Samarqand shahri Al-Buxoriy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sug‘diyona maskani 49-uy
Telefon raqami: 991155672
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4029
Ayollar soni: 2005 (49,76%)
Erkaklar soni: 2024 (50,24%)
Xonadon soni: 1185
Oila soni: 1248
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3640 (90,34%)
tojik256 (6,35%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq5 (0,12%)
rus21 (0,52%)
qirg‘iz2 (0,05%)
turkman12 (0,30%)
tatar12 (0,30%)
koreys4 (0,10%)
eroniy76 (1,89%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,02%)
 
MFY qisqacha tarixi

SAMARQAND SHAHAR “AL-BUXORIY” MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INI

 

       «AL-BUXORIY» MAHALLASI. Samarqand shahar Tong ko‘chasi 49 uyda joylashgan, tel.raqami 239-45-70. Samarqand shahar “Al-Buxoriy” mahallasi shaharning So‘g‘diyona maskanida joylashgan, “So‘g‘diyona”, “Nodrabegim”, “Ma'shal”, “Uvaysiy”, “Shodlik” va Samarqand tumanining “Buxor” mahallalari bilan chegaradosh.

       Samarqand shahar “Al-Buxoriy” mahallasi 1996 yil 24 avgustda sobiq Temiryo‘l tumani xokimining 314-Q qaroriga asosan tashkil etilib,  mahallaga buyuk bobokolonimiz imom Al-Buxoriy nomi berilgan.Mahalla markazi hashar yo‘li bilan qurilib, bu ishlarni tashkil etishda mahallada istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolari faol ishtirok etishgan, ayniqsa mahalla faollaridan Marxum Sodiqov Hamraqul bobo boshchiligida, marxum Yakubov Yoqub aka, marxum Djurabayev Xurshid aka, Boynazarov  Rahim aka, Marufov Baxrom aka, Shukurov Doniyor akalar, ayollardan Qayumova Norchuchuk opa, Yarashova Oybahor opa, Marupova Rayxona opalarning mehnatlari ko‘proq singan. Ushbu insonlar mahallada istiqomat qilayotgan aholini birlashtirib, bu savob ishni amalga oshirishda homiylarni jalb qilib mahalla markazining binosini tiklashgan. Birinchi bo‘lib mahallaga marxum Sodiqov Hamroqul bobo mahalla raisi bo‘lib, xalq tomonidan saylangan va 16 yil mobaynida mahalla fuqarolar yig‘inini boshqarib kelgan. O‘z ish faoliyati davomida mahalla xududida ko‘pgina obodonlashtirish ishlarini amalga oshirgan, ya'ni manzarali va mevali daraxtlar o‘tkazish, bolalar maydonchalarini tashkil etilishida bosh-qosh bo‘lgan.

        Mahallaga marxum Sodiqov Hamroqul bobo nafaqaga chiqqanidan so‘ng marxum  Asliyev Boturboy,Yusupovich  so‘ngra  marxum Ogay Larisa raislik qilishgan. 2013 yil noyabr oyidan  mahalla raisi lavozimida Xudoyberdiyev Mahamadi Saydullayevich, Nasrullayeva Xolida, 2019 yil may oyidan Islomov Valijon Xamidovich, 2021 yil yanvar oyidan to xozirgi kungacha maxalla raisi lavozimida Kuvatova Jamila Yusupovna faoliyat yuritib kelmokda.

      2017 yil 2 fevraldagi Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining

108-13-sonli qaroriga asosan mahallalarni takomillashtirish tadbiriga binoan “Al-Buxoriy” mahallasiga “Tong” mahallasi qo‘shib berildi. Bundan oldin “Al-Buxoriy”mahallasida 15 ta ko‘p qavatli uy, 556 ta xonadon, 2043 ta aholidan iborat edi. Ikki mahalla qo‘shilishi natijasida mahalla xududi kengayib, 30 ta ko‘p qavatli uy, 1185 ta xonadon, aholi soni esa 4029 nafarni tashkil qilmoqda..  Mahallada ko‘p millat va elatlarga mansub fuqarolar istiqomat qilib, aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi. Bundan tashkari rus, tatar, tojik, eronli, armani, korets, uygur, boshkir, va boshka millat vakillari istikomat kiladi Sobiq “Tong”mahallasi 2002 yil muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Samarqand viloyat xokimi bo‘lib ishlagan davrida tashkil qilingan bo‘lib, shu vaqtda mahalla binosi va “So‘g‘diyona”istiroxat bog‘i muxtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan barpo qilingan.Ushbu Sug‘diyona istiroxat bog‘i urnida xozirda “Femele park va Sogdiana Grant” mexmonxonasi barpo etilgan.

