Samarqand shahri Alizoda MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Gagarin 150 a
Telefon raqami: 66 234-30-47
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1475
Ayollar soni: 815 (55,25%)
Erkaklar soni: 660 (44,75%)
Xonadon soni: 235
Oila soni: 506
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1063 (72,07%)
tojik21 (1,42%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,14%)
rus12 (0,81%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,14%)
tatar2 (0,14%)
koreys0 (0,00%)
eroniy365 (24,75%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa8 (0,54%)
 
MFY qisqacha tarixi

 

 

 

MFY nomi «S.Alizoda» mahalla fuqarolar yig‘ini.

                                                                                                    

Aholisi 1475 nafar .                                                                                                                                                               

Milliy tarkibi; Asosiysi o‘zbek, eronli, tojik va 4 xil millatga mansubdir.

Tashkil topgan yili:  1990 yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi:  mazkur mahalla  aslida XVIII asrning ikkinchi yarmida Samarqand  Amir Shohmurod hokimlik qilgan davrda tashkil topib, “Said mahalla” nomi bilan yuritilgan.  Keyinchalik   2-Yung‘ichqaariq deb nomlangan.

Mahalla Temir yul  tumanida eng  katta mahalla  bo‘lib  hisoblangan.               Hozirgi  Amir Temur  ko‘chasidan  qishlok  xujalik  institutigacha  bo‘lgan  masofani  egallagan. Keyinchalik  yuqori va past «Said» mahallalarga  bo‘lingan.

                 1950 yilda  Samarkand  atrofidagi  bu maxalla shahar  xududiga o‘tgach, 1990 yilda «Ikkinchi  yung‘ichqaariq» deb nomlanib  , aloxida maxalla tashkil etilgan. 1991 yilda   «S.Alizoda» deb  o‘zgartirilgan.

Viloyatning o‘sha paytdagi hokimi Shavkat Miromonovich Mirziyoevning maslahati  asosida  2001 va 2003 yillarda shaharda  mahallalar markazlarini zamonaviylashtirish buyicha  reja tuzib olindi. O‘sha paytlar II-Yung‘ichqaariq nomi bilan 1991 yildan “S.Alizoda” maxallasi deb yangi nom berildi. Sayidrizo Alizoda (1887-1945) X1X asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan, o‘zidan boy ilmiy-ma'rifiy meros qoldirgan buyuk ma'rifatparvar inson bo‘lgan.  U o‘z davrining mashhur adibi, shoiri, yozuvchisi, tarjimoni, publitsisti, lug‘atshunosi, musiqachi, teatr san'ati fidoyisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U o‘z ona tilidan tashqari o‘zbek, tojik, rus, arab, fors, farang, ingliz, yaxudiy va boshqa tillarni mukammal bilgan. Darsliklar tuzib, nashr etgan. Sayidrizo alizodaning 500 dan ortiq asarlari Markaziy Osiyo va xorijiy mamlakatlarning  nufuzli kitobxonalarida saqlanayotgani aniqlangan.  U tarjimon sifatida ham cheksiz xizmatlar qilgan inson. S.Alizoda Firdavsiy, Sa'diy, Nizomiy, Fuzuliy, Navoiy asarlarini rus tiliga moxirona o‘girgan.

CHEGARADOSHLIGI; «S.Alizoda» maxallasi  Farog‘at, Nayman, Kamolot, Beklar va  Mexriobod maxalla yig‘inlari bilan chegaradosh.                                                                

«S.Alizoda» maxalla ko‘chalari nomi:

1. Amir Temur

2. M.Ibragimov

3. R.Xoshimov

4. Guseynov

5. Chulpon (Mayakovskaya)

6 .Alizoda

7. Azimbekov

8. Boysunkur.

9. X.Obiddinov

10. Gagarin

 

MAXALLA MANZILI: Samarkand  shaxar, Gagarin ko‘chasi 150-a  uy

                 Hozirgi vaqtda  mahallada  1 ta  xususiy  MTM, 5 ta savdo do‘koni, 1 ta mehmonxona, 3 ta oshxona va 1 ta tikish bichish korxonasi mavjud.

                 «S.Alizoda»  maxalla hududida   10 ta katta va kichik  ko‘chalar  mavjud.Unda turli  toifadagi  ya'ni  o‘zbek,tojik, tatar, rus  va  boshka millatlar yashaydi. Ulardan ko‘pchiligi Eroniylar  bo‘lib  aholi   hamjixat , bir- biroviga  izzat-hurmat  bilan yashab kelmokda.