Samarqand shahri Halqobod MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: madaniyat ko‘chasi 29 A uy
Telefon raqami: 991155748
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2590
Ayollar soni: 1340 (51,74%)
Erkaklar soni: 1250 (48,26%)
Xonadon soni: 373
Oila soni: 627
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1760 (67,95%)
tojik782 (30,19%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus30 (1,16%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar12 (0,46%)
koreys3 (0,12%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy3 (0,12%)
boshqa3 (0,12%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar Xalqobod maxallasinining tashkil etilganligi to‘g‘risida ma'lumot.

 

Samarqand shaxar “Xalqobod” maxallasining avvalgi nomi “Tegirmon 2” deb nomlangan. Maxalla xududida 1938-1940 yillarda tegirmon faoliyat ko‘rsatilganligi sababli, ushbu nom berilgan. Tegirmon Obi Mashxod kanali ustiga qurilgan. Maxalla xududida o‘sha davrda 65 ta xonadon mavjud bo‘lgan. Maxallada yashagan fuqarolarning ko‘pchiligi Xudjum pillachilik fabrikasida faoliyat ko‘rsatan. Fabrika direktori Bazalov Nosir bo‘lgan, keyinchalik Siyob tuman ijroiya komissiyasining raisi vazifasida ishlagan. Maxallada rus, tatar, o‘zbek, tojik, afg‘on, nemis, lo‘li, yaxudiy va ozar millatiga mansub aholi istiqomat qilib kelgan.

            Maxallaning birinchi raisi Xamrayev keyingilari Negmat aka, Mo‘min Jalilov, Mansur Soleev, Rofiq Azimov, Yaxyo aka, Ziyo aka, Muxtorov Baxtiyorlar faoliyat ko‘rsatib kelgan. O‘sha davrda qo‘shni maxalla xam tashkil etilib unga “Tegirmon 1” deb nom berilgan. 1978 yilda Registon ansambli atrofining kengaytirilganligi sababli, u yerda yashagan fukarolarni maxalla yonidagi sobiq O‘zbekiston kalxozining yer maydoniga ko‘chirishgan va yangi maxalla tashkil etib unga Mirzo Ulug‘bek deb nom berilgan. Maxalla raisi etib Jabbarov Raximni tayinlashgan.

            1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maxalla xududida 500 yildan kam bo‘lmagan oilali maxalla oqsoqollariga oylik maosh to‘lash to‘g‘risidagi Farmoniga asosan, “Tegirmon 1”, “Tegirmon 2” va “Mirzo Ulug‘bek” maxallalari birlashtirilib unga Jabbor Azimov nomi berilgan. Obi Mashxad kanali ustiga tegirmon qurilganda ushbu tegirmon boshlig‘i bo‘lgan, keyinchalik maxallalarga shaxsni nomini berish mumkin emas deb “Xalqobod” deb nom berishgan.