Samarqand shahri Ilg‘or MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 1-uy
Telefon raqami: 991155702
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1534
Ayollar soni: 843 (54,95%)
Erkaklar soni: 691 (45,05%)
Xonadon soni: 483
Oila soni: 523
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1122 (73,14%)
tojik21 (1,37%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,13%)
rus12 (0,78%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,13%)
tatar2 (0,13%)
koreys0 (0,00%)
eroniy365 (23,79%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa8 (0,52%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘ini

 

MFY nomi: “Ilg‘or” (“Ilxom”) mahalla fuqarolar yig‘ini

Aholisi: 1534 nafar

Milliy tarkibi: Mahallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek, tojik, rus, ironli, tatar, armyan, koreys va boshqa millatlardan iborat.

Tashkil topgan yil: 1990 yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi: “Ilxom” o‘g‘il bolaning ismi bo‘lib, ruhlanish, jo‘sh urish, mavjlanish, intilish, hayotni sevish, ilhomlanib yashash ma'nolarini anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining 2016 yil 30 dekabr “Shahardagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi”                                 100-12-sonli qarori bilan mahalla nomi “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘iniga o‘zgartirildi.

“Ilg‘or” qadimda turkiycha-tez harakat qilmoq, hujum qilmoq, oldinga boruvchi, yetakchi, tezkor, ildam degan ma'nolarni anglatadi.

Mahalla ziyolilari va faollari: kafedra mudiri, dotsent O.Toshmurodov, polkovnik X.Arzikulov, mehnat faxriylari X.Ochilova, B.Yaxyaeva, Sh.Qurbonova, mahalla faollari M.Muminova, M.Ibragimova, M.Urinovalar yashaydi.

Chegaradoshligi: “Terakzor”, “Qarshi yo‘li”, “Semurg‘” va                                          “Al Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarini soni va nomlari: mahallada 2 ta Buyuk Ipak yo‘li va Fitrat ko‘chalari mavjud. Mahallamiz 9 ta ko‘pqavatli uylardan tashkil topgan.

Ijtimoiy soha obyektlari: mahallamiz drayveri savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli mahalla xududida 15 dan ziyod savdo do‘koni, 3 ta go‘zallik salonlari, akfa ishlab chiqarish sexi, nonvoyxona va                     3 ta ovqatlanish maskanlari faoliyat olib bormoqda.