Samarqand shahri Al-Xorazmiy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Yarmuxamedova ko‘chasi 9-uy
Telefon raqami: 93 999-19-74
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1541
Ayollar soni: 867 (56,26%)
Erkaklar soni: 674 (43,74%)
Xonadon soni: 247
Oila soni: 518
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1192 (77,35%)
tojik342 (22,19%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman1 (0,06%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on1 (0,06%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy2 (0,13%)
boshqa3 (0,19%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarkand shaxar «Al Xorazmiy» nomli maxalla fukarolar yigini

MFY nomi: «Al Xorazmiy» maxalla fukarolar yigini Axolisi: 1541 nafar Milliy tarkibi: 8 ta millat yashaydi, uzbek va tojiklardan iborat.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi:

Maxalla -1949 yilda tashkil etilgan. 1949 yildan - 1973 yilgacha 23-sonli «Michurin» maxalla fukarolar yigini, 1973 yildan 2017 yilgacha, «Izvoshchilar» maxalla fukarolar yigini va 2017 yil yanvar oyidan boshlab, «Al Xorazmiy» maxalla fukarolar yigini nomi berildi.

Ushbu maxallada azal-azaldan buyon «foytun» ya'ni «izvosh» xaydovchilari ya'ni «aravakashlar» yashab, xalkning xizmatida bulgan.

Maxalla xududida ansambllar, dikkatga sazovor joylar, yodgorliklar, ma'daniy meros obyektlari mavjud emas.

Chegaradoshligi: «Nayman» , «Beklar» «Terakzor» , «Farogat», «Ali-Zoda», « Mirzo Bedil» maxallalari bilan chegaradosh.

Maxalla kuchalarining soni va nomlari:

Maxallada 13 ta Maxtumkuli, Ashxobod, Berdax, Pavlova, Olimlar, Nodirabegim, At Termiziy, Yulduz, Chulpon, Sulaymonova, Yarmuxamedova,Roxat Azarbayjan, Baxt kuchalari mavjud.

Maxalla ziyolilari va faollari: Furkat Mirzayev Jalilovich 1966 yil 12 sentyabrda Samarkand viloyati, Taylok tumani Bogizogon kishlogida dunyoga kelgan. Oilada yettinchi farzand.1973 -1983 yillarda Asad Raxmatullayev nomidagi 63-urta maktabda ta'lim olgan.

1984 yilda Toshkent Davlat Teatr va Rassomchilik Institutining Drama teatri va kino aktyorligi ixtisosligi buyicha ukishga kirib, 1990 yilda tamomlagan.

Ish faoliyati: 1990 yil Uzbekiston Davlat Filarmoniyasida M.Koriyokubov nomli Xorda artist, 1991 yilda Chilonzor tumani 5-son Ma'daniyat uyida drama aktyorlar raxbari, 1992 yil Taylok Xalk ta'limiga karashli 7-son bolalar musika maktabida musikashunos, 1994-1992-2004 yillarda Taylok tuman Xokimiyati Ma'daniyat ishlari bulimiga karashli 9-son ma'daniyat uyida badiy raxbar, 2005-2016 yillar Samarkand shaxar ma'daniyat va sport ishlari bulimiga karashli 7-son ma'daniyat va axoli dam olish markazi xodimi.

2007 yil 27 avgustda Uzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining farmoni bilan Uzbekistonda xizmat kursatgan Ma'daniyat xodimi faxriy unvoni berilgan.2017 yil 8 fevralda vafot etgan

Maxallaning ziyoli insonlari:

1. Nazarov Sharif Nazarovich 1933 yil 15 martda tugildi. 1952 yilda urta maktabni tugatib, 1953 yilda Urta Osiyo Davlat dorilfununing ximiya fakultetiga ukishga kirgan.

1958 yilda yullanma bilan Samarkand kishlok xujalik institutining «Umumiy ximiya» kafedrasiga assistentlik lavozimida ishlab boshlagan, 1973 yildan 1998 yilgacha kafedraga mudirlik kilgan, 1968 yilda nomzodlik dissetatsiyasini, 1987 yilda doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilib, 1988 yilda professor lavozimini egallagan.

