Samarqand shahri Xo‘ja Doniyor MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Obi Raxmat 2
Telefon raqami: 991155689
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1760
Ayollar soni: 1058 (60,11%)
Erkaklar soni: 702 (39,89%)
Xonadon soni: 220
Oila soni: 510
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek864 (49,09%)
tojik892 (50,68%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,23%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand  shahar

«XOJA DONIYOR»  mahalla fuqarolar yig‘ini  tarixi

 

 

Samarqand  shahar «XOJA DONIYOR»  mahalla fuqarolar yig‘ini

( Obi Raxmat ko‘chasi 2  uy)

Mahalla  «Obi Raxmat»,  «Chilstun», «Kir»  mahallalari  bilan  chegaradosh.

Xonadonlar soni – 220

Oilalar soni - 505

Aholi soni – 1760 nafar

Erkaklar   862 nafar

Ayollar  -898 nafar 

 

Oxunov Rofe Ravshankulovich– MFY raisi: - (97) 579 7071

Usmonova Dilorom Orifovna – MFY Yoshlar yetakchisi (91)536-05-88

Mansurova Roxat Axmedovna – MFY      Ayollar  faoli  (97)-927-99-64

 

                                          MAHALLA TARIXI:

    Amir Temur podshoxligi davrida va undan keyin xam XX – asr oxiriga kadar asosiy xarakat vositasi ot bulgan. Urush yillaridan oldin maxalla joylashgan joyda daraxtzorlar kup bulganligi sababli uning ostida ot saklanib parvarish kilingan, xar bir otga yem (ovkat) tarkatish sababli oxurlar yasalgan. Shundan keyin bu yerlar MIR – OXURI deb atalgan. Keyinchalik esa kalxoz dexkonchilik ishlari bilan olib borilgan, axoli shu ish bilan shugullangan. Sovet tuzumi davrida kolxozlashtirish natijasida bu yerda dexkonchilik, bogdorchilik shakllantirilgan. Dastlab «KRUPSKAYA» nomli kolxoz, undan sung «ZARAFSHON» va «ENGELS» kolxozlari tarkibida bulgan.

    Maxalla kirish kismida xozirda «Obi Raxmat» restorani joylashgan joy toshli tepalik bulganligi sababli, shaxarning «Chaykov» bozori kuchib kelganida bu yerni «KIRCHA» deb ataydigan bulishdi. (1972 yilga kadar)

    1972 – 1973 yillari «Engels» kolxozini sotsialistik mexnat kaxramoni X.Asadov boshkarganligi bois uning buyrugi asosida «Kircha» maxalla markazi tashkil etildi. Usha paytda Djamolov Marat Djamolovich maxalla fukarolar yigini raisi vazifasida ish boshladi.   1978-1979 yillarda xashar yuli bilan maxalla faollari, maxalla raisi bilan otalar choyxonasi, maxalla idorasini kurishdi.

    1985 yilda xokimiyat topshirigi bilan maxalla markazi yonida bolalar uyingoxi, futbol maydonchasi bunyod etildi.

    1987 yilda maxalla shaxar xududiga utgan va ushandan keyin gaz, suv kuvurlari utkazilgan.

Maxallaning bir tomonidan kadimgi «OBI RAXMAT» arigi utsa, bir tomonidan «SIYOB» arigi utadi.

1935- 1947 yillarda sovet davrida Miroshnichenko boshchiligida guruch ishlab chikarish zavodi kurildi va ishlay boshladi. Undan sung zavod binosida un ishlab chikarish shakllantirildi va «Un ishlab chikarish xissadorlik jamiyati» shakllantirildi. 2011 – 2012 yillarda rakobat kurashida shikastlanganligi sababli bu un ishlab chikarish zavodi Vokzaldagi un ishlab chikarish zavodiga kuchirildi. Zavod tekislantirib, urniga «Xoja Doniyor» ziyoratgoxining bogi barpo etildi, Siyob arigi kengaytirildi.

Mahalla  hududidagi  obyektlar  haqida  ma'lumot

«XOJA DONIYOR» ziyoratgoxi – Samarkanddagi Doniyor paygambar ziyortagoxi uch din – islomiy, nasroniy va yaxudiylar tomonidan ziyorat kilinadigan ulug maskanlardan biridir.

