Samarqand shahri Xo‘ja Zudmurod MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Chorraxa ko‘chasi 91 uy
Telefon raqami: 991155749
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1870
Ayollar soni: 1175 (62,83%)
Erkaklar soni: 695 (37,17%)
Xonadon soni: 393
Oila soni: 584
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1171 (62,62%)
tojik432 (23,10%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus2 (0,11%)
qirg‘iz1 (0,05%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy263 (14,06%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,05%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Xuja-Zudmurod” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

              MFY nomi :  “Xuja-Zudmurod” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Axolisi : 1847 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,ironli,tatar  va boshqa millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil :    kadimiy

             Maxalla nomining tavsifi va tarixi : “Xuja-Zudmurod”   buyuk shaxsni nomi bulib xozirda “Xuja-Zudmurod jome' masjidiga  kuyilgan..

Xuja-Zudmurod buyuk shaxs ,buyuk aloma sifatida tan olingan bulib «Xoja-Zudmurod» MAHALLASI (Chorraxa ko‘chasi, 91-uy; telefon: 235–61–95) – «Yangi Xayrobod», ”Kush Xovuz”, ”Xilol”, Sufi-Rozik” mahallalari, shuningdek Daxbed ko‘chalari bilan chegaradosh. Hozirgi mahalla idorasi Chorraxa kuchasida joylashgan “Xuja-Zudmurod” jomey masjidini yonida joylashgan bulib nomi xam shu masjid nomi bilan atalgan.

A.Temur saltanati mamlakatning iktisodiy va siyesiy saloxiyatini kutarish bilan birga xalkning diniy kadriyatlarini rivojlantirishga aloxida e'tibor karatdi. Ana shu davrida Samarkandda  bir kator madrasalar, ravoklar, maschitlar, arklar saroylar, xonakoxlar barpo kilindi. Axolining diniy e'tikodi kuchayib ularning axillik bilan istikomat kilishlariga katta imkoniyatlar yaratildi. Ana shu inshootlar asosan axoli zich joylashgan guzar va maxallalarda kurilib, ularning ma'naviy xayeti yangi mazmun kasb eta boshlandi. Chunki madrasa va machitlarda olib boriladigan diniy, madaniy va ma'rifiy tadbirlar xalkning miliy uzligini anglashiga, guzar bulib yashashning jamiyat xayetiga katta borligini bilishga kumak berdi.

Soxibkiron guzar axolisining moddiy va madaniy sharoitiga doimiy gamxurlik kilgan ekan. Yoki, Samarkandning kuxna machitlardan bulmish Xoja-Zudmurod masjidi  shaxarning atokli ulamolari, diniy arboblari, imom-xatiblari jomea tadbirlari utkazgan. Din va diniy kadriyatlar bilan boglik bulgan maschit va  yirik namoyandasi nomi bilan boglikdir. Zero, bu shaxs shu manzilda yashab islom dinining rivojiga katta xissa kushgan edi.

Guzarlar tarixiga nazar solsak, Samarkandda islom dini goyalarini, dunyo karashini, ayniksa fikx, kalom, shariat ilmini rivojlantirishga  Xuja Zudmurod kabi tarixiy shaxslar yashagan va ijod kilgan guzarda ularning nomi  tilga olinadi. Chunonchi bizning maxallamizni nomi xam “Xoja-Zudmurod”dir.

