Samarqand shahri Kattaqo‘rg‘on MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Intizor ko‘chasi 17-uy
Telefon raqami: 991155708
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2156
Ayollar soni: 1232 (57,14%)
Erkaklar soni: 924 (42,86%)
Xonadon soni: 512
Oila soni: 525
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1751 (81,22%)
tojik21 (0,97%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,09%)
rus12 (0,56%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,09%)
tatar2 (0,09%)
koreys0 (0,00%)
eroniy365 (16,93%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,05%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Katta-Qo‘rg‘on” mahalla

fuqarolar yig‘ini tarixi

 

 

«KATTA QO‘RG‘ON» MAHALLASI (Intizor ko‘chasi, 17-uy; telefon: +998 66 237-40-78; + 998 97 911-50-44)

Aholisi: 2156 nafar

«Panjob», Ali Zoda, Kamoliddin Begzod, Amir Temur,  va «Mexriobod» mahallalari bilan chegaradosh.

“Katta-Qo‘rg‘on” mahallasi 1926-1930 yillarda tashkil topgan. Usha vaqtdagi “Shoyiboflar” mahallasi va “Katta-Qo‘rg‘on” mahallasi birgalikda katta bir mahalla bo‘lgan.

MFY raisi: Yaxyaev Farxod Radjabovich   (97) 911-50-44,

 

Maxalla nomining tavsifi va tarixi:

 Mahalladagi aholi asosan dexqonchilik bilan shug‘ullangan, keyinchalik ulug‘ vatan urushi boshlarida. Rossiyadan ko‘chirib kelingan “Krasniy dvigatel” (Dexqon) zavodi bu mahalla turmush tarziga katta ta'sir etgan, hamda Shoyi to‘qish fabrikasining qo‘rilishi, aholining sanoat va to‘qimachilik soxasiga kirib borishiga sabab bo‘lgan.

         Mahallaning “Katta-Qo‘rg‘on” deb nomlanishiga 2 xil yo‘nalishda ta'riflanadi.  1-si Samarqandlik “eroniylar” madaniy markazi “Panjob” daxasida bo‘lgan, shu panjob atrofida yashovchi Beklarning katta qo‘rg‘oni bo‘lib shu qo‘rg‘onda masjid va qabristoni xam bo‘lgan. Qabriston atrofi Xoji Eminbek so‘lolasidan bo‘lgan. Xoji Azimbekning bog‘lari bo‘lgan. Shu eronlilar katta qo‘rg‘oni nomidan mahallaning ham nomi “Katta-Qo‘rg‘on” bo‘lgan degan ta'rif bor. 2-si sobiq sho‘ro davrida shu katta qo‘rg‘on atrofida bo‘lgan barcha qishloqlarni birlashtirib “Kattaqo‘rg‘onariq” qishloq soveti tashkil bo‘lgan, xozirga qadar bu qishloq soveti faoliyat ko‘rsatmoqda va xozirda u Samarqand tumani, “Do‘stlik” jamoa xo‘jaligi boshqaruv markazida joylashgan va mahallaning “Katta-Qo‘rg‘on” deb nomlanishiga sabab bo‘lgan degan ta'rif xam bor.

