Samarqand shahri Guliston MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sattepo 156 a uy
Telefon raqami: 915522802
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2681
Ayollar soni: 1345 (50,17%)
Erkaklar soni: 1336 (49,83%)
Xonadon soni: 836
Oila soni: 904
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2432 (90,71%)
tojik126 (4,70%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,07%)
rus18 (0,67%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,07%)
tatar7 (0,26%)
koreys2 (0,07%)
eroniy89 (3,32%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,11%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Guliston”  MFY tarixi

(MFY binosi Sattepo maskani 156a uyda joylashgan)

 

Xonadonlar soni                         856 ta

Oilalar soni                                871 ta

Axoli soni                                       3014 nafar

Erkaklar                                           1634 nafar

Ayollar  soni                                    1380 nafar

Mahalla hudidi                           45 ga

 

“Guliston” MFY raisi S.Sobirov  (91) 552-28-02

MFYda hokim yordamchisi  Z.Abdiraimov (93) 720-28-73

MFYda Xotin-qizlar faoli N.Zaripova   (93) 342-55-51

MFYda yoshlar yetaksi Sh.Eshpo‘latov             (94) 075-88-22

 

       

MAHALLA TARIXI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asarida fuqarolar yig‘inlarining  faoliyatiga yuksak baho berilgan. Jamiyat bunyodkori bo‘lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallamizda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilma yosh yigit va qizlarimizni mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o‘ziga munosib o‘rin topishida bu fidoiy va mehribon jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol o‘ynayotganini hurmat bilan e'tirof etganlar.:

              Samarqand shahridagi “Guliston” maxallasi 1993-yil tashkil topgan. Tashkil topguncha Samarqand tumani Guliston kolxozi bo‘lgan. Aslida ko‘p asrlar davomida mahalla Sattepo  nomi bilan atalib kelingan. 1993 yilgacha ota-bobolarimiz tomonidan hashar yo‘li bilan mahallaga tegishli bo‘lgan Sattepo  uy oldida   katta va kichik  xonalardan iborat mahalla markazi qurilgan edi. Bu bino o‘sha davr talabiga ko‘ra unga moslab qurilgan hamda jihozlangan edi.

“Guliston” mahallasi Sattepoda  “Navbog‘chiyon” , «Guliston”, “Yangiqurg‘on”  hamda “Bo‘zi-2”   mahallalar bilan chegaradosh.

         1993 yillarda mahalla binosining  yonidan mahalla fuqorolari tomonidan hashar yo‘li bilan 450  kv metr fa'ollar zali   qurilib foydalanishga topshirilgan. Bu joyda mahalla yoshlari va aholisi shashka, shaxmat kabi sport o‘yinlari orqali hordiq chiqarishgan va bir-birlari bilan fikr almashishgan. Mahalla binosi yonidan katta ariq suvi o‘tgan bo‘lib, bu ariq suvidan bir vaqtning o‘zida 6 ta mahalla aholisi foydalangan.  

       O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993 yildan boshlab esa mahalla nomi «Guliston” nomi bilan   atalib kelinmoqda.  «Guliston” MFY xududida 10 dan ortik millatlar istikomat kilib keladi. Mahalla xududida asosan kup qavatli uylardan iborat bo‘lib, 149, 150, 151, 152, 153, 154, 155, 156, 157, 158, 159, 160, 150a, 150b va 5 ta xonadonlarini   o‘z ichiga oladi.

Mahalla hududida jami 856 xonadondan iborat bulib unda 871-tadan ortiq  oilalar yashamoqda. Aholi soni 3014-tani tashkil qiladi. Mahallada 800 tadan ortik voyaga yetmaganlar bor.

          Mahalla xududida 15 ta oilalar “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari 39 nafar xotin qizlar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirg‘izilgpn bo‘lib. Unda asosan yolgiz onalar, kup farzandli oilalar va bokuvchisini yukotganlar ruyxatga olingan. Mahallada saxovatpesha insonlarga , kuli ochik xomiylar boligi sabab mahalladagi ko‘plab muammolar o‘z vaqtida yechimini topmoqda. Ularning sa'y xarakatlari bilan mahallada istiqomat qiladigan bir necha kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, yakka-yolgiz kariyalar xolidan tez-tez xabar olinib, ularga moddiy va ma'naviy yordam kursatib kelinadi. «Guliston” MFY –da bir kator ziyoli el xurmatiga sazovor bulgan insonlar yashab utgan va yashamokdalar. Mahalla yiginining diniy ma'rifat va ma'naviy – axlokiy tarbiya masalalari buyicha maslaxatchisi tomonidan xar bir mahalla xonadonlariga kirib voyaga yetmagan yoshlar bilan suxbat utkazadi,oilada reproduktiv salomatlik, kizlarni turmushga tayyorlash, yakin karindoshlar urtasidanikoxning , kizlarning erta turmushga uzatishning okibatlari xakida aloxida tushuntirish ishlari olib boradi.

          Mahallada yil moxiyatiga kura ijtimoiy-iktisodiy masalalar ,  xususan “Fa'ol tadbirkorlik , innavatsion goyalar va texnalogiyalarni kullab kuvvatlash yili” Davlat dasturiga asosan “2017-2021 yillirda “ Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Xarakatlar strategiyasida” kuzda tutilgan ulkan maqsadlar bugungi kunda axolini ish bilan ta'minlash, yoshlarni bush vaktini unumli utkazish uchun kup ishlar olib  borilmokda.         Mahallada namunali oilalar  320 tani tashkil kiladi.

Mahalla tashkil topganidan buyon, mahalla fa'ollari uz xissalarini mahalla obodonchiligiga  jonbozlik kursatib kelmokdalar.

           1993-2013 Ismatov Farxod  

           2013-2015 yilgacha Challaboyev Abdusamad,

           2015- yil Toshboyev Bekmurod,

           2015-2017 yilgacha Sobirov Sanjar,

           2017-2019  Qodirov Abdurahmon

           2019- yildan Sobirov Sanjar raisi vazifasida ishdab kelmoqda

                «Guliston” MFY xududida 1-ta Maktabgacha tarbiya muassasasi 2-BO‘SM filiali TATU Alademik litseyi  mavjud. 3-ta  XUJMSH , yani “Shoxjaxon-Shermadad”, “Murotobod” va “Sattepo xayot kommunal servis” shirkatlari mahalla xududida ish olib bormokdalar.

            Mahallada “Ota-onalar universiteti”, Kaynornalar kengashi” va boshka komissiyalar xam kupgina ishlar olib bormokdalar, mahalla obodonchiligiga, tinchligiga, kadimiy boy an'analari bardavomligini ta'minlashda mahalla fa'ollari , keksa yoshdagi Nuroniylar yoshlar bilan targibot ishlari olib bormokdalar.