Samarqand shahri Bog‘ishamol MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Bogishamol 21 uy
Telefon raqami: 66 234 89 48
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2191
Ayollar soni: 1222 (55,77%)
Erkaklar soni: 969 (44,23%)
Xonadon soni: 331
Oila soni: 541
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1960 (89,46%)
tojik9 (0,41%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq4 (0,18%)
rus2 (0,09%)
qirg‘iz1 (0,05%)
turkman0 (0,00%)
tatar2 (0,09%)
koreys0 (0,00%)
eroniy211 (9,63%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini

 

MFY nomi “Bog‘ishamol” mahalla              

fuqarolar yig‘ini

Aholisi: 2191 nvfar.

Milliy tarkibi: O‘zbek, Yeronli,rus,

tatar va Tojiklardan iborat.

Tashkil topgan yili:  1950 yilda tashkil

 topgan.

Mahalla nomining tasnifi va tarixi:

Hozirgi  “Bog‘ishamol” mahallasi 1930 yilgacha “Do‘m”  qishloq deb atalgan. 1930 yildan 1950 yilgacha “Uchinchi jarariq” mahallasi, 1950 yildan boshlab yesa “Bog‘ishamol” Mahallasi nomini olgan.

“Do‘m qishloq” deb atalishiga sabab 1890 yilda qishloqni Hoji Mahmud bobo boshqarganlar, ilgarigi udumlarga binoan qishloq-maxalla boshlig‘i “Do‘m” deb atalgan.

1953 yilgacha mahallada nihoyatda kam aholi yashagan va 2 ta 3 ta mayda ko‘chalardan iborat bo‘lgan.

1953 yilda Samarqand shahar temir yo‘l ijroiya qo‘mitasi va Furunze kolxozining raxbariyati tomonidan xovli joy qilish uchun yer ajratib berilib mahalla aholisi xonadonlari ko‘paydi shu bilan birga zamonaviy ravon ko‘chalar ochildi. Mahallaning rivojlanib borishi natijasida, xozirgi Bog‘ishamol maxallasiga 16 nafar kishilar raxbarlik-raislik qildilar. Bog‘ishamol mahallasi yildan yil o‘zgarib borgan mahallada o‘zining hayr sahovatli xomiy fuqarolvri o‘zoro xamjixatligi to‘y marakalarni ixcham o‘tkazishdagi tajribasi bilan mashxur bo‘lgan. Maxalla tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan infrostruktura  xam ma'lum darajada o‘zgarib kelgan mahallada nafaqat choyxona oshxona restoran sartaroshxona shuningdek kichik xususiy ishlab chiqarish korxonalari xam faoliyat ko‘rsatmoqda Ayniqsa mahalla xududida joylashgan Murod Avliyo jome masjidi majmuasi xam maxallaga shuxrat keltirmoqda Ziyoratchilar soni yildan-yil ko‘paymoqda. Mahallaning o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rgini sifatida faoliyatini yanada takomillashtirib ma'naviy ma'rifat tadbirlarini tashkil qilib ijtimoiy ximoyaga muxtoj axoli qismiga etibor berilmoqda.

         Chegaradoshligi: “Bogishifo”,”Sadaf”,”Nafosat”,”Tinchlik”,”Raxmatobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

         Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 17 ta Bog‘ishamol, Oltinkul Paxtaobod, Ishtixon,  Kiyev,  X.Jurabek,  X.Jurabek pr1,  X.Jurabek pr2 , Miroblar,  Xiva , Furkat, Farxod,  Sherozi,  Jararik,  Buka, Talabalar, Murod Avliye ko‘chalari mavjud.

Ijtimoiy soha Obektlari: Mahalla xududida “Murod Avliyo” ziyoratgoxi va masjidi, “Shirin bolajon” maktabgacha ta'lim tarbiya, 9 ta umumiy ovqatlanish shaxobchalari, 5 ta savdo do‘konlari mavjud.