    Tangri tomonidan Daniilga bashoratchilik va karomatguylik kobiliyati ato etilgan edi. Shox Navoxudonosorni bezovta kilgan tushi ta'birini Daniil tomonidan izoxlab berilishi unga muvaffakiyat keltiradi, bu esa uning dushmanlarini kattik bezovta kila boshlaydi. Natijada ularning fitnasi asosida shox och sherlar kamalgan choxga Daniilni tashlash uchun buyruk beradi. Sherlar unga xamla kilish urniga tavof kila boshlaydilar. Taxlikaga tushgan dushmanlar shoxni kandaydir xiyla borligiga ishontiradi. Shu sabab shox Daniilni ikkinchi marta choxga tashlash uchun buyruk beradi. Lekin bu xodisa kayta takrorlanadi. Sung shox bu xudoning marxamati ila bulganligini xis etadi va igvo uyushtirganlar sherlar changaliga tashlandi. Shu kundan boshlab shox Daniilni «paygambar» deb e'lon kiladi va Bobil davlatining uchdan biriga xokim etib tayinlaydi.

    Ma'lumotlarga kura, Doniyor paygambar ulug yoshga yetgan (ayrim manbalarga kura 90 yosh). U Suza shaxrida dafn etilgan. Shuningdek, uning ramziy kabrlari Isroil, Turkiya va Samarkandda mavjud.

    Doniyor paygambar xokining Samarkandga olib kelinishi xakida turlicha rivoyat mavjud. Aytilishicha, Amir Temurning Kichik Osiyodagi Mosul shaxriga yurishi davrida kushin juda kuchli bulishiga karamasdan u shaxarni zabt eta olmaydi. Amir Temur buning sababini surishtirganda, shaxar yakinida Doniyor paygambarning kabri mavjudligi va u kishining ruxi bu shaxarni barcha ofatlardan saklashi xakidagi afsonalar suzlab beriladi. Amir Temur urf – odatlarga kura Doniyor paygambarning kabrini ziyorat kilib kurbonliklar keltirgandan sung Mosul shaxrini egallashga muvaffak buladi. Ixlosi ortgan Amir Temur Samarkandni xam barcha balo – kazolardan saklash maksadida u kishining xokini Samarkandga olib keladi.

    Doniyor paygambar makbarasi turli davrlarda turlicha kurinishga ega bulgan. 1870 – 1880 yillardagi manbalarda kabr usti ochik xolatda aks ettirilgan. Usha davrlarda Doniyor paygambarning kabri ustida daryo toshlari terilgan va uning yonida kichik ayvon xamda masjid mavjud bulgan. Masjid binosi buzilib ketgan, fakatgina kuxna pista daraxti yonida sufa kolligi saklanib kolganyu Kabr atrofidagi ruxoniy va avliyolarning belgisi – oltita tug maxsus toshlarga urnatilgan bulib, xozirda ular saklanmagan. Bugungi paytda tuglardan biri kayta tiklandi.

    XX asr boshlarida kabr ustida makbara kurilgan. Makbara binosining eni – 5,77 metr, uzunligi – 21,20 metr, balandligi – 4,80 metr bulib, u chuzinchok tarxli, besh gumbazli xonadan iborat

    Makbara yonida Erondan keltirilgan pista daraxti usmokda. Rivoyatlarga kura pista daraxti 500 (ayrim manbalarda 650) yoshda. Barglari tukilib kuriy boshlagnan daraxt yana kayta jonlangan.

    Mustakillik yillarida Xoja Doniyor ziyoratgoxi uzgacha chiroyga ega buldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan makbara va uning tevarak atrofida katta xajmdagi ta'mirlash va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Pishik gishtdan kurilgan makbaraga olib chikadigan asosiy yul yillar davomida ko rva yomgir natijasida ta'mirtalab bulganligi sababli uning urniga keng va kulay marmar zinapoya kurildi.

    Abul Xakim Samarkandiyning «Kandiya» asarida keltirilishicha: «Rasulullox alayxissalom aytmishlar: «Samarkandda bir chashma borkim, jannat chashmalaridandur va Obi Raxmat arigi yakinidadur». Mashoyixlar aytishlaricha, ushbu suv Doniyor paygambar kabrlari yonidan utadi va mazkur chashma shifo – salomatlik sababchisidur va bu suvdan bir porasi Bogi Maydon tomon okar va Obi Raxmatga kushilur» Xozirgi kunda ushbu chashmaning suvi yopik gumbaz ostida ziyoratchilar uchun kulay xolatda yetkazib berilmokda.Maxalla xududidagi kabristonga axolining asosiy kismi kumilgan.