Xujandiy va Xoja-Zudmurod guzarlari (xozirda Xoja-Zudmurod” nomi bilan ataladi.)   Xojiyev, Zugurov, Gafarov, Gulyamov Aslam ,Saidov Mustafokul, Urug Vatan urushi nogironi, kup yillar maxalla oksokoli bulib ishlagan Toxirjon Fayzulloyev, Ma'ruf Muxammadjonov maxalla oksokoli bulib ishlagan   va Mardon Toirov  shu maxallada  qarib 30 yil raislik qildi. Mahalla markazida hashar yo‘li bilan 300  m3 kanalizatsiya kuburi urnatilgan, otalar choyxonasi, mahalla idorasi qurildi. Qurilish ishlariga mahalla faollari Ochilov Abdusalom, Mansurov Same, Ganiyev Abduvaxobota  bosh-qosh bo‘lishdi. Mahallada ko‘plab madaniy-ma'rifiy marosimlar, tadbirlar o‘tkazish keng rasm bo‘ldi.  Mahalla hududidan Chorraxa  xamda I Buxoriy  ko‘chasi o‘tishi munosabati bilan mahalla yana ham obodonlashdi.  2003 yilda Xoja-Zudmurod  guzari va Xujandiy guzari birlashib “Xujandiy” MFY buldi. 2017 yil yanvar oyida Xujandiy nomi Xoja-Zudmurod nomi bilan  belgilandi. Mahalladagi 374 xonadonda  2300 kishi yashaydi, asosan o‘zbek va tojiklar. Mahalla hududida 10-o‘rta maktab, oziq-ovqat, xo‘jalik mollari do‘konlari, «OOO Sa'di» Shirinlik Konditer sexi   mavjud. Unda 100  ortik  xotin kizlarimiz ish bilan ta'minlangan,  “Karavan saroy”, “Al Buxoriy” mexmonxonasi faoliyat olib boradi, maxallada nonovoyxona, tandir gusht dukoni  poyapzal tuzatish ustoxonasi, tikuv sexi, Tolib Fatir sexi, samsoxonalar va 10-aloqa bo‘limi bor. Ma'naviyat va ma'rifat markazi faoliyat ko‘rsatadi. Mahalladan akademiklar  Shavkat Shirinboyev, Mavlonova Mubarro, Sharof Mavlonov, Shirinboyev,  shu mahallada istiqomat qilishadi. Mahallaning keyingi davrdagi oqsoqollari:  Ozod Gulyamov, Zarif Nasriyev va yana kaytadan Ozod Gulyamov saylanib ish olib borilmokda. Mahalla haqida «Mening mahallam» hujjatli film yaratilib kup marotiba telekanal orkali namoish etildi.

Undan tashkari maxallamizda 1918 yilda tugilgan Uzbekiston Respublikasi chempioni Juma polvon Usmonov yashab utgan. Juma polvon mashxur kurashchi uzbek milliy sporti shuxratini olamga yoygan va 1951 yilda kushni Kirgiziston Respublikasining Jalolobod shaxrida olamdan utgan.

Maxallada oltita kucha mavjud  bulib, xar bir kuchani nomlanishi tarixga borib takaladi.

Masalan Shirinboyeva kuchasi marxum professor Shirinboyev nomiga kuyilgan.  Al Buxoriy kuchasi buyuk  insonlari bilan nomlangan.

Maxallamizda xozirgi vaktda 10 nafar ukituchilar - Mansurova Baxora,  Sulaymonova Gulbaxor, Odilova Baxora, Xasanova Yulduz, Karayeva Ra'no, Narzibayev Xasan va xokazo  mavjud.

Kasb xunar kolleji va akademik litseylarga dars beradigan ukituvchilar - Xamidova Zebiniso, Axrorova Saodat,  Gulyamova Zilola

SamDU universitetiga dars beradigan  malakali ukituvchilar-Alimova Mashxura, Tursunov Istamlar yashab Vatanimizni kelajaki uchun xissalarini kushib kelmokda.

Shifokorlardan Komilov Abdurafik, Maxmatkulova Yulduz Zayniddinova Firuzalar  insonlarni sogligi uchun xissalari kushib kelmokda.

 Xulosa kilib aytish mumkinki, Samarkand guzarlarining tarixi boy bulib, ularning paydo bulishi va rivojlanishi Vatanimiz tarixini yanada boyishiga munosib xissa kushgan desak sira muboliga bulmaydi/

          Maxalla ziyolilari va faollari : professor  Sh Shirinboyev ,  Sh.Xojiyev,Profesor  Sh.Mavlonov, prokuror Mamajonov yashab  utgan.

            Chegaradoshligi : “Sufi Rozik”,” Xilol”,” Kush xovuz” va “ Yangi Xayrobod” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 6 ta  Shirinboyeva,Raxmatulloyeva,Bulungur,Izboskan,I.Buxoriy ,Chorraxa  ko‘chalari mavjud.

            Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri savdo va mayishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida  6 savdo dukoni, 81ta go‘zallik salonlari va 1 ta ovqatlanish maskanlari,2ta gusht dukoni faoliyat olib borilmoqda.