Samarqand shahri Chilstun MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Bog‘imaydon ko‘chasi 91 uy
Telefon raqami: 991155745
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2260
Ayollar soni: 1138 (50,35%)
Erkaklar soni: 1122 (49,65%)
Xonadon soni: 316
Oila soni: 538
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1388 (61,42%)
tojik954 (42,21%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa0 (0,00%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Chilstun” Mahalla fuqarolar yig‘ini

                                                

M.F.Y nomi: “Chilstun” mahalla fuqarolar yig‘ini 

Aholisi: 2342 nafar

Milliy tarkibi: Mahallamizda asosan o‘zbek, va tojiklar yashaydi. Ulardan tashqari rus, tatar va boshqa millatlar ham yashab kelmoqda.

Tashkil topgan yili: 1973 yil

Mahalla nomini tavsifi va tarixi: “Chilstun” qadimdan ma'lum bo‘lib, buyuk bobomiz Amir Temurning “Bog‘imaydon” bog‘larida joylashgan bo‘lib, qadimda “Bog‘imaydon” ning markazi hisoblangan “Chilstun” 2-qavatli 40 ustunli masjid bo‘lgan.  Uni qurilishi buyuk bobomiz Mirzo Ulug‘bek davrlarida to‘g‘ri keladi. Bu haqida Zaxridin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Ali Yazdining “Zafarnoma” asarlarida ushbu yurt haqida manbalarida ko‘rsatib o‘tilgan.

Mahalla ziyoli va faollari: Mahallada buyuk olimu shoirlar yashab o‘tgan. Jumladan akademik olim, tilshinos T.Zexniy, yozuvchi va shoirlar A.Dehotiy, B.Ortiqzoda, buyuk pedagoglar H.Sattorov, S.Fozilova, Sh.Sadriddinzoda va boshqalar. Hozirgi paytda mahallada meditsina fanlari doktori, dotsent S.Narzulloyev, ichki ishlar xodimlari polkovnik S.Zoxidov, Sh.Sadriddinzoda, davlat organlarida bir necha yillar ishlaganlar D.Imomova, M.Qurbonova, muxandis bo‘lib ishlagan A.Mirzoyev va “Ovozi Samarqand” gazetasining muxarir muovini T.Azimov yashab mahalla ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar.

Chegaradoshligi: “Bog‘imaydon”, “Obi Raxmat”, “Qir”, “Xoja Doniyor” Mfylari bilan chegaradosh hisoblanadi.

Mahalla ko‘chalari va nomlari: Mahallada 2ta “Afrosiyob” va “Chilstun” ko‘challari mavjud.

Ijtimoyi soha obektlari: Mahallaning asosi drayveri asalarichilikdan iborat bo‘lib, mingdan ortiq asal ari oilalari mavjud. Bundan tashqari mahallamizda 4ta Oziq ovqat do‘koni, 3ta go‘sht do‘koni, 2ta Go‘zalik saloni, 3ta sartaroshxona, 1ta ayollar tikuvchilik sexi, 1ta umum ta'lim maktabi va 1ta MTT muassasasi mavjud.