Samarqand shahri Marxabo MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Buyuk Ipak Ykli 46A
Telefon raqami: 66 222-51-85
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3189
Ayollar soni: 1765 (55,35%)
Erkaklar soni: 1424 (44,65%)
Xonadon soni: 1112
Oila soni: 1137
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3048 (95,58%)
tojik32 (1,00%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq4 (0,13%)
rus4 (0,13%)
qirg‘iz2 (0,06%)
turkman5 (0,16%)
tatar12 (0,38%)
koreys2 (0,06%)
eroniy75 (2,35%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,16%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Marxabo” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

 

       MFY nomi :  “Marxabo” maxalla fuqarolar yig‘ini

   1. Mahalla   1993-yilda   tashkil  topgan.   2.Mahalla joylashgan manzil Buyuk Ipak yo‘li  ko‘chasi 46-A uy    3.Mahalla umumiy yer maydoni 9,0 ga   4.Mahalla  22-ta ko‘p qavatli uy mavjud.   5.Jami aholi soni- 4113 ta.   6.Mahallada  jami xonadonlar soni-1113 ta.   7.Maxallada jami oilalar soni -1138-ta.

 

Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik, rus, turk, tatar, arman, qoraqalpoq, koreys, qazoq, yaxudiy, eron, azarbayjon,  va boshqa millatlardan iborat.

Turmushimizni mahallasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz ana shu kindik qonimiz to‘kilgan go‘shada Alloh bergan umrimizni yashab o‘tamiz. Mahalla ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan ma'naviy-madaniy qadriyatlarimiz beshigidir. Vatan-mahalladan, biz tug‘ilib o‘sgan ana shu muqaddas xonadon ostonasidan boshlanadi. Yaxshi yomon kunlarda insonga mahalladoshlar yelkadosh bo‘ladi, yolgizlatib ko‘ymaydi. Tarixini bilmagan millat oydin kelajagini belgilay olmaydi. Xar bir mahallaning tarixning teran ildizlariga borib takalgan o‘z o‘tmishi, an'ana va qadriyatlari borki, bu bir butun yaxlitlikda olinganda Vatanimiz tarixini tashkil qiladi.

Marxabo suzi arabcha so‘zidan kelib chiqqan  “Marxabo” degan so‘zining ma'nosi Marxamat. Xush kelibsiz  degan ma'nolarni avnglatadi.Samarqand shahridagi “Marxabo” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurila boshlangan paytdan boshlab 1970 yilgacha anchagina uylar qurilib bitkazilganligi  va Samarqand  shahrining anchagina aholisi ushbu joyga ko‘chib kelganligi  sababli  “Marxabo”  mahallasi  paydo  bo‘lgan  mahallada 13-ta  ko‘p  qavatli  uylar 2017  yil  fevral  oyigacha  qurilgan. 2017  yil  fevral oyiga Samarqand  shahar  xalq  deputatlari  tomonidan  qabul  qilingan  qaroriga asosan  mahallada  9 –ta  ko‘p qavatli  uylar  qo‘shildi.  

              

Mahalla raxbariyati va uning faollari tomonidan ushbu davr ichida mahalla xududini  obodonlashtirish  aholi  extiyojlari  uchun  zarur  bo‘lgan  inshootlar va binolar qurilgan. Jumladan 2016 yilda mahalla xududida “Ideal”, oziq – ovqatlardan   iborat  savdo  rastasi  ishga tushirilgan.  Usha paytlarda mazkur maxalla xududida 21 - ta kup kavatli uylardagi xonadonlar, 72-son bolalar bogchasi , joylashgan  edi. Yillar utib  “Shams ” mini - marketlari, yana  bir kator tadbirkorlarning inshootlari mavjud bulib xalk xizmatini kilib kelmokda.Bundan tashkari maxalla xududida  zamonaviy loyxa asosida uy-joylar kurilishi arafasida. Tadbirkor  Boturov  Ismatillo  tomonidan  yangi maxalla idorasi  kurildi, maxalla fukarolar yigini xodimlari uchun aloxida xonalar,tadbir xamda majlislar utkaziladigan zal.Maxalla axlining boshini biriktirish esa maxalla fukarolar yiginlari zimmasiga ulkan mas'uliyatni yuklaydi. Turli xil jamoatchilik, ommaviy va maishiy tadbirlar mana shu muxim vazifalarni bajarish omillaridan xisoblanadi. Maxallamizda ushbu yunalishlarda bir kator ishlar amalga oshirilib kelinmokda. Bugungi kunda maxallada ma'naviy targibot, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, xotin-kizlar bilan ishlash, yarashtirish, nuroniylar kengashi  jamoatchilik  asosida  faoliyat  kursatib  kelayapti. Maxalla obodligi va kurkamligi bu maskanda obru-e'tiborli kishilarning davlatimiz siyosatini chukur anglayotgani, obodonchilik ishlariga kushayotgan sa'y-xarakati,ezgu ishlari tufayli bir chamanu gulistonga aylanib borayotir.

 Maxalla ziyolilari va faollari:  Ishankulova Zamira Radjabovna, Alimova Martaba Fazliyevna, Abduraxmonov Muxammad Vaxobovich, Nishonov Abduqodir Babakambarovich,  Xaydarova  Zevar. Pak Lida. Xodjiyev  Xasan, Narziyeva Dilarom, Ismailov Zafar Fayzullayevich, shuxrat medali soxibi Bazarova Dilarom, Aripova Munira Shermatovna, dotsent SAMKXI Mamatqulov Shavkat, SAMDU dotsent Djumaboyev Toshpulot, Ma'daniyat uyi boshligi, mehnat faxriysi Alibekova Zuriyat Abdukarimovna, Samarqand viloyat nazorat taftish boshqarmasi bulimi boshlig‘i Djumayev Ochilboy, “Zulfiya” mukofati soxibalari Ashurova Zulxumor Shodiyevna, Suyarova Kamila Sobirovnalar  uz  mexnati bilan faxr  etsa  arziydi. Marxabo  maxallasida  xam  juda  ko‘p  ma'rifat parvarlar, oqilu  dono, qo‘li gul xunarmandlar, ahli  fuqaroni axillikka, bunyodkorlikka undagan komil insonlar o‘tgan. Ularning  ishlarini bugungi kunda avlodlari sharaf bilan davom ettirishayapti.  Biz mahalla  o‘tmishi  va  bugunini qalamga olish jarayonida ana shu qadriyatli jixatlarini baxolu kudrat yoritishga xarakat kildik.   Inson uz tarixidan uzilib  yashay  olmaydi. mahallada tug‘ilib voyaga yetayotgan yosh avlodga uzligini anglashda, kelajagini qurishda ozmi-kupmi ma'lumot bersa, mahallaga uzoq-yakindan tashrif buyuruvchi mexmonlarga o‘tmishi va kelajagi xaqida tasavvur bersa biz o‘z oldimizga qo‘ygan vazifani qisman ado etgan hisoblaymiz.