Samarqand shahri Vatanparvar MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Vatanparvar ko‘chasi Atele binosi
Telefon raqami: 662384551
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4512
Ayollar soni: 2345 (51,97%)
Erkaklar soni: 2167 (48,03%)
Xonadon soni: 1104
Oila soni: 1266
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek4354 (96,50%)
tojik25 (0,55%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq5 (0,11%)
rus21 (0,47%)
qirg‘iz2 (0,04%)
turkman12 (0,27%)
tatar12 (0,27%)
koreys4 (0,09%)
eroniy76 (1,68%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,02%)
 
MFY qisqacha tarixi

«VATANPARVAR» MAHALLASI

 

«VATANPARVAR» MAHALLASI Vatanparvar ko‘chasi, Atelye binosi  telefon: 91 537 25 ) – «Xazora» mahallasi, shuningdek Chordara maxallasi, Dustlik maxallasi  bilan chegaradosh. 1993 yili “Vatanparvar” mahallasi tashkil topgan. Mahallamiz Samarqand harbiy Gornizoniga tegishli 16-sonli harbiylar shaharchasi deb ham atalgan, 1993 yildan buyon mahallamiz nomi “Vatanparvar”deb yuritiladi, sababi mahallamizda harbiylar ya'ni vatan ximoyachilari oila a'zolari istiqomat qiladi. Mahallamizga A.Lukmonov A.Omonov, T.Axadov, S.Tursunov, I.To‘ychiyev, R.Yanov, Sh. Janiyevlar raislik qilgan. Hozirgi kunda I. Tuychiyev raislik qilib kelmoqda. Mahalladagi 1104 ta xonadonda, 1286ta oila, 4778 tadan ortiq fuqaro istiqomat qiladi. Mahallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek, tojik, turk, tatar, armyan, nemets, qozoq, uyg‘ur, qoraqalpoq, rus, azarbayjon, qirg‘iz, belarus,gruzin, ukrain, koreyslar yashaydi. Mahalla xududida 2-Maktabgacha Ta'lim Muassasasi, 41-o‘rta maktab, 1ta shirkat, 4-ta oziq-ovqat do‘konlari, 3- ta sartaroshxona, 2- ta tikuv sexi, 1- ta novoiyxona, 1 ta shirinliklar sexi, 2-ta mini stadion, 1- ta katta stadion, Mahalla markazida kutubxona barpo etilgan. Kutubxonamizda 1000 dan ziyod har xil O‘zbekiston Respublikasi  Birinchi Prezidentining asarlari, O‘zbekiston Respublikasi   qonunchiligiga oid adabiyotlar, Oila psixalogiyasiga oid adabiyotlari, Ilmiy adabiyotlar, O‘zbek adabiyotlari, Bolalar adabiyotlar, Jaxon adabiyotlari va boshqa turdagi kitoblar mavjud. Kutubxonamizga kitob sevar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlari, harbiylar oila a'zolari va farzandlari foydalanib kelmoqda. Mahallamiz xudud maydoni 44,96 ga dan iborat bo‘lib maxalla axolisi bitta darvozadan kirib chiqashadi. Mahallamizga kirib kelishingizda katta yul bo‘ylab manzarali daraxtlar ekilgan bo‘lib, Samarqand garnizon xarbiy qism komandirlar va maxalla foallari tamonidan Hashar yo‘li bilan barpo etilgan xotira maydonchasida mustaqiligimiz davrida xizmat maboynida uz jonini fido qilgan 35 nafar mard yigitlarimizning xotira suratlari joylashtirilgan.  Mahalla xududida 28- ta ko‘p qavvatli uy, 57-ta hovli uylar joylashgan. Mahallamiz 5- ko‘achalardan iborat Shamsiya, Vatanparvar, Nilufar, Shunkor kuchalaridir. Ko‘chalarimiz tungi chiroqlar bilan yoritilgan. Mahallada 12-ta viloyatdan kelgan ofitser va serjantlar oila a'zolari  xam istikomat kilishadi. Mahallada ko‘plab madaniy-ma'rifiy tadbirlar Samarqand harbiy garnizon komandirlari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Masalan 14-yanvar vatan ximoyachilari kuni, 9 may xotira va qadrlash kuni xotira maydonchasida harbiy orkestr yordamida keng ko‘lamli o‘tkazilib, ko‘p mahallalardan mexmonlar keladi. Samarqand televideniyesi, “Vatanparvar”, “Samarqand”, “Zarafshon” gazetasi muxbirlari kelib ocherk va ko‘rsatuvlar tayyorlandi. Mahallamizda haftaning har shanba kunlari “Hashar” e'lon qilingan. Maxalla fukarolari, xarbiylarlar bilan birgalikda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishadi. Mahallamizda istiqomat qiluvchi yoshlar harbiylar farzandi bo‘lganligidan kelib chiqib, tartib- intizomli, ota-onasi singari harbiy xizmatga qiziqishi baland. Yoshlarimiz har yili harbiy bilim yurtiga, IIB akademiyasiga, aviatsiya bilim yurtiga xujjat topshirib uqishga kirmoqda. Muddatli harbiy xizmatga qiziqishi baland va xizmat qilayotgan yoshlarimiz bisyor. Har 3 oyda Samarqand Harbiy Prokuraturasi va Samarqan shaxar Bandlikga ko‘maklashish markazi xamkorligida ishsiz yurgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini, farzandlarini o‘z mutaxasisligi bo‘yicha ishga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Yakka-yolg‘iz fuqarolarimiz 18 – ta (rus millatiga mansub), Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan  ularning xolidan xabar olinib uy ishlariga yordam kursatilib kelinmoqda. Aholimiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli to‘y marakalar va xar xil marosimlar birgalikda maxalla foallari va uy egasining maslaxati bilan qonun talablariga mos xolda o‘tkaziladi. Millatlar o‘rtasida nizolar kelib chiqmagan, har bir millatning urf odati hurmat qilinadi. 12- ta viloyatning vakilini bitta oila qilib, bitta darvozadan kirib-chiqishini ta'minlagan “Vatanparvar” mahallasi bilan tanishdingiz.