Samarqand shahri Bog‘isaroy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Spitamenshox ko‘chasi 15 uy
Telefon raqami: 66 222 84 30
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2471
Ayollar soni: 1301 (52,65%)
Erkaklar soni: 1170 (47,35%)
Xonadon soni: 620
Oila soni: 736
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2065 (83,57%)
tojik21 (0,85%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,08%)
rus12 (0,49%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,08%)
tatar2 (0,08%)
koreys0 (0,00%)
eroniy365 (14,77%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,08%)
 
MFY qisqacha tarixi

“BOG‘ISAROY” MAXALLA TARIXI

       Samarqand shaxar “Bog‘isaroy” maxalla fuqarolar yig‘ini

              MFY nomi :  “Bog‘isaroy” maxalla fuqarolar yig‘ini

             Axolisi : 2641 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,ironli,tatar,arman va boshqa millatlardan iborat.

             Tashkil topgan yil :1955 yilda tashkil topgan.

             Maxallaning chegaradoshligi:

“Bog‘isaroy” Maxallasi “ Spitamenshox kuchasi, 15-uy ; telefon : 66-  222-84-30” –  “Yulduz”  “Bog‘bonlar”  “Xunarmandlar” “Ilmobod” “Qarshi yuli” bilan chegaradosh.

             Maxalla kuchalarining soni va nomlari:

  8ta kucha bulib bular: Spitamenshox kuchasi, Beruniy kuchasi, N.Ganjaviy, Narpay, Djar-ariq, G‘.Karimov, Buyuk Ipak Yuli, Xumoyun kuchalari.

             Maxallaning ijtimoiy soxa obektlari:

   Maxalla xududida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitetining Uzbekiston Finlyandiya pedagogika instituti, oziq ovqat xujalik mollari dukonlari , restoran xamda tuyxona, xususiy davolash va diagnostika markazlari, xususiy stomatologiya va kosmetologiya markazi, xujalik mollari dukonlari, atelye, guzallik saloni “Konserva zavodi” viloyat, shaxar gaz ta'minoti idorasi “1-son tug‘ruq xona”, “Militsiya poliklinikasi” “25-bolalar sixatgoxi”faoliyat kursatadi “Bogishamol” qabristoni.

              Maxallaning tafsifi va tarixi:

     O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14- Aprel fuqarolarning o‘zini –o‘zi  boshqarish  organlari to‘g‘risidagi qonunining 5- moddasi  hamda  “Mirsharapov” maxallasi fuqarolari  yig‘ini  qarorini inobatga olgan xolda maxalla “Bog‘isaroy” nomini olgan. Maxalla nomining tavsifi va tarixi : “Bog‘isaroy” Bog‘ va Saroydan tashkil topganligi uchun shunday deb atalgan.

     “Bog‘isaroy” fuqarolari  yig‘ini raisi J.Raximov ichki ishlar  organlarida  bir oy mobaynida  muxr va shtamp  tayyorlashga ruxsat olgan.

      Ushbu farmoyish ijrosining nazorati tuman xokimligining o‘rinbosari X.Raximovga  topshirilsin.

Tuman xokimi : D.Mamatqulov.

02.02.2000 yil 13-f

  So‘rab olingan  ma'lumotlarga  asosan shu xudud qadimda Buyuk Ipak Yuli Yunalishida bulganligi sababli karvonlar dam olishga tuxtaydigan joy yani Saroy (karvonsaroy) bulgan. Ushbu joyning bir tarafi sulim bog‘u-rog‘lar bulgan shu sababli “Bog‘isaroy” nomi berilgan.  

  Ushbu maxallaning xududi sobiq ittifoq davrida Chkalov Selskiy deb nomlanib Fotima-Qosimova jamoa xujaligiga qaragan. Maxallaning yunalishidagi asosiy kucha Spitamenshox(Krasniy armeskiy) deb nomlangan. Shu bilan birga 1992 yilda maxalladagi kuchalar nomi qonun doirasida uzgartirildi. Odesskaya-Kubanskaya kuchalari Nizomiy Ganjaviy kuchasi deb nomlandi. Mirsharopov Buyuk Ipak Yuli deb, Baltiyskayai kuchasi Xumoyun kuchasi deb, Oktyabrkaya kuchasi Beruniy deb nomlandi va Djar-ariq,  G‘.Karimov kuchasi, Narpay kuchalari xam bor.

  Ushbu maxallani boshqargan eng birinchi oqsoqol Qayum bobo bulib u kishi 1960 yilgacha uz xonadonlaridan turib maxallani boshqargan va faoliyat yuritgan.  Maxallamiz yo‘nalishida  ko‘cha yo‘nalishi  Spitamenshox  ko‘chasi  sobiq (Krasnoarmeyskoye shosse) deb atalgan.

  Ikkinchidan Jar-ariq ko‘chasi  atrofida 25- xo‘jalik istiqomat qilgan shu bilan bir qatorda  Spitamenshox ko‘chasi yo‘nalishida  bir qancha xovli  xo‘jaliklari istiqomat qilgan. Shu xovli atroflari bog‘ va chorbog‘dan iborat bo‘lgan.

