                                                                                                               

     Mahallamiz 9 ta ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan. Ulardan 1 ta 5- qavatli va 8 ta 9- qavatli uylardan iborat bo‘lib, ko‘chalarimiz “Sug‘diyona maskani” deb nomlanadi.

    2022 yil 31-martda “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘ini markazi ochildi.

Maxalla ziyolilari va faollari : O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasining a'zosi faxriy jurnalist Abdusodiq Murtazayev(09.1939 y.t.) “Sodiq Sofdil” taxallusi bilan ijod qilgan “Baxt” (2017y), “Ishq xosiyati”(2018y), “Men ko‘rgan dunyo” (2018y) nomli she'riy kitoblari chop etilgan 07.11.2020 yilda vafot etgan.

    Otaqulov Ostonaqul – Xalq ta'lim a'lochisi, OBLONO mudiri, Daxbed mexanizatsiyalashgan texnikum direktori lavozimlarida ishlagan, nafaqaga chiqganida “Nodirabegim” mahalla raisi bo‘lgan 2006 yilda vafot etgan.

    Xamroyev Asror bobo 02.12.1931y.t. Mahallamizda  73-74-75 ko‘p qavatli uylar old tomonidagi bog‘ni yaratgan obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan mahallamiz faoli bo‘lganlar. 2004 yilda vafot etgan.

    Hozirgi paytda Navoiyshunos olim,filologiya fanlar nomzodi, Dotsent,O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasining a'zosi,O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'lim a'lochisi, Turon fanlar Akademiyasining akademiki, mehnat faxriysi 1946 y.t. Xidirnazarov Salimjon 13.05.1946 y.t. yashaydilar. Akademik S.Xidirnazarovning “ Abadiyat”(2002 y), “ Yozdax Imon maqbarasi” 2021 yillarda kitoblari o‘zbek,rus va ingliz tillarida chop etilgan va uchinchi kitob to‘plami nashrda.

   Bashmanov Abduraxmon 18.04.1950 y.t.-jurnalist nuroniylar uyushmasi a'zosi.

  Tugalov Toshpulot Yuldashevich 10.07.1964 y.t.-shoir va jurnalist Samarqand viloyat yozuvchilar uyushmasi raxbari yashab ijod qilib kelmoqdalar.

    Yuldasheva Dilorom Yuldashevna 07.09.1951 y.t. Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti dotsenti , O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15-20-25 yillardagi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida 30yil xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va 10 yil xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. OMBUSMAN Universiteti “ Inson huquqlaribo‘yicha vakili, Respublika, viloyat va shahar markaziy qo‘mitasining faol a'zosi bo‘lgan.

  Ilmiy faoliyati: 45 ta o‘quv qo‘llanma darslik chop etgan. 2ta- monografiya, 2020 yilda – “Falsafaning dolzarb muammolari” , 2022 yilda yangi o‘quv qo‘llanma o‘zbek,rus, ingliz tillarda “FALSAFA”O‘zbekiston Mustaqil- ligining 31 yilligiga bag‘ishlangan.

    Qurbonova Sharofat XXX-20.07.1950 y.t.Viloyat soveti va Shahar soveti deputati, mexnat faxriysi va shon-shuxrat medallari bilan taqdirlangan. Shoyi to‘qish fabrikasida sex boshlig‘i lavozimida ishlagan.

   Ismatov Salimdjan Saliyevich-28.03.1953y.t. Mexnat faxriysi medali, O‘zbekiston mustaqilligining 15-20 yilligi ko‘krak nishoni olgan. OBLISPOLKOM va viloyat xokimligida maxsus haydovchi bo‘lib ishlagan. Mahallada 2008-2016 yillarda shirkat raisi bo‘lgan.

  Ismatova Albina Anatolyevna 27.06.1956 y.t. – O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 133 litr qon topshirgan donor.

  Chegaradoshligi: “Sug‘diyona”, “Mash'al”, “ Tojmahal”, “Al-Buxoriy” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

  Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallamiz 9 ta ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan. Ulardan 69 ko‘p qavatli uy 5- qavatli va 70-73-74-75-76-77-78-79 ko‘p qavatli uylar 9- qavatli uylardan iborat bo‘lib, ko‘chalarimiz “Sug‘diyona maskani” deb nomlanadi.

  Ijtimoiy soxa obyektlari: maxallamiz drayveri mayishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida 4 savdo dukoni, 2ta go‘zallik salonlari va 2 ta qandolatchilik sexlari,2 ta o‘quv markazi, 2 ta xususiy klinikasi, 1 ta hunarmandchilik sexi,  1 ta umumta'lim maktabi , 1 ta IDUM , 1 ta avtomaktabi,2 ta fitnes klubi,2ta tikuv sexi hamda 10 dan ortik boshqa  xizmat ko‘rsatish soxalari mavjud.