Samarqand shahri Xalifa Ibroxim MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: I.Sharipov ko‘chasi 5 a uy
Telefon raqami: 991155687
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2225
Ayollar soni: 1200 (53,93%)
Erkaklar soni: 1025 (46,07%)
Xonadon soni: 311
Oila soni: 625
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1235 (55,51%)
tojik983 (44,18%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,04%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys1 (0,04%)
eroniy3 (0,13%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

“XALIFA IBROXIM”

mahalla fuqarolar yig‘ini

TARIXI

MFY nomi: Samarqand shahar “Xalifa Ibroxim” MFY

Aholisi: 2225 nafar

Milliy tarkibi: O‘zbek, rus,tojik

Tashkil topgan yili: 1962 yil

Chegaradoshligi: “Xuja Abdu Darun” MFY, “Gafur Gulom” MFY, “Muliyon” MFY “S.Ayniy” MFY.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 14-ta - Nizomiy, Dogiston,Kibray,A.Kaxxor,I.Sharipov,I.Sharipov1-yulak, Sh.Akramov,O.Gaybulloyev,O.Gaybulloyev1-yulak,Mirodilov,Tamxid,Tamxid 1-yulak,Tamxid 2-yulak ko‘chalaridan tashkil topgan.

Ijtimoiy soha obe'ktlari: Mahalla hududida 31-umumiy urta ta'lim maktabi, 67-maktabgacha ta'lim tashkiloti, ”Xuja Abdu Darun” kabristoni, ”Xalifa Ibroxim” makbarasi va kichik kabristoni, shulardan tashqari 8-ta savdo do‘koni, 3-maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, 3-ta oshxona joylashgan.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi: 1960 yillarning boshlarida Registon maydoni atrofidagi maxallalarning axolisiga “Muliyon-3” xududidan kurilish uchun yerlar maydonlari ajratildi va yangi kurilgan xonadonlar shaxar tarkibiga kushildi.

1962-1974 yillarda “Muliyon-3” asosida 5 ta maxalla tashkil topdi. Xamza nomli, Beruniy nomli, Gafur Gulom nomli, Xazarbog, Xalifa Ibroxim maxallalari tashkil etildi. Xalifa Ibroxim maxallasi 1992 yilgacha Yangi obod deb atalgan edi.

Maxalla yangi tashkil topgan davrda uning axolisi shaxarning Kulbachcha, Mirza Pulat, Kozi Kalon, Yusupboy maxallalari bilan alokador edi. XX asrning 30 yillariga kelib ular bu yerda mukim urnashib koldilar.

Maxallaning kadimiy ekanligi “Xalifa Ibroxim” maxallasi xududida joylashgan Xuja Abdu Darun majmuasi va kabristoni, Xalifa Ibroxim makbarasi bunga guvoxlik beradi. Xuja Abdu Darun majmuasi maxallaning sharkiy kismida joylashgandir. Kabriston va uning urtasidagi masjidi xujralarning vujudga kelish tarixi VIII-IX asrda yashab utgan Xuja Abdu Darun nomi bilan boglikdir. Bu ulug zot paygambarimiz Muxammad (S.A.V) ga borib takaladi. Paygambarimizning kizlaridan biri Rukiyadan bir kiz, bir ugil tugilgan. Kizni Xuja Muxammad Barax degan kishiga nikoxlab bergan, undan Xuja Abdu Berun farzand tugilgan. U kishi Samarkandda kozi bulib shariat va tarikatni pok saklagan. Bu buyuk insondan Xuja Abdu Darun tavallud topdi, Samarkandning Kavchin maxallasida istikomat kilgan va ollox taolloning ibodati bilan mashgul bulgan. Bu buyuk zot kamolatga yetgandan sung otasi urnida shaxar koziligi lavozimini egallab shariatni xalk urtasida joriy kiladi. Bu ulug zotning avliyolik karomatlari cheksiz bulgan. U kishi xozirgi Abdu Darun masjidi oldidagi xovuzning sufasiga chikib tuplanganlarga islom dini shariatlarini targib kilib va'z aytardi. Xovuzda kurbakalar kup bulib va'z aytishga xalakit berar yedi. Bundan kaxri gazabi kelib Xuja Abdu Darun kurbakalarga “bu yerda yo sizlar turingiz yoki biz turaylik” deganlar. undan sung kurbakalar xovuzni tark etgan ekanlar. Bu xovuzni suvini insonlar tabarruk kilib istemol kilishardi. Ushbu xovuz suvidan olib tukilsa usha joyda xam kurbakalar barxam topar ekan. Xuja Abdu Darun 120 yil umr kurgan, 28 marta xaj safariga borib kelgan. Xijriy 217 yil milodiy 861 yilda vafot etganlar.

