Samarqand shahri Devori Ko‘ndalang MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Nor Yokubov ko‘chasi 41
Telefon raqami: 991155678
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2401
Ayollar soni: 1281 (53,35%)
Erkaklar soni: 1120 (46,65%)
Xonadon soni: 410
Oila soni: 627
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2047 (85,26%)
tojik341 (14,20%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,08%)
rus3 (0,12%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa8 (0,33%)
 
MFY qisqacha tarixi

                                SAMARKAND SHAXAR« DEVORI KUNDALANG»

                                        MAXALLASINING   TARIXI

      «Devori Kundalang» maxallasi  uzok ta'rixga ega.Meloddan oldingi yillarda va kiyinchalik mamlakatni,poytaxtni,  shaxar va xarbiy kal'ani dushmandan mudofaa kilish maksadida katta-katta devorlar yasalgan.Xitoy mamlakatidagi «Ulug devor», «Devori kundalang» shular jumlasidandir.Ammo kup joylarda shunga uxshagan devorlar xom gishtdan kurilganligi sababli  jangu-jadallar, kishni injikliklari ostida yemirilib ketgan,lekin taxkursiylari yer ostida kolib ketgan.

       Mudofiaviy devorlar kurish urta asrlarda Osiyo va Avrupa mamlakatlarida avj olgan va xususan mamlakat poytaxtni mudofaa kilishda mustaxkam devorlar kurilgan. Bu ta'rixiy xolatni urta  asr ta'rixidan mutaxassislar yaxshi biladi.

      Suz «Devori Kundalang» xakida ketsa shuni aytish mumkin, kim Samarkand shaxri AmirTemur bobomiz davrida poytaxt bulgan va Amir Temur nixoyatda kup xarbiy (29 marotiba) yurishlar kilgan. Shuning uchun vaziyat poytaxtni muxofaza kilishni takozo etgan. Bundan tashkari bizga yetib kelgan ma'lumot va rivoyatlarga karaganda «Devori Kundalang» ning kurilishi   XIV-XV asrlarda tugri keladi. ya'ne Amir Temur xukumronlik kilgan davr, ushbu devorni kurilishiga sabab bulgan. Kup marotiba «Devori Kundalang» degan devor bulganmi-yukmi, degan savollar fukarolar orasida paydo bulgan.Ushbu savolga javob berib tarixiy xujjatlar manba'larga asoslanib ishonch bilan aytish mumkinki devor xakikatdan xam bulgan.

        Isbot uchun misollar:

1.Manba' va rivoyatlarga karaganda Amir Temur zamonida Samarkand atrofida 6-ta darvoza bulib xorijdan kelgan mexmonlar, savdogarlar kelib ketgan va shaxarda ushbu darvozalardan kirib chikkan. Demak darvozalar devorsiz bulmaydi. Kurinib turibtiki «Devori kundalang» bulgan. Xozirgacha yetib kelgan «Dari Zanjir», «Darvozai Xuja Axror», «Darvozai Poykavok» kabi iboralar devorni bulganidan dalolat beradi.

2.Sovet davlati ta'rixidan ma'lumki 30 yillarda Uzbekistonda kolxozlashtirish yerlarni melioratsiya kilish siyosati utkazildi. Ushbu davrda maxalla fukarolari Xalilov Barot bobo zveno boshligi,   Kamolov Bako kolxozchi sifatida ishlagan.(Bular 80-83 yoshda vafot etgan.)Yerni tekislash davrida balandliklarni ketmon bilan chopib past yerlarga tashlash vaktida ketmonlari katta xom gishtlarga duch keladi.Gishtlarni maydalab past yerlarga tashlaydilar. Kolxozchilarni aytishlariga karaganda gishtlarning uzunligi 60 sm eni 30 sm, kalinligi 10 sm barobar kelgan.Ushbu davrni koldiklari xozirgi «Devori kundalang» maxallasi xududidan topilganligi devorni borligidan dalolat beradi. Shunday kilib «Devori kundalang» degan inshoot bulgan (eni 1 m ga barobar bulib sokchilar bemalol ustiga yurib shaxarni kuriklagan) va ba'zan «Devori Kiyomat» deb ataganlar.