MFY  raislari: “Katta-Qo‘rg‘on” mahallasini 1930 yillarda Latipov Sharif oqsoqol boshqargan. U kishining vafotidan keyin farzandlari Latipov Latif ellikboshi oqsoqol bo‘lgan va 1938 yilda vafot etgunga qadar boshqargan. 1938 yildan og‘ir urush yillari davrida va urushdan keyingi tiklanish  davrida mahallani Abbosov Xudoybaxsh aka boshqarganlar.  U kishi dan keyin 1950 yillarga kelib Zaripov Musin aka mahallaga raislik qilganlar. 1959 yildan esa Musinov Ali aka mahallaga oqsoqollik qilganlar. 1965 yildan 1970 yillargacha  mahallani oqsoqoli Jafarov G‘ulommirzo bo‘lganlar. 1972-1975 yillarga kelib Nosirov G‘ulommad mahalla raisi bo‘lganlar. Shu kishi boshchiligida xashar yo‘li bilan “Katta-Qo‘rg‘on” mahallasining binosi Garm ko‘chasida bo‘lgan, eski yotoqxonasi urniga qurilgan va u kishining vafotidan keyin, 1985  yillardan mahallaga Nosirov G‘affor aka oqsoqollik qilganlar. Bu kishi davrida ko‘p obodonchilik ishlari amalga oshirilgan. “Shoyiboflar” mahallasi ajralib aloxida mahalla bo‘lgan va “Katta-Qo‘rg‘on” mahallasiga Sh.Samatov, Qobilova, A.Temur ko‘chalari qarashli bo‘lgan 1-yo‘nichqa ariq mahallasi qushib birlashtirilgan. 1-yo‘nichqa ariq mahallasini ko‘p yillar davomida  Ibodov Ali aka oqsol bo‘lib boshqargan. U kishining vafotidan keyin Xusainov Mirzoali aka bu kishining vafotidan keyin Xusainov Raim raislik qilgan. Nosirov G‘affor aka ikki mahallani birlashtirib obodonlashtirishda ko‘p xissa qushganlar. 1999 yil Nosirov G‘affor aka  vafot etganlardan so‘ng mahallaga Bagirov Nemat mahallaga rais etib saylanib  2008 yilgacha oqsoqollik qilgan. 2008 yil dekabrdan Xonkeldiyeva Feruza saylangan. 2010 yildan  Yaxyaev Radjab, 2011 yil iyundan Musinov Nimatullo, 2012 yil yanvardan Ibragimov Aminjon, 2014 yildan Raximova Roziya,  2016 yil maydan Xashimov Olim va 2018 yildan Yaxyaev Farxod raislik qilmoqda.

         Xozirgi vaqtda mahallada 10 dan ortiq  millat (o‘zbek, eronli, tojik, tatar, rus, arman va boshqa)  vakillari inoq bo‘lib yashab kelmoqda. Mahallada  2156 nafar aholi yashaydi, 512 ta xonadon va 525 nafar oila tashkil etadi.

         Mahallaning xozirgi  aholisi turli kasb egalari bo‘lib  ko‘pchiligi asosan tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Mahalla xududidagi obyektlar xaqida ma'lumot

Xozirda mahallada  124-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi,  XTBga qarashli Erkin va Yunon rum kurashi maxsus sport maktabi faoliyat olib boradi, FXDYO bo‘limi,  pochta xizmati bo‘linmasi, “Xalq banki”, “Xamkor banki”, O‘zstandart agentligi, “Karimbek”, “Istiqlol”, “Uchrashuv”, “Xumo”, “Oltin Baliq”, “Samariand saroy” restoranlari va 10 ga yaqin xususiy tadbirkorlik subyektlari elga xizmat ko‘rsatadi. Mahallada O‘zbekiston-Eron do‘stligi jamiyatining  madaniy markazi-Panjob madrasasi, Panjob jome' masjidi va Panjob qabristoni joylashgan.

Mahallamizda joylashgan “Panjob” masjidi va madrasasi XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida shu hududda yashagan etnik guruh – eroniylarning ajdodlari tomonidan qurilgan.

 

 

Mahallaning markazi Intizor  (oldingi Garm) ko‘chasida joylashgan. Mahalla markazida katta ma'naviyat va ma'rifat xonasi,  10 metrli oynavandli ayvon, ayvon,  2ta boshqaruv xonasi bor, 2008 yildan keyin  F.Xonkeldiyeva va  A.Ibragimovlar faoliyati vaqtida qushimcha   qurilishlar va uzgarishlar amalga oshirilib mahalla binosi yanada obodonlashtirildi.