XIV asrning oxirida Amir Temur Xuja Abdu Darun majmuasi atrofida uzining «Feruza bogini» barpo etgan edi.

Uning nabirasi Mirzo Ulugbek XI asrda kurilib vayronaga aylangan Xuja Abdu Darun makbarasini kayta tiklaydi va ziyoratxona kuradi. Majmua kurilishi XVI-XX asr boshlarida xam davom ettirildi. Mustakillik tufayli tamirlash ishlari keng kulamda davom etdirilmokda.

Maxallaning “Xalifa Ibroxim” nomi bilan atalishining sababi shundan iboratki, maxallaning markazida Xalifa Ibroxim nomi bilan atalgan makbara va uncha katta bulmagan kabriston mavjudligidir. Xalifa Ibroxim islomiy din bilimdoni bulgan. Samarkandda un yil muxojirlikda yashagan Afgonistonning bulgusi amiri Abduraxmon Xalifa Ibroximning mudiri bulgan. 1897 yilda u amirlik taxtini egallagach pirining kabri ustida makbara kurdirgan. Bu taxminan XIX asrning oxirlarida bulgan bulishi mumkin.

“Xalifa Ibroxim” maxallasida turli yillarda oksokollik kilganlar II- jaxon urushi arafasida Mirsattor Rajabov, II- jaxon urushi davrida Mardon Baxodirov, undan keyingi yillarda 1964 yilgacha Baxronkul Xamrakulov,1964-1968 yillarda Xuseyn Jurayev,1971-1975 yilllarda Omonkul Amirkulov,1975-1976 yillarda Ergash Raximovlarni maxalla fukarolari xurmat bilan xotirlaydilar.Shu katorda maxalla fukarolari II- jaxon urushi katnashchilari Kamar Xakimov, Xamid Baxriyev, Numon Kodirov, Uzok Rozikov, Xamid Sodikov, Bozorbobo, Yax'yo Jurayev, Amon Gaybullayev, Islom Rajabov, jaxon ishtirokchisi tibbiyot faxriysi Jamolxon Isayev, xonanda, ustoz-murabbiy Turakul Xakimov, II- jaxon urush davrida fidokorona mexnat kilgan Asadulloxon Isayev, Juma Fozilovlarni, maxallada 25 yil choyxonachilik kilgan Kaxxor Xolikovlarni xurmat bilan xotirlaydilar.

II-jaxon urushidan sog-salomat kaytib kelib Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi unvoniga sazovor bulgan Abdunasim Gafurov, mexnat faxriysi fidoilari Abduxalil Jalolov, Vase Sobirov, Kilich Xamdamov, Davron Rajabov, Abduxakim Ganiyev, Xosiyat Bokiyeva, Ilyas Xaydarovlarning faolligini maxalla axli unutmaydi.

Sa'dullo Sharipov xozir xam maxalla axlining e'zozidadir. S.Sharipov mexnat faxriysi, pedagog va olim. SamDU tarix fakulteti “Arxeologiya “ kafedrasi katta ukituvchisi. 200ga yakin ilmiy-uslubiy va va ilmiy-ommabop ishlar muallifi. Matbuotda kuplab makolalari e'lon kilingan. 1979-2007 yillar davomida “Xalifa Ibroxim” maxallasiga oksokollik kilib kelgan. 2007 yildan 2018 yilgacha Burxonov Odil Esanovich raislik kilib kelgan.