Samarqand shahri Chashma MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: X.Doniyorbek 1 tor ko‘cha 3 A uy
Telefon raqami: 66-231-23-91
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2021
Ayollar soni: 1010 (49,98%)
Erkaklar soni: 1011 (50,02%)
Xonadon soni: 267
Oila soni: 569
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1127 (55,76%)
tojik892 (44,14%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman1 (0,05%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy1 (0,05%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa0 (0,00%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand  shahar «Chashma»  mahalla fuqarolar yig‘ini

T A R I X I

Samarqand  shahar «Chashma»  mahalla fuqarolar yig‘ini

( Xo‘ja Doniyorbek ko‘cha 1 tor ko‘cha  8  uy, telefon:  +99866  231-22-36 )

Mahalla  «Ustozlar»,  «Luchchakon», «Xo‘ja Ahrori vali», Qo‘shchinor», «Zardo‘zlar»  mahallasi  bilan  chegaradosh.

«Chashma»  mahallasi   uchta  mahalla  «Doniyorbek», «Qo‘lba»,  Degrezon» bilan      birlashib  «Inqilob»  mahallasi  deb  nomlangan  edi.

             2009 yil  2  dekabr  Samarqand shahar  Hokimining  1831-Q-sonli  qarori  bilan  «Inqilob»  mahalla  fuqarolar  yig‘ini  «Chashma»  MFY ni bo‘lgan.   

Xonadonlar soni – 269

Oilalar soni -569

Aholi soni – 2021 nafar

Erkaklar – 990 nafar

Ayollar  -   1031 

 

Xasanov Ikrom Raxmonkulovich –               MFY raisi: -               (90) – 250-27-11

Xasanova  Gulchexra       –                               Mahalla faoli  -          (93) -720-79-76

Turobov Doston       -                          7-IIB profilaktika inspektori,  fukarolar yigini 

                                                         raisning huquq-targ‘ibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:

                                                             (99) -878-11-94

MAHALLANI  TARIXI:

             «Doniyorbek»  -Samarqand shahrining janubiy-sharqiy qismida XVIII-XIX  asrlarda tashkil topgan. Mahalla  hududining shimolida  Qo‘lba, sharqida Darvozai Xo‘ja ahror, g‘arbidan Masjidi Naqshin, janubida Mullo Qalandar jamoalari joylashgan. Mahalla chegarasida ikkita masjid, oltita mozor , 22 maktab, buloq,  karvonsaroy, hujralar, tahoratxona mavjud bo‘lib, ularning aksariyati buzib tashlagan .

            «Degrezon»- XVIII-XIX asrlarda ushbu mahalla Samarqand shahrining g‘arbiy-   shimoliy mintaqasida vujudga  keldi.

 Degrezon mahallasining  hududi  Xoja  Ahror  darvozasi  mahallasiga  tutash  Toshoxurdan  boshlanib , Ibn Sino  ko‘chasi  uzra  suyak  sili  kasalliklari  kasalxonasigacha , chapdan  Termez  ko‘chasining Toshoxur  qismidan  1- Muliyongacha  bo‘lib Urgshanch ko‘chasi  esa  Urganji  makhallasidan  ajratib  turadigan chegaradir. 50- yillarda  Urganchi  ko‘chasining  Darvozai  Xo‘ja  Ahror  qismidagi  joyi  berkitildi  va  dorixona, oziq-ovqat, sabzavot  do‘konlari  qurildi. Shu  mintaqada  joylashgan  saroy, kolxoz  do‘koni  ham  barham  topdi. Shu  zaylda  mahalla  hududining  asosiy  qismi  davlat  tasarrufiga  o‘tdi.

            Mahalla hududida ikkita masjid mavjud bo‘lib, ulardan biri hozirgi choyxona binosining, ikkinchisi esa sobiq sabzavot do‘konining orqa qismida edi. Birinchi masjid 30-yillarda butunlay buzib tashlanadi. Ikkinchi masjid esa XIX asrning 70 yillarida barpo etilgan edi.. Bu masjid Urganch ko‘chasining bosh qismida joylashgan bo‘lib, uning oldida choyxona va hovli mavjud edi. Bu masjid ham XX asrning 50-yillarida  buziladi.

           Quddus Bobomurodov va Abdullo Abdug‘aniyevlarning ma'lumotlariga qaraganda, masjidning   barham  topilishi  arafasida  Mullo  Tursun, mullo Sharif  va  Orif  Gulxani imom xatiblik  vazifasini  bajarganlar.  Sho‘rolar  Hukmronligi davrida  masjid binosi  «Rodina» arteli  tasarrufiga o‘tib, metall saqlash  omborxonasiga  aylantiriladi va uzoq muddat ta'mirlanmaganligi  oqibatida  xarobaga  aylanadi.

