Samarqand shahri Ilmobod MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Xamro 5-tor ko‘chasi 20 a-uy
Telefon raqami: 991155703
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3313
Ayollar soni: 1780 (53,73%)
Erkaklar soni: 1533 (46,27%)
Xonadon soni: 551
Oila soni: 834
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3125 (94,33%)
tojik65 (1,96%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus2 (0,06%)
qirg‘iz1 (0,03%)
turkman1 (0,03%)
tatar0 (0,00%)
koreys2 (0,06%)
eroniy112 (3,38%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,15%)
 
MFY qisqacha tarixi

Yozish boshlangan joy Samarqand shahar “Ilmobod”MFY 2022 yil 01-avgust.

“ILMOBOD” Mahallasi tarixi.

Mustaqillik - yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro uchun oliy ne'mat hisoblanadi. Uning qadriga yetish, o‘tmishdagi tariximizni bizdan keyingi avlodga ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab yetkazish, uni mustahkamlab borish, bugungi avlod vakillarining mas'uliyatli burchidir.

Samarqand shahar “ILMOBOD” (sobiq “DAMARIQ”-2) mahallasi tarixi, mehnatkash insonlarning hayot yo‘llari to‘g‘risida, ota-bobolarimizdan eshitganlarim va yoshi ulug‘ kishilar bilan bo‘lgan muloqotlar va shaxsan o‘zim ko‘rgan o‘sha muhit -XX asrning oxirgi choragi voqealari- to‘g‘risida bilganlarim haqida yozmoqchiman.

Muazzam Samarqand shahri atrofini yam-yashil bog‘lar, qishloqlar halqasi o‘rab turgan. Shunday mahallalardan biri “DAMARIQ” mahallasi hisoblangan. Yoshi ulug‘lar aytishlaricha, “Damariq” atamasi qachondan vujudga kelgani ma'lum emas, ehtimol ikki yoki uch asr vaqt o‘tgandir. Shu bois, yoshi ulug‘ bobolarimiz “Damariq” ilgari ham shunday nom bilan atalgan,-deb takidlaganlar.

“Damariq” degan atama, Panjob arig‘idan oqib kelayotgan suvning damlanishi tufayli o‘z oqimini susaytirib oqishi yoki sekin damlanib oqishidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Damariq mahallasi uch qishloqga bo‘lingan: Yuqori qishloq,O‘rta qishloq, Quyi qishloq. Har uchalasi ham “Damariq” atamasi bilan yuritilgan.

Birinchi va ikkinchi Damariq deb atalishining sababi mahalla o‘rtasidan o‘tgan Qarshi ko‘cha mahallani ikkiga bo‘lib turgan.

Mahallaning qaysi joyiga bormang, ariqlar yoqasida oq balxi yoki marvarid navli tut daraxtlari bo‘lib, tut pishig‘i paytida ajoyib manzara paydo bo‘lgan.

DAMARIQ, hozirgi “ILMOBOD” va “DAMARIQ MFY” mahallalari ikki soy o‘rtasida joylashgan bo‘lib, boshlanish qismi Panjob mahallasidagi Tosh hammomdan boshlanib, janubiy-g‘arbiy chegaralari Arabxona soyligi, Buxori qishloq (hozirgi DSK, Sug‘diyona Femili parki) va katta Spitamenshoh ko‘chasi, hozirgi Bog‘isaroy mahallasi bilan chegaradosh bo‘lgan.

O‘tmishda, inqilobdan oldin “Damariq”-2 mahallasi o‘z masjidiga ega bo‘lgan. Masjidda mahalla ahli besh vaqt namozni ado etganlar. Sho‘rolar hukumati kuchga kirib partiya ideologiyasi siyosati ustunlik qilgandan so‘ng dindorlarga qarshi kurash boshlanib, masjidlar yopildi, natijada masjidlar omborxonalarga aylantirildi.

Mustaqillik sharofati bilan 90-yillar boshida jome masjid sifatida rasman e'tirof etilib “Damariq jome masjidi”- deb nomlandi, va aholi tomonidan, hashar yo‘li bilan qayta ta'mirlanib barcha qulayliklar yaratildi. Hozirgi kunda masjid yanada kengaytirilib o‘z faoliyatini davom etdirib kelmoqda.