      Mahalla xududida obodonlashtirish ishlarini olib borish, xududni toza saqlash, ko‘p qavatli uylarni o‘z vaqtida ta'mirlash, istiqomat qilayotgan aholilarga qulaylik yaratish uchun uchta xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari tashkil qilingan, “Musheg‘” kommunal servis shirkati raisi-A.Gukasyan, “Tong”kommunal servis shirkati raisi-  hamda “Tong plyus”kommunal servis shirkati raisi-S.Stepanova faoliyat yuritib kelishmoqda. 30 ta ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolarni birlashtirish, tashkil qilinayotgan ishlarni tez va sifatli bo‘lishini amalga oshirish maqsadida 24 ta uy boshqaruvchilari saylangan.  Bular: A.Gukasyan, S.Latipova, S.Nasriddinov, N.Djalilova, G.Raximova, G.Hamrayeva, R.Marupova, Z.Djalilova, M.Juliyev, F.Muxtorova, N.Qayumova, R. Boynazarov, , B.Marufov, S.Bagiyans, L.Samigulina, S.Islyamova, A.Rajabov, S.Stepanova, M.Hamrayeva, A.Nabiyev, M.Rustamov, M.Adilova va U.Mardonova, N.Turakulova.

     Mahalla xududida So‘g‘diyona  Grant mexmonxona, Femeli park  Viloyat bolalar uyi, 32 ta savdo do‘koni, 3 ta guzallik saloni, 2 ta dorixona,  2 ta tish davolash muassasasi,  va 1 ta restoran, 1 ta  choyxona mavjud. Ushbu mahalla xududida joylashgan turli soxaga oid obyektlar mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatib, ularning og‘irini yengil qilishda o‘z xissalarini qo‘shishmoqda.

       Mahalla xududi 6 ta guzardan iborat bo‘lib, birinchisida 7 ta ko‘p qavatli uy, XUJMSH binosi, ikkita bolalar maydonchasi va Viloyat bolalar uyi joylashgan, ikkinchi guzarda 5-ta ko‘p qavatli uy mavjud va bu xududda yangi uchinchi guzarda 7-ta ko‘p qavatli uy, bitta bolalar maydonchasi mavjud  bo‘lib, shu xududda xudud profilaktika inspektoriga yangi zamonaviy uy qurilgan. To‘rtinchi guzarda beshta ko‘p qavatli uy, bitta bolalar  maydonchasi mavjud, beshinchi guzarda mahalla markazi binosi, Bolleng ball xizmat kursatish obekti, 5-ta ko‘p qavatli uy, bitta sport majmuasi va Feiyeli park, oltinchi guzarda to‘rta ko‘p qavatli uy, bitta bolalar maydonchasi mavjud, xozirgi vaqtda bu xududda bitta ikki qavatli savdo do‘koni qurilgan. Bundan tashqari mahalla xududida Femeli park va Sogdiana Grant mexmonxona barpo etilgan bulib ,  umumiy maydoni 5,2 gektarni tashkil etadi, bugungi kunda ushbu kurilgan binolar davlatimiz tomonidan qabul qilingan dasturga asosan 2018 yilning may oyida qurib bitkazilib, ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu ko‘ngilochar sport majmuasi ishga tushgandan so‘ng xududda istiqomat qilayotgan fuqarolar va ularning farzandlariga, tashrif buyuradigan  mehmonlarga, shahrimiz fuqarolariga maroqli dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi.  