          Sebzor  qabristonnining  Toshoxur  hududidagi qismida  8-son  to‘liqsiz  maktab  binosi qurildi. Hozir ham maktabda jismonan nogiron bolalar tahsi oladilar.  Bu  maktabda  30-yillarning  oxirigacha  qo‘shni  mahallalarning  farzandlari boshlang‘ich  ma'lumot  olganlar. 1936  yil  22- son  o‘rta  maktab  foydalanishga topshiriladi va o‘quvchilar to‘liq o‘rta  ma'lumot  olishga  erishadilar.

            Keyinchalik  mahkallaning  nomi  Namozgoh -1  ga  aylantirildi, uning  hududi  Samarqand  shahriga  tutash  «23 –fevral»  jamoa  xo‘jaligigacha  davom  etgan. Ana shu  mintaqada yangi  mahallalar  vujudga keldi. 1985  yilda  xalqlarning  ikkinchi  jahon  urushidagi g‘alabasiga  40- yil  to‘lishi  munosabati  bilan  mahallaga  «G‘alabaning  40  yilligi»  nomi  berildi.O‘zbekistonning  milliy  mustaqilligi  sharofati  bilan  mahalla  asl  nomi  bilan  atala  boshlandi.

          Mahalla  hududining  chap  tomonida  Yori  devona  qabristoni  mavjud. Chor  rossiyaining  qarori bilan  kata  Termiz  ko‘chasi  qurilganligi   sababli  qabristonning  ko‘p  qismi  buzilib, qolgan  joylar  fuqarolarning  hovlilariga  aylandi.

          Ayrim   manbalarda  Degrezon  mahallasi  «Yaxchiho»  deb  nomlangan. Bunga  asos bor  albatta. Yori  devona  qabristonnining  mahallaga  tutash  joyida  suv  ombori  mavjud  bo‘lib, odamlar  qish  vaqtida  muz  qatlamlarini  kesib  maxsus  muzxonalarda  saqlaganlar. Yozning  issiq pallasida, ya'ni  muzga  ehtiyoj kata bo‘lgan  paytda  do‘kon  va  rastalarda ishlatganlar. Bu  ishda  Ergash, Qobil  va  Murod  bobo  aravakashlarning xizmati  katta  edi.

            Mahallaning  boshqa  nomi  Degrezon  bo‘lib, qadim  zamonlardan  mahalla fuqarolari  degrezlik  kasbi  bilan shug‘ullangan. Murod degrezning  hovlisida  maxsus  ustaxona, qozon  qoliplari, metallni eritish  qozonlari  mavjud edi. Turli hajmdagi  qozonlar, dehqonlarning  qo‘sh  haydab ishlov  berish  uchun  tishlar  ishlab chiqarilib  mijozlarga  yetkazish  yaxshi  yo‘lga qo‘yilgang  edi.

           Mahalladoshlar  jamoasining  nomini  «Bofanda»  deb  atashga  ham  rozilak  bderishdi. Buning  sababi, ushbu  mahalla tarixida  bofanda (tikuvchi) oilalar talaygina  edi. Hozirgacha  bofandalar  Ahmad, Hamid, Sharif  va  Rahim  bobolarning  nomini  ko‘pchilik eslaydi. Ular  olacha, beqasam, karvos, shohi  to‘qishga  qo‘li  gul  usta  insonlar  edilar.

            Muzchilik  kasbi tugashi bilan suv ombori o‘rnida choyxona, nonvoyxona, halvogarlik xonalari  qurildi. Urush yillarida bu xonalarga Polshadan ko‘chib kelgan  oilalar  va  5-son  vino  ishlab  chiqarish  zavodining  yotoqxonalari  joylashtirildi. Shu  tarzda mahalla ixtiyoridagi  binolar asta-sekinlik bilan davlat tasarrufiga  o‘ta  boshladi. Mustaqillik yillarida bu  joylarda  yangi tipdagi  choyxona,  bog‘ va xotira  maydoni  barpo  etildi. Mahalla  hududi Samarqandning  o‘rta  asr ixota devorlari  yonida joylashgan  bo‘lib, uning chegarasida  Yori  devona  va  Sebzor  mozorlari  bor. Mahallaning  Termez  ko‘chasidagi  aholi  hovlilari  Yori devona  mozorining  buzilgan  qismida  barpo qilingan. Mahalla bir  necha  yillar  Namozgoh  mahallasi  tasarufida edi.  60- yillarda  mustaqil  mahalla   maqomini  oldi.

            Jamoaning ikkita masjidi dindorlarning xizmatini bajargan edi. Masjidlar buzilib, uning  o‘rniga  savdo  do‘konlari, dorixona  va boshqa  davlatga qarashli  binolar  qurildi.  Masjidlarga  qarashli  hovuzlar, tahoratxona  va  hujralar  ham  barham  topdi.