Sharif Nazarov doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgandan keyin xam uz ilmiy faoliyatini tuxtatmadi, balki yana xam kengaytirdi, kyidagi ilmiy fundamental ishlar bilan shugillangan: Maxalliy tabbiy ozuka-bop montomorilionitlarni ximiyaviy tarkibi va xossalarini urganish, fizika-ximiyaviy tarkibi va xossalarini urganish, fizika-ximiya me-todlar bilan gossipolning ximiyaviy xossalarini tekshirish, parranda-larni gossipol bilan zaxarlanishini oldini olishda Azkamar, Chuponota gelmoyalaridan foydalanish, dunyoda birinchilardan bulib, Samarkand, Kashkadaryo, Jizzax viloyatlarida elementlarni tarkalishi borasida yirik masshtabli biogeoximiyaviy kartalar tuzdi va yangilarini tuzish ustida ish olib borgan. 2015 yil dekabr oyida vafot etgan.

Uzakov Panji 1935 yil 5 iyunda Kashkadaryo viloyati Kamashi tumanida tugilgan. Urta maktabni 1952 yil bitirib, Samarkand Kishlok Xujalik Institutiga ukishga kirgan, 1957 yilda institutni bitirib, Kashkadaryo viloyati Kamashi tumani jamoa xujaligida agranom , 1958-1961 y.y Samarkand kishlok xujalik instituti asperanti, 1961-1969 y.y Samarkand kishlok xujalik instituti assistenti, 1967-1968 y.y Samar-kand kishlok xujalik instituti agranomiya fakulteti dekan muovini, 1968 -1970 y.y Samarkand kishlok xujalik instituti tuprokshunoslik kafedrasi mudiri, 1978-1980 y.y Samarkand kishlok xujalik instituti agranomiya fakulteti dekani, 1980-1986 y.y Samarkand kishlok xujalik instituti tuprokshunoslik kafedrasi dotsenti, 1986-1988 y.y Samarkand kishlok xujalik institu-ti ilmiy ishlari buyicha proyektori, 1988-1996 y.y Samarkand kishlok xujalik instituti ukuv ishlari buyicha prorektori, 1996 yil Samar-kand kishlok xujalik instituti agrokimyo, tuprokshunoslik va usim-liklarni ximoya kilish kafedrasi professori.

Uzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1979 yil 12 sentyabr Farmoni bilan «Uzbekiston SSRda xizmat kursatgan Paxtakor» faxriy unvoni berilgan. 2017 yil dekabr oyida vafot etgan.

Kurbonov Yusuf 1933 yil 30 noyabrda Jizzax viloyati Jizzax kishlogining Uratepa maxallasida xizmatchi oilasida tugilgan. Jizzax Shaxridagi 8-son urta maktabni 1940 yil ukishga kirib 1950 yil tamomlagan. 1950 yil A lisher Navoyi nomidagi Davlat Unversitetining biologiya fakultetiga ukishga kirib, 1955 yil universitetni tamomlab, 1963 yil Samarkand Kishlok Xujalik institutining Botanika va usim-liklar fiziologiyasi kafedrasiga asistentlik vazifasiga ishga yuboril-gan. 1963-1966 y.y Toshkent kishlok xujalik institutining aspiranturasini utagan, 1969 yil kafedra ukituvchi lavozimida ishlagan, 1976-1977 y.y kafedra mudiri lavozimida ishlagan, 1975-1977 y.y agranomiya fakultetida Part Byuro tashkilotining kotibi lavozimida ishlagan, 1977-1982 y.y kafedra botanika va usimlik fiziologiyasida mudir la-vozimida ish yuritgan, ishlab yurgan vaktlarida 50 ta makola, 10 ta metodik kullanma va kafedra a'zolari bilan birgalikda Samarkand kishlok xujalik instituti , Pedagogika instituti talabalari uchun «Botanika asoslari» darslik, kullanmalar chikargan. Xozirgi vaktda nafakada.