DAMARIQ, “A.S.PUSHKIN” nomidagi jamoa xo‘jaligi hududida joylashgan bo‘lib. 1948-1950 yillarda barcha aholi hashar yo‘li bilan “Pushkin” nomidagi kolxoz idorisi poydevori tashlandi. 1950 yil oxirlarida ikkinchi binoga, ya'ni tomosha zali va klub qurilishiga asos solindi.

1960 yillarda “PUSHKIN” kolxozi “Moskva” nomidagi jamoa xo‘jaligi bilan birlashtirildi. Ma'muriyat “Moskva” kolxozi idorasiga ko‘chirildi. “Pushkin” kolxozi ma'muriy binosi, Samarqand tuman 6-maktab hisobiga o‘tdi. 1980 yillarda 6-maktab yangi binoga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan o‘z faoliyatini tugatdi. Eski maktab o‘rniga yoshlar markazi, musiqa va san'at maktabi tashkil etildi. Keyinchalik maktab o‘rniga, tadbirkor tomonidan xususiy bolalar bog‘chasi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda bolalar bog‘chasi o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

55-yillar boshida mahallaning g‘arbiy-sharq tomonida zavod va fabrikalarining (Farfor zavodi, Xolodilnik zavodi, San.tex.montaj, Shina remont) qurilishi munosibati bilan u yerda istiqomat qilyotgan aholining katta qismi hozirgi yashab kelayotgan joylari-“Ilmobod” mahallasi hududiga ko‘chirildi.

70-yil o‘rtalarida mahallaning g‘arbiy tomonida katta maydonda “uy-joy kurish kombinati”(DSK) qurilishi boshlandi, qishloqning katta bir qismi boshqa hududlarga ko‘chirildi, 80-yilning oxirlarida qurilish kombinati (DSK) o‘z faoliyatini tugatdi. Hozirgi paytda uning o‘rnida DSK bozori va ko‘pgina katta-kichik korxonalar paydo bo‘ldi.

Hududning Buxori qishloq bilan chegaradosh bo‘lgan joyida (xozirgi Femili park o‘rnida) 1969 yillarda kolxozning vino ishlab chiqarish zavodiga asos solinib, 1980 yilda faoliyati to‘xtatildi, uning o‘rniga kolxoz piloramasi ishga tushirildi.

1941-1945 yillar Ulug‘ vatan urushi davrida qishloqning er-yigitlari nemis-fashistlariga qarshi jangga jo‘nab ketgandan so‘ng, maxallaning barcha muammolari ayollar zimmasiga qoldi. Qishloqda tug‘ilib o‘sgan Ubaytjonova Muazzam, Misqol xola Yoqubova kabi xalqparvar, mexnatkash, fidoyi ayollar front orqasida barcha yumushlarni bekamu ko‘st bajarganlar. Muazzam Ubaytjonova otga minib qishloq dalalarini kezib, qishloq axolisi xayotidan, muammolaridan xamma vaqt boxabar bo‘lgan. O‘sha davrda “Xamma narsa – front uchun!” shioriga binoan oziq-ovqat maxsulotlari, mayiz, turshak, olma, go‘sht maxsulotlari, g‘alla rejalari ortig‘i bilan bajarilgan. Xozirgacha qishloqdoshlar Muazzam Ubaytjonovani shiddatli, qattiqqo‘l, prinsipial ayol sifatida eslashadi.

Urushdan keyin, 1950-yillarda Ulug‘ Vatan urushidan sog‘-salomat qaytib kelgan usto Muxiddin Maxmudov maxalla raisligiga saylanadi. Muxiddin Maxmudov qishloqda ustachilik bilan shug‘ullanganligi uchun xalq bu insonni -usto bobo- deb ataydi. Usto bobo o‘zining atrofiga jamoatchi faollarni yig‘ib, xar kuni ularga topshiriq va ko‘rsatmalar berar edi. Ustaning yana bir fazilati erta tongda qishloq aylanib, qaysi xonadonda qanday yumush bo‘lsa yeng shimarib, ishga kirishib ketar edi.