          Mahallaning  sharqiy  qismida  Naqshband tariqatining  namoyandasi Jonfidoning  qabri  mavjud. Abdul  Qosim  Jonfido  XV asrda  yashab, Hazrat Xoja  Ahrorning  yaqin  muridi  edi.

Qo‘lba -  Mahalla  Samarqandning  qadimgi  qal'asi, Xo‘ja  Axror  va  So‘zangaron  darvozalariga  tutashgan  joyda  vujudga  kelgan. Mahalla chegarasida qadimgi  Yori  Devona, Sebzor  qabristonlari, Doniyorbek mozori, Novadon  arig‘i  joylashgan. Qo‘lba  mahallasi  (  Inqilob)  Samarqandning  arxeologik  boy  mintaqasida  joylashgan. Ba'zi  kishilar  uni Boloi  qal'a  deb  atashganlar. Buning  sababi  bor, albatta.  Zero, Qo‘lbaning  asosiy  hududini  shaharning  XI-XII  asrdagi  ihota  qal'alari  tashkil  qiladi. Ming  afsuski, tarixini unutgan  ba'zi  fuqarolar  qal'alarni  buzib  o‘z  hovlilariga  qo‘shib  yuborganlar.

         Mahallaning  avvalgi  nomi Qo‘lbacha  bo‘lib, keyinchalik  Qo‘lba  deb  atadilar. Buning asosiy  sababi  mazkur  maskanning  tub aholisi  Samarqand tumanining  Qo‘lba  qishlog‘iga  maansubdir. Bahordan  kuzgacha  qio‘loqda  dehqonchilik  va  bog‘dorchilik  bilan shug‘ullanib,  qish  faslida  shahardagi  hovlilariga  ko‘chib  kelganlar. Shu  boisdan Qo‘lbacha  katta  qishloqning  shahardagi  bir qismi  sifatida  tan  olingan.

            Marhum  Tohir  aka  Mansurovning  so‘zlariga qaraganda, odamlar  yangi  uy  qurish  yoki  uni  ta'mirlashda  ichiga  qul solingan  sopol  idishlarga  duch  kelganlar. Taxmin  qilishlarcha, bu ko‘hna  zaminda  hindlar  istiqomat  qilganlar  va  ularda  o‘liklarni  kuydirgach, kulini  maxsus  sopol  buyumlarga  solib  ko‘mish  odat  tusiga  kirgan  ekan.

            Mahallaning  masjidining Hoji  Madixo‘ja  nomli  shaxs  o‘z  hisobidan  barpo  qilgan. Masjidning  chap  tomonida  hujralar, tahoratxona  va katta  hovuz bor edi.  Musulmonlar  bu  muqaddas  maskanni nihoyatda  soya, salqin  va  shinam saqlagan.  Masjidga  imomlik  vazifasini  Qori  Ibrohim  bajarganlar.

Mahalla  fuqarolarining  do‘stligi  va  hamjihatligi  obodonlik  ishlarini  olib  borishga  xizmat  qilgan. Aravakashlar  Quli  bobo, Sharif  bobo,  Xoja  Oxunicho‘b  qurilish  materillarini  o‘z  vaqtida  yetkazib,  masjid  binosini,  ariqlarni, yo‘llarni  barpo  qilishga  erishganlar.  Bu  ishlarni  amalga  oshirishga  mahalla  oqsoqoli  Sharif  bobo  boshchilik  qilgan.

            Masjid  binosini  barpo qilishda  mahalla  ustalari  ayniqsa  jonbozlik  ko‘rsatgan. Bu  o‘rinda  usta  Xudoyqul boboning  hissasi  kata edi.

Mahallaning  nomi  turli  davrlarda  tez-tez  o‘zgartirilgan edi. Inqilob, Xojimurod, Andijoni, Serafimovich  nomiga  qo‘yilgan  mahalla  Sharifxo‘ja  jamoasiga  qo‘shilib, yana  o‘z  nomini  olishga  erishdi.

Bu  sarzaminda  turli  kasb  egalari  avlod-avlod  bo‘lib  yashaganlar. Attorlik, charmgarlik, kavshdo‘zlik, etikdo‘zlik  ustoxonalarida  kosiblarning  mehnati  avjida  edi.  Hunarmandlarning  shaxsiy  do‘konlarida  ishlab  chiqilgan  mahsulotlar  mijozlarning  o‘sib  boradigan  ehtiyojlarini  qondirish  darajasida  rivojlangan.

              Mansur boboning  «Bog‘dod» va «Uvaysi»  eshiklari, Odil  boboning  amirkon  va  bo‘lg‘ori  poyafzallari, Ergash  boboning  lazzatli  zig‘ir  va  kunjut  yog‘i, Xudoyqul  duradgor, Rajab, To‘ra, Shukurullo, po‘