Samarqand shahri Zargartepo MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sattepo maskani 75-uy
Telefon raqami: 66 221-64-92
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2275
Ayollar soni: 1171 (51,47%)
Erkaklar soni: 1104 (48,53%)
Xonadon soni: 620
Oila soni: 725
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1963 (86,29%)
tojik231 (10,15%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,09%)
rus12 (0,53%)
qirg‘iz4 (0,18%)
turkman1 (0,04%)
tatar12 (0,53%)
koreys3 (0,13%)
eroniy45 (1,98%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

Tashkil topgan yili: 1992 yilda mahalla aholisi hashar yo‘li bilan qurligan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi: Mahalla xududi Samarqand tamaniga qarashli sobiq Moskva jamoa xo‘jaligi tarkibida bo‘lgan Zargartepo deb atalishi xaqida bir necha rivoyatlar bor. Ba'zi bir rivoyatlarning aytishicha bu xududda qadim zamonda insonlar yashagan manzilgohlar topilganligi ular xayotida zargarlik asosiy faoliyati xisoblanganligi ta'kidlanadi. Shu sababdan xam Zargartepo deb aytilganligiga ishora qilindi. Boshqa bir rivoyatga binoan Sattepo yoki Zartepo so‘zlari o‘zgarishi natijasida Sattepo fors-tojik tilida 100 tepo deyilsa, Zartepo bu yerda tepaliklarda zar, yani oltin yoki tillotepa deyilganligi ta'kidlanadi.

 

Zargartepo mahalla fuqarolar yig‘ini mustaqillik yillarida ya'ni, 1992-yilda tashkil topgan. Shu mahalla fuqarosi Abdugafforov Ibroxim aka mahalla tashkil topganda aloxida faollik va jonbozlik ko‘rsatib uning tashkilotchisi va birinchi raxbariga aylandi. U kishi bu lavozimda to umrining oxirigacha ishlab, mahalla axolisi o‘rtasida yuksak obro‘ va xurmat qozonadi. Mahalla tashkil topganida Afg‘on urushi qatnashuvchisi baynalminal jangchi Xamidov Islom aka xam aloxida fidoyilik ko‘rsatdi. Zargartepo mahalla katta maxalla bo‘lgan. Keyinchalik uning tarkibidan xozirgi Botir Zokirov mahallasi ajralib chiqqan. Mahalla tashkil topishida yuqori tashkilot va xokimlik vakillari xam aloxida faollik ko‘rsatgan. Samarqand shahar kichik Bog‘ishamol tumani hokimi keyinchalik Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari vazifasida ishlagan marxum Tuxtamurodov Abdullo Bozorovich shunday insonlardan biri edi. Zargartepo mahalla markazini obodonlashtirish, uni qayta qurishda bir necha muddat oqsoqollik lavozimida ishlagan Ismatov Xikmatillo Tillayevichning alohida xizmatlari va jonkuyarligini ta'kidlab o‘tmasdan ilojimiz yo‘q.

Mahalla ziyolilari va faollari: Bakayeva Natalya Samarqand shahar prokror kotibi va Yakubov Raxmon Bektemirovich SamRost Rossiya O‘zbekiston qo‘shma korxonasida bosh direktor o‘rinbosari.

Chegaradoshligi: Botir Zokirov, Quyi Xo‘ja soat, Sa'diy Sheroziy, Xuja Soat mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 16 ta ko‘p qavatli uylar mavjud.

Ijtimoiy soha obektlari: Mahalla hududida 2 ta savdo do‘koni mavjud.

MFY raislari:1992-1998-yilgacha Abdug‘afforov Ibrohim, 1998-2000 Quljonov .A, 2000-2002 yilgacha Xoliqov Baxtiyor, 2002-2011 yilgacha Ismatov Xikmat, 2012-2014 yilgacha Mirzayev Safar, 2014-2016 yilgacha Muminov Yodgor, 2016 yildan buyon Muxammadiyeva Mavluda Mingeshevna MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.