1970-yillarda xukumat topshirig‘i bilan maxalla raisligiga Oliy ma'lumotli, ziyoli insonlar jalb qilingan. Jumladan Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi Damariq maxallasi 6-maktab ilmiy bo‘lim mudiri Faxriddin Narziyev tayinlandi. F.Narziyev moxir pedagog, o‘ta talabchan, reja asosida xar bir ishni o‘z vaqtida bajargan. U kishi bilan birga Boymanova Karomat opa, Xurramova Ma'rifat, Negmatova Norchuchuk, Saida opalar faoliyat olib borishdi. O‘zidan oldingi raislarga o‘xshab, F.Narziyev o‘z vazifasini umrining oxirigacha sidqidildan bajarib, xalq ko‘nglidan munosib joy olgan.

F.Narziyev vafotidan keyin maxalla raisligiga vaqtincha Salimov O‘lmas bobo, keyinchalik Erkin aka Muxtorov saylandilar.

Erkin aka Muxtorov Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi institutida faoliyat olib borishi bilan birga maxallani xam boshqargan. E.Muxtorov maxalla axlini birlashtirib, xasharlar uyushtirib maxalla qabristonining obodligiga ko‘p e'tibor qaratgan. Maxallada bo‘ladigan to‘y-xashamlar, ma'raka-tadbirlarda bosh-qosh bo‘lib nazorat ostiga olgan. Bu davrda maxallaning avvalgi X.Asadov nomli ko‘chalar “Xamro”-deb, va “Damariq-2“ maxallaning nomi “Ilmobod” deb o‘zgartirilgan.

2013-yillarda maxalla fuqarosi Botir Qodirov maxalla raisi etib saylandi. Bu yillarda maxallaga Davlat tomonidan ko‘p e'tibor berilar, maxalla raislariga maosh to‘lanadigan bo‘ldi. Botir Qodirov o‘zining atrofidagi faollar: Nodira Xalimova, Jo‘rakul aka Muxammadiyev, Ergash Galiyev, Bonu Xotamova, Toxir Xalimovlar bilan kengashib, bamaslaxat faoliyat olib borgan. Bu davrda maxalla binosi xashar yo‘li bilan qayta qurildi, yangi transformator o‘rnatildi, 1-3 tor ko‘chalardagi simyog‘ochlar va kabellar yangisiga almashtirildi, Narpay ko‘chasiga svetofor o‘rnatilishiga erishildi. To‘y-xashamlar, ma'raka-mavridlar isrofgarchiliksiz, kamchiqim va kamtarona o‘tkazilishiga aloxida e'tibor qaratildi.

“Ilmobod” maxallasida jami 3313 ta axoli yashaydi, oilalar soni – 825ta, xonadonlar soni - 525 xo‘jalik. Maxallada 8 ta ko‘p qavatli uylar, va 12 ta ko‘chalar mavjud. 1 ta o‘rta maktab, 1 ta oilaviy poliklinika, 2 ta oshxona, 2 ta qandolatchilik sexi, 2 ta sartaroshxona, 1 ta atelye, 1 ta tunukasozlik do‘koni,1 ta dexqon bozori, 24 ta savdo do‘konlari, “Daka teks” ip-yigiruv fabrikasi, 2 ta mashina yuvish shaxobchasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Maxalla axolisi orasidan Mexnat Qaxramoni Xikmatillo Asadov, professor vrach Sh.Boboyev, professor A.Xaydarov, Samarqand shahar mahalla jamg‘armasi raisi va xokimiyat ishlarida katta lavozimlarda ishlab kelgan O‘.Asliddinov, dotsent E.Muxtorov, mexnat faxriysi A.Muxtorov, shoira X.Karimova, professor U.Narziyev, ziyoli o‘qituvchilar: Saloxitdinov Nizom, Saloxitdinova G., Boymanova K., Xidirova Moxira, Xurramova M., Narziyev F., Xamrokulov B., Xamrokulov X., Muxitdinov E., Muinova M., Saidova M., Odilova M.,Xalimova Nodira, Xidirova Maxbubalar yetishib chiqqan.