Samarqand shahri Dukchiyon MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Guliston ko‘chasi 1 uy
Telefon raqami: 991155677
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Ha
Og‘ir hududga kiritilganligi: Ha
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2746
Ayollar soni: 1389 (50,58%)
Erkaklar soni: 1357 (49,42%)
Xonadon soni: 504
Oila soni: 848
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1985 (72,29%)
tojik756 (27,53%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,18%)
 
MFY qisqacha tarixi

MFY nomi : “DUKCHIYON” maxalla fuqarolar yig‘ini.

 

Axolisi : 2745  nafar.

Milliy tarkibi : O‘zbek va tojikdan iborat.

Tashkil topgan yili : 1950 yilda tashkil topgan.

         Mahalla nomining tavsifi va tarixi: “Dukchiyon” maxallasi Samarqand shaxridagi qadimiy maxallalardan xisoblanadi. Unda azaldan beri xunarmandchilik va bogdorchilik rivojlangan bo‘lgan. Bizning maxallamizning nomi “Dukchiyon” shu maxallada yashab tikuvchilik dastgoxida ip yigiruv qismi bo‘lgan “ duk” yasovchilar yashagan. Xozirgi kunda ularning izdoshlari bo‘lgan beshiksozlar sulolasi yashab kelmokdalar.

  Tarixni varaklaganda  bizlarning maxallamizning nomi nima sababdan “Dukchiyon” deb nomlangani  aniq va ravshan  bo‘ldi.  Ushbu oldingi Samarkand tumani “Xaymarskiy qishlok fuqarolar  yig‘ini Voroshilov nomidagi qishlok sovetiga shuni aniqlangan. Ya'ni “Dukchiyon- Dukchigi” nom qo‘yilgani ushbu maxallada bir  qari onaxon bo‘lib, ismlari Sarvara aya bo‘lgan ekan. Shu onaxon “duk” (cho‘b) qo‘l bilan yasagan ip-yigiruvchi asbob yasab o‘zlari shu asbob bilan ya'ne charx yasagan va ip yugurar ekan. Ana shu charx va duk bilan ipni tayyorlab “Xomsuf” to‘qirkanlar. U onaning ishlarini boshqa joylarda ma'lum-mashhur qilgan va shu onaning ip yigiruvchiligi “Duk” bilan mato to‘qigan xamda shu Duk va charx bilan mashaqqatlar bilan mexnat qilib xalqni boshqalarni xam mato, (xomsuf) bilan ta'minlab, sotib kun ko‘rar ekan. Shu bois ushbu onaxonni kasbi bilan “Dukchigi” keyinchalik “Dukchiyon” deb nom olgan.

   Ushbu “Dukchiyon” maxallasi oldin nixoyatda tor ko‘chalari noobod ko‘chalari ko‘p bulgan.  Oylar, yillar o‘tib maxalla xalq xashari bilan obod,  bog‘-rog‘lar barpo bo‘lgan. Ustalar, hunarmandlar, olimlar, shifokorlar, o‘qituvchilar,  raislar xam  o‘z xizmatlari bilan mashhur bo‘lgan.    

“Dukchiyon” mahalla fuqarolar yig‘ini 1950 yilda tashkil topgan.   

           Mahalla ziyolilari va faollari:

Pulotov Obloberdi-tarixshunos (1922-2008),

Raupov Xurshed – avtobaza direktor (1941-2013),

Usmonova Niso- 8 urta maktab direktori (1927-1998),

Xakimov Abdurafik-Guliston jamoa partkomi (1935-1991),

 

Mullojonov Zayniddin –adabiyotshunos (1923-1986),

Mardonov Xabib-Guliston jamoa raisi ,

Qosimov Zokirjon-iqtisodchi (1938-2013),

Raupov Orif- kafedra mudiri,

Kosimov Vosejon- adabiyotshunos.

           Chegaradoshligi: Samarkand shaxar “Dukchiyon” maxallasi Sattepo tomonidan kelishda “Navbogchiyon” MFY, “Kul” MFY, “Bekxo” MFY, “Axmad Yassaviy”MFY, “Bunyodkor” maxallalari va Samarkand tumani “Xaymar” maxallalari    bilan chegaradosh.

           Maxalla ko‘chalarini soni va nomlari: Maxallada 25 ta Guliston katta kuchasi va 10 ta tor kuchalari,  Xuja Axmadi Ravanda katta kuchasi va 7ta tor kuchalari, Xabib Abdulloyev kuchasi va 1-2 yulaklar, Navruzi va Bogi-Obod kuchalari mavjud.

          Ijtimoiy soha obyektlari: Mahalla hududida  74 – sonli umumta'lim maktab, 17-son bolalar bogchasi  mavjud.

 

          MFY raislari:    1950-1975y Djabborov Rauf;  1975-1985y Oripov Sole; 1985-2000y Xakimov Abdurafik; 2000-2004y Raupov Xurshed; 2004-2009y Xamrokulov Donyor;  2009-2014y Xakimov Abubakir; 2014-2016y Kudratov Sadullo;   2016-2019y Turakulov Sodik; 2019 yil may oyidan buyon  Raupov Furkat Xurshedovich  MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.