       Mahallada ikkinchi jahon urushi qatnashchisi marhum Ananina Antonina,  front orti mehnat qahramonlaridan Linina Mariya, Orlova Mariya, Samarqand Davlat Universitetida ko‘p yillar faoliyat yuritgan marxum  dotsent Bozorov Vosi, Tibbiyot fanlari doktori professor Abdurahmon Mamadaliyev, yuqumli kasalliklari bo‘yicha professor Maya Qudratova, Moliya a'lochisi marxum Ikrom Xotamovich, Afg‘oniston urushi qatnashchilaridan Sodiqov Baxtiyor,  Kirimov Ziyadin Muedinovichlar, Rasulov Qurbon Fayzullayevich, Axrorov Shavkat Avdullayevich istiqomat qilib kelishmoqda.   

     Mahallada voyaga yetmaganlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.Jumladan So‘g‘diyona maskani 38 uy 11 xonadonda istiqomat qiluvchi 2001 yilda tug‘ilgan Oblaqulova Nilufar Abdug‘ani qizi 9 yoshidan sportning akrobatika turi shug‘ullanib, yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligining g‘olib va sovrindori, O‘zbekiston terma jamoasi 2012 yilda Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqasi ishtirokchisi sport ustaligiga nomzod, xozirda erkin kurash sovrindori.So‘g‘diyona  maskani 33 uy 16 xonada yashovchi,  Naimov  Abdullo Tolmasovich 5 yoshidan sportning akrobatika turi bo‘yicha muntazim shug‘ullanib, 2017 yil sentyabrda Osiyo chimpioni xalqaro turnirda 3 o‘rin, 2016 yilda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Jizzax viloyatlarida birinchi o‘rinlarni olib kelgan 30 dan ziyod medallar bilan taqdirlangan. So‘g‘diyona maskani 35 uy 27 xonadonda istiqomat qiluvchi 2009 yilda tug‘ilgan Nasimboyeva Guli Abdurasul qizi 3 yoshidan sportning gimnastika bo‘yicha shug‘ullanib, Rossiya, Tayland, Turkiya, Gruziya davlatlarida sovrinli birinchi o‘rinlarni olib, eng birinchi g‘oliblikni 5 yoshida Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan musobaqada sovrinli birinchi o‘rinni egallagan,  O‘zbekiston chimpioni. So‘g‘diyona maskani 44 uy 36 xonada yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan Bozorov Asqar Baxodir o‘g‘li MUAYTAY sport turi bo‘yicha Osiyo chimpioni, Toshkent va Buxorada  bo‘lib o‘tgan musobaqalarda  Osiyo chimpioni,  Respublikada, Samarqandda o‘tkazilgan musobaqalarda sovrinli birinchi o‘rinlarni egallab kelgan. Bundan tashqari xozirgi vaqtda mahalla xududidagi sport majmualarida 200 dan ziyod yoshlar sportning badiiy gimnastika, gimnastika, TAEKVANDO, boks, futbol va kurash yo‘nalishlarida muntazam shug‘ullanib o‘zlarining mahoratlarini oshirib kelishmoqdalar. Bundan tashkari 48-uy 27-xonadonda aka-ukalar J.Amonov va Sh.Amonovlar shaxmat va tekvando, 29-uy 6-xonadonda Sh.Eshnazarov  xam shaxmat buyicha bir necha bor chempionlikni kulga kiritgan Bu yoshlar kelajakda Vatanimiz, viloyatimiz, shahrimiz sharafini himoya qilib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishiga aminmiz. Mahallada har yili davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan yil nomlanishi bo‘yicha Davlat dasturi tuzilib, ushbu dastur asosida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlar  rejalari tuzilib, mahalla uchun dastur ishlab chiqiladi. Shu dastur asosida mahalla xodimlari va faollari o‘z dasturlarini ishlab chiqib, mahallada quyidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan “Navro‘z” umumxalq bayrami, Davlatimiz mustaqilligi qabul qilingan kun va boshqa bayramlar o‘tkazilishi, mahalla xududida yaqin joylashgan 63,64-maktablar “Balli qizlar”, “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash”, “Sog‘lom turmush tarzi” kabi mahallada keksa otaxonu-onaxonlar ishtirokida yoshlar bilan davra suhbatlari, qaynona-kelin munosabatlari to‘g‘risida amaliy yakka tartibdagi suhbatlar va boshqa shu kabi tadbirlar yil davomida o‘tkazilib kelinmoqda.