Samarqand shahri Bog‘ishifo MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Gulxaniy 7
Telefon raqami: 66 234-83-45
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1212
Ayollar soni: 660 (54,46%)
Erkaklar soni: 552 (45,54%)
Xonadon soni: 222
Oila soni: 417
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek820 (67,66%)
tojik256 (21,12%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq5 (0,41%)
rus21 (1,73%)
qirg‘iz2 (0,17%)
turkman12 (0,99%)
tatar12 (0,99%)
koreys4 (0,33%)
eroniy76 (6,27%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,33%)
 
MFY qisqacha tarixi

 

            Samarqand shaxar “Bogishifo” maxalla fuqarolar yig‘ini

              MFY nomi :  “Bogishifo” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Axolisi : 1520 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,ironli,tatar,armyan,koreys va boshqa millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil : 1997 yilda tashkil topgan.

   Maxalla nomining tavsifi va tarixi : “Bogishifo” shifobaxsh bogning nomi bo‘lib, manbalarda- kadimda xalk ogzida  Bogishifo deb atalgan .

Respublikamiz xududida qadim zamonlardanoq o‘ziga xos demokratik prinsiplarga asoslangan fukarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi tarkib topgan va u maxalla usulida rivojlangan.

Mustaqillik tufayli maxalla tarixda birinchi marta konstitutsiyaga  kiritildi. Unga axolining o‘zini-o‘zi boshqaruvining noyob shakli sifatida konstitusiyaviy maqomi berildi, “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” qonun qabul qilindi, ayni vaqtda Respublika “Maxalla” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimov maxallalarning qayta tiklanishiga uning sha'ni va obro‘sini ko‘tarishga katta yo‘l ochib berdi. Shu asosda mustaqil davlatimizning naqadar xalqchil ekanligini millionlab fuqarolar qalbiga jo qilindi.

Maxalla borasida olib borilayotgan siyosati ikki muxim vazifani xal etish ko‘zda tutilgan bulib; birinchisi ma'naviy vazifa, u maxxallamizning mingyillik tarixidagi noyob an'analarini, qadriyatlarini, qaytadan tiklash va rivojlantirishdan iborat

Ikkinchi siyosiy-ijtimoiy vazifa bo‘lib, maxalla institutini bugungi zamon talablariga muvofiq tarzda tiklash barobarida viloyat,  tuman, shaxar xokimiyatlari zimmasiga yuklangan ko‘pchilik  vazifa va xuquqlarini fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga ya'ni  maxallalarga berib, ularning maqomini joy- joyiga quyib, shu tarzda jamiyatimiz xayotini demokratiyalashda yangi va juda muxim imkoniyatlar yaratildi.    Xozirgi “Bog‘ishifo” maxallasi  avval “Moskva” maxallasi deb atalardi.

 “Bog‘ishifo ” maxallasining kelib chiqish tarixi    “Bog‘ishifo ” deb atalishiga sabab Soxibkron Amir Temurning nabirasi og‘ir kasallikga chalingan bo‘lib,  xech qayerdan davo topmay oxiri  maxallamiz joylashgan ushbu joyda katta bog‘ bo‘lgan  ekan. Amir Temurning nabirasini shu bog‘ga olib kelishgan, shu bog‘da yashab toza xavoda nafas olib,  darddan xoli  bo‘lgan degan  rivoyat bor.. Shundan so‘ng   maxalla nomi “Bog‘ishifo”  deb nomlangan.

1998- yilda maxallamizga  rasman “Bog‘ishifo”  degan nom berildi.

 

          Maxalla ziyolilari va faollari : professor Ibragimov X.Z.,Nasriddinov T.X.,ustoz murabbiy Xoshimov A.B,KurbonovYu.,Tolibov I.T., urush va  mexnat faxrilari yashab o‘tgan.

  mexnat faxrilari;  padpalkovnik  Raxmatov A .R., baynalminal jangchi  S.Atamurodovlar yashab kelmoqda.

 Chegaradoshligi : “Tinchlik”,”Bogishamol”,”Ramatobod” va “Orzu” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 7 ta  IbnSino,Moskva,Gulxani,Beklar,Firdaus,Djararik,Farxod ko‘chalari mavjud. Maxallamiz 1 ta ko‘p qavatlik uylardan tashkil topgan.

            Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri savdo va mayishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida 1ta savdo dukoni, 2ta non sexi,1ta sartaroshxona,1ta etikduz faoliyat olib borilmoqda.