Samarqand shahri Damariq MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Damariq ko‘chasi 64-uy
Telefon raqami: 991155660
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2764
Ayollar soni: 1478 (53,47%)
Erkaklar soni: 1286 (46,53%)
Xonadon soni: 403
Oila soni: 711
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2357 (85,27%)
tojik21 (0,76%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,07%)
rus12 (0,43%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,07%)
tatar2 (0,07%)
koreys0 (0,00%)
eroniy365 (13,21%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,11%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Damariq”mahalla fuqarolar yig‘ini

 

MFY nomi: “Damariq” maxalla fuqarolar yig‘ini

Axolisi :2810 nafar

Milliy tarkibi:Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli asosiy qismi eroniylar,o‘zbeklar,qolgan  qismi,tojik,rus, tatar, kozoq va  boshqa millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil:1946 yil.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi:“Damariq” mahallasi 200 yillik tarixga ega bo‘lib,Panjob arig‘ining davomida barpo etilgan,aholi arik buylab tarqoq holatida joylashgan va Panjob arig‘i keyinchalik Katta-Ariq deb atalgan.Darg‘om kanali hozirgi Sattepo maskaning sharqiy qismidan okib utgan va Panjob arigi usha yerdan boshlanganib katta oqimli suv Damarikning past kismidan utib kengayib borgan.Urushdan oldin va 1946 yillarda,Damariq mahallasi hozirgi Sam Avto zavodi hududida bo‘lgan va shu xududdagi 3 ta kolxozda aholi dehqonchilik qilgan va kolxozlar 1954 yilda birlashtirilib, bitta “Moskva” kolxozi tashkil etilgan.Xozirgi  Sug‘diyona maskanidan o‘tuvchi temir yo‘l yoqalab aholiga yer uchastkalari bo‘lib berilgan.

Damariq mahallasi Katta-ariqdan balandda joylashganligi uchun suv olib kelish maqsadida Panjobdan hozirgi Amir-Temur va Buyuk Ipak Yo‘li kesishmasidan 7 ta joyni damlab (darg‘ot)suv kutargich o‘rnatilgan.”Damariq” degan tushuncha shundan kelib chiqqan va mahalla 1 chi Damariq deb atalgan.O‘z navbatida shu ariq mahalla orqali yerlarni sug‘orib hozirgi  “Ilmobod” mahallasiga qo‘yilgan va “Ilmobod” mahallasidan okib utib Xazora maxallasigacha bulgan yerlarni sugorgan. “Ilmobod” maxallasi 2016 yillargacha 2 chi” Damariq” mahallasi deb nomlangan:

1967 yilga qadar mahallada 3000 ga yaqin hovli joylar bo‘lgan.1967 yildan keyin hozirga qadar Mikro-rayon va Sug‘diyona massivlari qurilishi natijasida ko‘p uy joylar buzilishiga tushib aholi boshqa joylarga va ko‘p qavatli uylarga ko‘chib chiqqan.Bugungi kunda maxalladagi yakka tartibdagi hovlilar 267tani tashkil qiladiUndan tashkari 1 ta 9 qavatli 43 ta xonadonli,1 ta 7 qavatli  183 ta xonadonli,1ta 6 qavatli 83 ta xonadonli, 5ta 2 qavatli 20 ta xonadonli uylar mavjud bo‘lib, xonadonlar soni 706 tani tashkil qiladi.

Maxalla ziyolilari va faollari :  

1.Xojiyev Xojiqurbon-O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi.

2.Xojiyev Xojirizo-O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan avtomobilchi.

3.Xolov Xojiqurbon- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan  madaniyat xodimi.

4.Jobirov Ismoil - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan  madaniyat xodimi. 5.Mamadaliyev Intizor- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan avtomobilchi,yashab utganlar.  

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : Maxallada 6 ta , Narpay va Damariq ko‘chalari bo‘lib, maxallamiz 267 ta xovlilar ,8 ta ko‘p qavatlik uylar, 706 ta xonadon, 686 oiladan tashkil topgan.

    Ijtimoiy soha obe'ktlari : 39 umumtalim maktabi,