    Nima sababdan ushbu devor xozirgi «Devori kundalang» maxallasi xududiga kelib «Kundalang» bulgan?

Javob: Tarixiy manba' va rivoyatlarnga asosan devor xozirgi Samarkand tumaniga karashli «Dexnov» kishlogidan tikka kurilib Daxbed tomoniga davom ettirilishi kerak bulgan, ammo kurlish xozirgi «Devori kundalang» maxallasi xududiga karashli katta jarlik bulib urtasidan arik utgan. Xozirgacha ushbu joy bor.

    Devorni kurilishi jarlikdan utishi mumkin emasligini xisobga olib jarlik atrofidan aylanib utgan va xozirgi «Limonadniy» degan mavzedan utib xozirgi Daxbet kuchasi tomoniga davom ettirilgan. Ushbu aylanma devorni maxalliy axoliy «Devori kundalang» deb atagan va bu ibora zamonlar utib bizgacha yetib kelgan.Ushbu maxallada axoli asosan dexkonchalik bilan shugullangan va xar xil boglar bulgan, kiyinchalik «Olmazor» bogi xam paydo bulgan. Ma'lumki XX- asrning 50-60 yillarda kurilish uchun yer ajratish boshlandi. Shuning uchun «Devori kundalang»xududidagi dexkonchilik yerlari taksimlandi, boshka joylardan kelib imorat kilgan fukarolarga «Olmazor» bogi xam ajratib berildi. Ushbu nomni abadiylashtirish uchun fukarolar uzlari yashagan kucha va maxallani nomini «Olmazor» kuyishga karor kilgan va usha 70-yillarda Samarkand shaxar Ijroiya Komitetining karori chikkan, bu nom 90-yillargacha davom etgan.

     Nixoyat mustakillik bulganligidan sung Uzbekiston xukumati uzligimizni tiklash, tarixiy nomlarni tiklash xakida karor chikkanidan kiyin maxalla axli yigilishida kaytatdan tarixiy nom «Devori kundalang» nomini kaytarishga  karor kildi va Samarkand shaxar xokimiyati tomonidan ushbu karor tasdiklandi.

Ilgari ushbu maxallada 1-dona kucha «Oxalik» kuchasi bulgan bulsa xozirgi vaktda kattayu kichik 18 ta kucha, 2200 dan ortik axoli, 550 tadan ziyod oila, 7 xil millat vakillari inok yashab kelmokda.

Ushbu maxallada  Xusainov Umarkul aka (20 yil), Karimov Tilavkul aka (22 yil), Sadullayev Xabibullo aka (5 yil), Sobirov Mavlon aka (9 yil), Boboyev Ergash aka (8 yil) va Nurmuxamedov A'zam akalar (13 yil) oksokollik vazifasida ishlab kelgan. 2003 yildan to 2016 yilgacha MFY raisi lavozimida Ne'mat Zoxidov fidokorona ishlab kelgan.

      Samarkand shaxar «Devori kundalang» maxallasi xududida «Ma'naviyat va ma'rifat markazi»( markazda maxalla kutubxonasi, inglis tilini chukur urgatadigan kurs, kompyuter saboklari, shaxmat - shashka klubi, fitnes zali joylashgan),  2ta umumta'lim № 9 va № 46 son maktablari, Viloyat yer mulk kadastri korxonasi, 2-ta sartaroshxona, 2-ta ozik-ovkat dukoni xamda gusht maxsulotlari bilan savdo kiluvchi dukonlar joylashgan.

Izox

Kushimcha ma'lumotni Uzbekiston Ensiklopediyasining «D» alfavitidan topish mumkin.