  1960 yildan 1975- yilgacha  Mamedov Zokir bobo MFY oqsaqoli  bo‘lib ishlagan ish joyi  kolxoz choyxonasida  va uyida bo‘lgan.

  1975- yildan 1992- yilgacha  Mamadaliyev Sharif bobo 58- pochtani  ijoraga olib  MFY oqsaqoli  vazifasini bajarib bir qator  ishlarni amalga oshirgan.

  1990-yildan  boshlab Mamadaliyev Ochil bobo oqsoqol lavozimida  ishlab kelganlar.

  1992-2015- yilgacha MFY raisi J.Raximov  lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining qarorlari  asosida va o‘zini –o‘zi boshqarish organlarining  buyruqlariga asosan maxallada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy ximoyalash, ularni ruyxatini tuzib aloxida e'tibor ko‘rsatish ustida ish olib borganlar.

  2000-2004- yilgacha Maxallaning birinchi posboni  Murodov Soli faoliyat yuritgan.

  2004-yildan 2013- yilgacha maxalla kotibi lavozimida maxallaning  istidodli  fuqarosi Axmedov  Juraqul bobo  faoliyat yuritganlar.

  2013-yildan 2018-yilgacha Raimov Utkir bobo maxalla posboni bulib faoliyat yuritganlar.

  Maxallada   Faxriddinova Saodat - aya   34- yildan ortiq  “Bog‘isaroy” maxallasida jamoatchilik asosida Xotin-qizlar  qumitasi  raisi  sifatida  faoliyat yuritdilar.  Ayaning jonkuyarligi   kattayu-kichikga  bir –xil  ibratli   ekanligi  maxallada “Maxallaning ayasi”  degan  ulug‘ nomga sazovor bo‘ldilar. Saodat ayaning  mazmunli xayoti  u kishi boshlagan ishlarning davomchisi  o‘laroq  maxallaning   birinchi maslaxatchisi “Diniy ma'rifat va ma'naviy –axloqiy tarbiya masalalalari bo‘yicha  maslaxatchi ” lavozimida  Xasanova Zulayxo  davom ettirdi u  yosh bo‘lishiga  qaramasdan o‘zining  xulqi- atvori , mehribonligi,  ilmli –bilimli ekanligi bilan xalq orasida, maxalla axolisi  o‘rtasida   mehr qozondi.  

  Maxallaning “ko‘cha boshlar-Boltayev Amriddin, Azimova Ra'no, Imomqulova Shoxsanam, Karimov  Erkin, Dadayeva  Larisa ,  Rajabova Samara, Achilova Feruza,  va boshqalar  faoliyat yuritib kelmoqdalar.

 Maxallaning  to‘y – ma'rakalarini obob qilib   o‘zining –mehrini qozongan  Jafarova  Sayyora maxalla xodimi  bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.

  To‘y-ma'rakalarni ixcham va maslaxatli  qilib  o‘tkazishni  marxum Ibodov Tolib bobo bajarib kelganlar. U kishining  mehnat faoliyatlarini davom ettirishda maxallaning jonkuyar insonlaridan  marxum  Jafarov Kozim,  marxum Jafarova Sayyora,  Zokirov  Xamroqul,  Karimov Musabeklar davom ettirib kelmoqdalar.

   Xududimizga qarashli “Bog‘ishamol” qabristonida   loyixa asosida  bir qator ishlar amalga oshirildi jumladan qabriston atroflarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, katta darvoza qo‘yilishi qo‘shni maxallalar “Bog‘ishamol”, “Qarshi -yo‘li”, “ Raxmatobod”, “Damraiq”, “Damariq-2”,  “Bog‘bonlar”,  va xududga tegishli bo‘lgan ayrim   maxallalar   bilan xamkorlikda   ular ko‘magida  obodonlashtirish ishlari amalda bajarilib kelinmoqda.

    2006-yilda  Viloyat xokimligi va shahar xokimligi  yordamida  va xomiylar ko‘magida maxalla markazi qurilishi  qurilib topshirildi ana shu binoning xonalarida  mebellar, kompyuter jihozlari  bilan jixozlandi. Maxallaning “ko‘cha boshlar-Boltayev Amriddin, Azimova Ra'no, Imomqulova Shoxsanam, Karimov  Erkin, Dadayeva  Larisa ,  Rajabova Samara, Achilova Feruza,  va boshqalar  faoliyat yuritib kelmoqdalar.

    Maxalla iftixorlari : J.Raximov 1-darajali “Mexnat faxriysi” kukrak nishoni bilan taqdirlangan, Z.Murodov ulug‘ vatan urushi qatnashchisi. M.Shodiyeva 1-darajali “Mexnat faxriysi” kukrak nishoni bilan taqdirlangan. “Uzbekistonda xizmat kursatgan artist” S.Rametova. K.Raximov Samarqand Davlat Arxitektura qurilin instituti professori texnika fanlari doktori Yunesko azosi. F.Raximov Uzbekiston Vazirlar Maxkamasining mazkur kotibiyat mudiri. I.Gafurov polkovnik vatanparvar tashkilotida faoliyat yuritgan.