Samarqand shahri Nafosat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: M.Ulugbek ko‘chasi 132 uy 16 xonadon
Telefon raqami: 66-234-36-69
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1413
Ayollar soni: 862 (61,00%)
Erkaklar soni: 551 (39,00%)
Xonadon soni: 728
Oila soni: 678
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1275 (90,23%)
tojik32 (2,26%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq4 (0,28%)
rus4 (0,28%)
qirg‘iz2 (0,14%)
turkman5 (0,35%)
tatar12 (0,85%)
koreys2 (0,14%)
eroniy75 (5,31%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,14%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Nafosat” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

MFY nomi:  “Nafosat” maxalla fuqarolar yig‘ini

Axolisi :1500 nafar

Milliy tarkibi:Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus, turk, tatar, arman,eronli va  boshqa millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil:1994 yilda tashkil topgan.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi:“NAFOSAT”-so‘zi go‘zallik turi. Narsa va hodisalarning tashqiy ko‘rinishi, shakli, rangidagi alohida mukammallikni, mutanosiblikni ifodalaydi. Kishilarning nutqi, aqli, kiyinishiga nisbatan NAFOSAT tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanligidan darak beradi.

NAFOSAT  badiiy adabiyotda voqeylikdagi tabiatan nafis narsa va hodisalarning in'ikosi sifatida ifodanlansa, san'atda, nimani aks ettirishidan qat'iy nazar, aks ettirish uslubining nihoyatda nozik ifodaligida, ijro usulining alohida nafisligida yuzaga chiqadi. Haqiqiy NAFOSATni soxta, yasama nafislikdan ajrata bilish lozim.

Yuksak insoniy fazilatlarni, xalqchil g‘oya, ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan va tabiat go‘zalligini aks etgan NAFOSAT gina  xaqiqiy hisoblanadi.

Hozirgi Nafosat mahallasi 1994 yilda“Shuhrat” MFY nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, markazi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 132 uyning 2 qavatidagi 16-xonada joylashgan. Mahalla hududi Mirzo Ulug‘bek va Nodirabegim ko‘chalaridan iborat. 2017 yilda mahalla nomi o‘zgartirilib Nafosat nomi berildi.

NAFOSAT mahallasi shahrimizning markaziy ko‘chalarining birida  joylashgan  bo‘lib, uning xududida 4-sonli Oilaviy poliklinika, Yurak xastaligi shifoxonasi, 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabi, “Zafar” choyxonasi, “Sharq” klubi, Pochta, Uz.elekom tashkiloti, Viloyat tibbiyot boshqarmasi, Xalq banki filiali, Stomatologiya bo‘limi xalq uchun hizmat qilib kelmoqda.

NAFOSAT mahallasi “Qarshi yo‘li”, “Bog‘isaroy”,  “Bog‘ishamol”, “Sadaf” mahallalari bilan chegaradosh.

Maxalla ziyolilari va faollari : Nafosat mahallasida yashab kelayotgan mexnat faxrriylari Xodjayeva Mukarram ko‘p yillar Samarqand ped.instituda katta o‘qituvchi b-b ishlab kelganlar, mehnat faxriysi. Usmonqulov Obloqul O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist ordeni sohibi, El yurt xizmati ordeni sohibi, mehnat faxriysi. Qamarov Shahobiddin  Viloyat ta'minot assotsiatsiyasida faoliyat ko‘rsatgan, mehnat faxriysi. Suvonov Bahodir Bojxona boshqarmasi polkovniki, mehnat faxriysi. Murodullayev Rashid Ichki ishlar tizimi polkovniki, mehnat faxriysi. Hoji Burhonov Sulton, mahalla raisi ko‘p yillar mahalla raisi bo‘lib ishlaganlar, mehnat faxriysi. Narimov Madrahim qishloq xo‘jalik sohasida, mehnat faxriysi. Karimov Lutfillo Savdo sohasida mehnat faxriysi.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : Maxallada 2 ta , Mirzo Ulug‘bek va Nodirabegim ko‘chalari  mavjud bo‘lib, maxallamiz 22 ta ko‘p qavatlik uylar, 730 ta xonadon, 680 oiladan tashkil topgan.

Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri savdo va mayishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida 100 ta atrofida savdo dukonlari  faoliyat olib borilmoqda.