    Mustakillik yillarida (1989-1990 y) maxalla markazi yon kismida «OBI RAXMAT JOME' MASJIDI» barpo etildi. Masjidga  imomlik  vazifasini  Mamatkulov Akmal Maxsumovich bajarganlar. Mahalla  fuqarolarining  do‘stligi  va  hamjihatligi  obodonlik  ishlarini  olib  borishga  xizmat  qilgan. Isroil bobo, Xurram bobo, Mavlon bobo, Xamid bobo, Marat bobo, Nazir bobo, Kurbon bobolarning maslaxatlari,  maxalla tadbirkorlarining  qurilish  materillarini  o‘z  vaqtida  yetkazib,  masjid  binosini, yo‘llarni  barpo  qilishga  erishganlar.  Bu  ishlarni  amalga  oshirishga  mahalla  oqsoqoli  Djamolov Marat  boshchilik  qilgan. Masjid  binosini  barpo qilishda  mahalla  ustalari  ayniqsa  jonbozlik  ko‘rsatgan.

             «Obi Raxmat» restorani:

           Ikkinchi jaxon urushida  Shokirov Boltaxuja, Alimov Kurbon, Mamatkulov Maxsum, Axmedov Bolta, Nabiyev Davron, Aminov Karim (1945 yilda vafot etgan), Maksudov Mirfozil, Zuxurov Kamol, Usmonov Shukur, Azamatov A'loxuja, Asliddinov Raxim, Bekmuxammedov Jamol, Maxmudov Abdurauf, Axmedov Zuxur, Raxmonov Jaxongir, Axmedjonov Axtam, Mullojonov Juma, Ismoilov Baraka (1943 yilda vafot etgan), Safarov Jurakul, Isomov Rajab, Toshpulatov Axmadjon, Sharipov Baxron, Raxmonov Xalim, Tursunkulov Fattokul, Ergashev Akram, Rustamov Axadxon, Ismoilov Bozor (1943 yilda vafot etgan) kabi   jangchilar  Vatanga  qaytib, fuqarolik  burchini  ado  etib  olamdan  o‘tdilar

             Mahallada  yashab  unga  vijdonan  rahnamonlik qilgan  oqsoqollarning  nomini  hech kim  unutmaydi. Turli  davr  va  zamonda  turmush  mashaqqatlariga  chidab  fuqarolarga  g‘amxo‘rlik  qilgan  shaxslarni  doimo  eslaydilar. Ular  Abdurasul Ellikboshi, Xamidov Kuli, Istamov Jurakul, Boltaboyev Orif, Boltaboyev Axmadjon, Amonova Kurbonoy, Sharipov Baxron, Djamolov Marat, Aminov Xamid, Mullojonov Muin, Rustamov Toir .     Maxalla raisi vazifasida Djamolov Marat Djamolovich eng kup ishlagan maxalla raisi xisoblanadi.

             Maxallada tugilib,istikomat kilayotgan Djamolov Marat Djamolovich 19.06.1935 yilda tugilgan. Ma'lumoti oliy, Iktisodiyot universitetini tamomlagan. 1960-1964 Tojikistonning Dushanbe shaxridagi Statistika texnikumining ukituvchisi bulgan. 1964-2001 yillarda SamDU iktisod kafedrasi ukituvchisi, dotsent bulgan. 2001 yildan xozirgacha SamMI ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti vazifasida ishlab kelmokda. Djamolov Marat Djamolovich 1972-1995 yillarda maxalla raisi vazifasida ishlagan va shu davr mobaynida juda kup ishlarni amalgan oshirgan, barcha ishlarga bosh-kosh bulib maxallani obod kilgan.

    Maxallada istikomat kilayotgan Isroilov Ismoil uzining kursatgan mexnati, maslaxati, maxalla obodligiga uz xissasini kushganligi tufayli 2016 yil Samarkand shaxar xokimligi tomonidan medal bilan takdirlandi 2016 yildan 2022 yilgacha Djamolov Barot Djamolovich maxallada raislik vazifasini  bajarib kelgan 2022 yildan boshlab maxallada  namunaviy  ish yuritib maxalla Obodonchilik soxasida kuplab yordam berib  uz xissasini kushib kelayotgan fukaro—Oxunov Rofe Ravshankulovich  maxallada rais vazifasiga saylanib ish yuritib kelmokda.

.